Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

9

– Bir yerda muqim hayot kechirish bilan tinimsiz darbadarlik o‘rtasida qanchalar farq bor? – dedi 



mehmon. – Buni menga Hazrat aytgan edi. «Sen-ku avomning ko‘zida zohiran bir duo tufayli shunday 

qismatga mahkum etilasan. Ammo umring mobaynida o‘z hayoti davomida ilohiy mujdani rad etib, 

darbadarlikni bo‘yinlariga olgan sanoqsiz kishilar olomonini ko‘rasan. Ularning hayoti senikidan 

zarracha ham o‘zga bo‘lmaydi, biroq sendan farq qilib, og‘ir va azobli o‘lim topishadi. Lekin tarixda 

sening noming qoladi, boshqalar esa aynan shu qismat bilan yashashsa-da, yer yuzidan benomu 

nishon supurilib ketishadi», – degan edi. 

 

– Ha, eshitganman, – dedi chol, tin olib. – Darvish bu gapida aynan bizni nazarda tutmaganmikan 



deb qo‘rqaman goho... Aslida ko‘pgina hikmatlar majozga o‘ralgan bo‘ladi. Sening badaviylarga 

aytganing gaplarda ham men bir hikmat ko‘raman. Kim bilsin, balki kun kelib sening isming ham 

muqaddaslashar? Hayotida qutlug‘u muqaddas hech narsasi qolmagan odamlarning yoxud bizga 

o‘xshagan qavmlarning misoli bo‘lib qolarsan? Bizga esa, Tangri taolo shuncha yillik daydishlardan 

so‘ng, nihoyat, bir marhamat ko‘rsatar, o‘zining mulkidan eng ko‘rimsiz, eng qaqragan bir burchakni 

vatan qilib berar? 

 

– Odam bolasi borki, barhayotlikni orzu qiladi, – dedi mehmon. – Men esa abadiyat bilan 



jazolandim.  Men uchun na vatan, na millat, na elat, na til qoldi. Dunyoni kezarkan, butun boshli 

millatlarning yo‘q bo‘lib ketganini, o‘rniga boshqalarining kelganini ko‘rdim... Aslida, siz mendan 

ko‘ra xushbaxtroqsiz. Chunki, qismatingizga darbadarlik  bitilgan bo‘lsa ham, bir necha yildan keyin 

Uning rahmati tomonga ravona bo‘la olasiz. Menga esa u yo‘llar berkilgan, qopqalar yopilgan

tavbamdan va pushaymonimdan naf yo‘q.  

 

– Lekin o‘zing qachonlardir, bir munajjim mening dardimni eng hikmatli yo‘sinda ifodaladi, endi 



odamlar qismatimdagi hikmatni shoyad anglab yetsalar, degan eding-ku? 

 

– Uning ismi Gvido Bonatti, – dedi mehmon. – Bonatti follar va tushlarning muallaq ekanini 



anglab yetgan ilk kishi edi. Umrining oxirida tafakkur o‘rniga mayxo‘rlikka va folbinlikka berilgani 

uchun, cherkovning buyrug‘iga ko‘ra tiriklay yoqib yuborildi. Afsuski, u haqiqatning yuza qatlamini 

ko‘ra oldi, xolos. Fikr qilganida balki yana ko‘p narsalarni fahmlagan bo‘lardi... 

 

– ... Sen bilan bir necha marta uchrashdik, ammo nima uchun bundan endi gap ochyapsan? – deb 



so‘radi chol, uzoq sukutdan so‘ng. U mehmonning maqsadini payqagandek edi. 

 

– Men Tiyonshon etagidagi yana bir odam bilan vidolashmoq istayman, – dedi mehmon. – Kim 



bilsin... qayta ko‘rishish balki nasib qilar, balki nasib qilmas... 

 


Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling