Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

29

 



Hozir ham odamlar ziyoratga goh-goh borib turadigan Bobo Toshbaqa maqbarasining 

gujumlaridan hanuz suv tomchilab turibdi.  

 

Mangu barhayotlar makoni deb nom olgan shahri Haybar esa, aynan shu maqbara yaqinida 

joylashgan edi, degan taxminlar bor... 

 

 



BOBO TOSHBAQA MAQBARASI. 

HIJRATNING 190-YILI. 

 

...Uzorida Alloh kalimasi bo‘lgan toshbaqaning paydo bo‘lishi xabari bir mo‘‘jiza yanglig‘ yashin 



tezligida tarqaldi. Odatda mo‘‘jizalar va g‘ayrioddiy narsalar qandaydir ulkan bir hodisaning 

boshlanishidan darak berib namoyon bo‘ladi. Toshbaqa ham nimaningdir darakchisi ekani ayon.  

 

Biroq, nimaning? 



 

Somon amirining askari toshbaqani qirq kun qidirdi, lekin topolmadi. Umuman, bu maxluqning 

paydo bo‘lishi naqadar hayratangiz va mo‘‘jizakor bo‘lsa, goh ko‘rinib-ko‘rinmasligi ham shu tarz 

hayratlanarli edi. 

 

Mish-mishlar esa urchib boraverdi. Bahorning o‘rtalariga borib, Sanginak devori xarobalari yonida 



bir cho‘pondan xabar keldi. Aytishicha, toshbaqani uzun bo‘yli, sochlari yelkasigacha o‘sib tushgan, 

yalangoyoq bir odam yetaklab yurgan ekan. 

 

Somon amiri shon-shuhratni yaxshi ko‘radigan odam edi. Bu beozor maxluqning saroyga olinishi 



albatta uning obro‘sini oshirardi. Darhol askar yuborildi, borganlar haqiqatan ham devor xarobalari 

yonida g‘alati toshbaqani topishdi, lekin cho‘pon aytgan noma’lum kishini uchratishmadi. Aslida o‘sha 

sirli odam haqidagi gap-so‘zlarning o‘zi shubhaliroq edi: toshbaqaday imillovchi maxluqni kim ham 

yetaklab yurardi?  

 

Mo‘‘jizaga atab maxsus bir xona bino qilindi, uning sahni marmardan edi, jilo berilgan 



marmarlardan hovuzcha ham yasab qo‘yilgan edi. Toshbaqa ana shu xonaga joylashtirildi. 

 

Qo‘shnilarga qarshi urushlarning maslahatlari, saltanat mashvaratlari aynan shu joyda o‘tkazilar, 



mo‘‘jiza toshbaqa esa muqaddas naqshlarini ko‘z-ko‘z qilgancha, asriy sokinligi ila go‘yo gap-

so‘zlarga quloq solayotganday, bu yerda qilingan duolarning ijobat bo‘lishiga sababchiday edi. 

 

Darhaqiqat, toshbaqa daragini eshitgan kishilar butun tevarakdan oqib kela boshladilar. Arab 



yozuvini uncha-muncha tushunadiganroqlar uni ko‘rib sarosimaga tushdilar. Hatto ko‘zlarida duv-duv 

yosh ila faryod urganlar bo‘ldi. Yuzlab kishilar shu toshbaqa tufayli imonga kelib, Alloh taoloning 

diniga kirdilar. Bularning bari amirga xush yoqar, farog‘at baxsh etar va o‘zini hatto sohibqiron 

Iskandarday xayol qilar edi. 

 

Boz ustiga, g‘oyatda uzoq umr ko‘radigan va odamni hayiqtiradigan qismat sohibi bo‘lmish bu 



maxluq kishida falsafiy xayollarni ham uyg‘otardi. Chunki u o‘zining qismatini ortmoqlab yurgan 

kishilarni eslatardi. Yoxud gunohlari yelkasiga yuklanganlarning timsoli bo‘lishi ham mumkin – balki 

qiyomat kunida kimlardir o‘z gunohlarini yelkasida xuddi shu beozor maxluq singari ortib yurar? 



Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling