Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
SAHRODAGI KARVON
Yuksaklarda og‘ir va qat-qat bulutlarni haydab kelib, tog‘larning yuksak qoyalari oldida qoldirgan shamollar hozir Osiyo sahrolari uzra esmoqda edi. Jonsiz tuyulgan barxanlar orasida tin olish uchun to‘xtagan karvon chodirlarini tikib ulgurgan, endi shamol rang-barang matolarni yulqab o‘ynar, sahroning sariq qumi og‘ir qo‘zg‘alib to‘lqinlanardi. Oyoq ostida o‘rmalovchi tezchopar chumolilaru kaltakesaklar g‘ayrioddiy bir sezgi xususiyati bilan bu shamolning oddiy emasligini sezganlari bois qum ostiga ko‘milib olgan edilar, sahroning boshqa fuqarolari – ilonlar va echkemarlar ham o‘z bilganlaricha yashirindilar. Faqat o‘jarroq va keskirroq o‘qilongina saksovul shoxida qimir etmay turar, shox bilan birga chayqalar edi.
Shamol yana epkin urganida, saksonlarni qoralab qolgan karvonboshi chol nevarasiga uzoqlarda qimir etmay turib qolgan bulutlarni ko‘rsatib: – O‘sha yerda tog‘lar bor, bolam, – dedi. – Bulutlar cho‘qqilardan o‘ta olmay turib qoldi, endi yomg‘irlarini o‘sha yoqqa to‘kadi. Tangri nimani xohlasa, o‘sha bo‘ladi.
– Shamol-chi, o‘ta oladimi? – deb so‘radi nevara. – Shamol o‘ta oladi, chunki u ko‘zga ko‘rinmas havodan iborat. – dedi Chol. – Aslida shamol ham, bulutu yomg‘ir, havo ham Xudoning maxluqi, bolam. Ular Parvardigorning amrini bajaradilar. Jumladan, senu men ham.
– Men Xudoning amrini qanday bajaraman? – dedi nevara |
ma'muriyatiga murojaat qiling