Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

10

nurafshon qariyani ko‘rganlarini aytadilar, qariya shu darajada keksaygan ediki, xuddi ukparday 



hilvirab qolgan edi.  

 

Boshqa birovlar esa, Tangriga yaqin zotlarning uning huzuriga suhbat uchun kelib turganlaridan 



xabar beradilar.  

 

Darhaqiqat, avliyolar – Parvardigori olamning marhamati va mukofotiga sazovor kishilar ekaniga 



shak-shubha yo‘q. Avom ularning hikmatlarini anglashga ojizlik qilishi ham rad etib bo‘lmaydigan 

haqiqat. Bizlar anglab yeta oladigan darajada bayon qilingan boshqa bir haqiqat esa mana bunday: 

 

Bir kuni avliyoning huzuriga baland bo‘yli, uzun sochlari yelkasiga tushgan, yalangoyoq bir odam 



kirib keladi va undan mo‘‘jiza ko‘rsatishini, agar ko‘rsatmasa, o‘ldirajagini aytib tahdid qiladi. 

 

– Qanday mo‘‘jiza ko‘rsatishimni istaysan? – deb so‘raydi Avliyo undan. 



Bilmadim, ishqilib, g‘ayrioddiy bir narsa bo‘lsin, – deydi kelguvchi. 

– Unda, u mo‘‘jizani nimaga sabab bo‘lishini xohlaysan?  

– Sening rostdan ham avliyo ekaningga ishonishim uchun. 

 

– Sen o‘zing dunyoda nima istashingni bilmasang, men bechora banda qaerdan ham bilayin, – deb 



javob bergan Avliyo. – Qara, olamda hamma narsa mukammal bir tartib bilan harakatlanib turipti. 

Bahorda bu yerdan turli-tuman nabotot unib chiqadi. Sanog‘ini Tangridan boshqa hech kim bilmaydi. 

Shuncha nabototning unishi uchun kerak bo‘lgan suvni tomchi-tomchisigacha o‘lchovi bilan bulutlar 

olib kelib yog‘dirsa, hatto sen qudratini ko‘rib hayratlanishing yoki eski tuproqlarni ichidagi bor-yo‘q 

jasadlari bilan yuvib, boshqa joylarga ozuqa bo‘lishi uchun olib ketadigan yoxud har ikkalasi uchun 

ham bo‘ronlar essa, sellar oqsa... Quyosh keragicha qizdirsa, dov-daraxtu o‘t-o‘lanning changlanishi 

uchun qancha asalari va hasharot kerak bo‘lsa, shunchasi yaratilsayu gullarni changlantirishidan 

tashqari yana bol ham to‘plasa va o‘zining mavjudligi va hayoti bilan yana uning qudratidan xabar 

berib tursa... Sen aytayotgan mo‘‘jiza mana shu nizomga qarshi ravishda, shu tartibni buzib paydo 

bo‘ladigan hodisadir. Ayt-chi, ey Tangrimning bandasi, birgina mening avliyo ekanimga ishonishing 

mana shu nizomning buzilishiga arziydimi? 

 

– Bu kam, – dedi chaqirilmagan mehmon o‘ylanib. – Yana nimalarni ayta olasan? 



– Uning bergan ne’matlaridan bemalol foydalansang, ixtiyoringga sening minadigan otingdan 

ko‘ra minglab karra mukammalroq boshqa bir otni – vujudingni ato etgan bo‘lsa. Olamdagi har bir jon 

o‘zining vazifasidan boshqa yana bir vazifani bajarib kelayotganining hikmatini ko‘r. Mukammal bir 

lashkarga o‘xshaydigan, g‘oyatda ixcham yaratilgan asalari o‘zining ehtiyojidan minglab karra ko‘p 

bol to‘plasa, bir daraxt, nasl qoldirishi uchun kerak bo‘ladigan mevalarning minglab mislini tugsa, bir 

baliq minglab uvuldiriq tashlasa, bir nabotot o‘zining unib-o‘sishidan tashqari yo yemish, yo davo 

bo‘lsa... va faqat sengina bularning hammasidan yeb-foydalansangu hosilang bo‘lmasa... ustiga-ustak

shu holingda yana mo‘‘jiza talab qilsang... Hayotingning boshidan oxirigacha, go‘dakligingdan to 

keksayguninggacha hayot hikmatini, Uning marhamatini anglolmasdan, Uning pardalari ortidagi 

sirlariga bir marta boqolmasdan darbadar kezsang-u, sening bu tutuming mo‘‘jiza talab qilishingga 

huquq bera oladimi? 

 

Mehmon yerga o‘tirdi, qilichini ham yerga qo‘ydi. 

 

– Bu gaplarni oldin ham eshitganman, – dedi u. – Men sendan haqiqatni bilishni istayman. 



 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling