Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

11

Unda eshit, – dedi avliyo. – Men hatto o‘zimga yemish topolmayman, shu bois Tangrim rahm 



qilib, g‘or og‘zida anjir o‘stirib qo‘ygan. Agar shu anjir qurib qolsa, unda mening holimni ko‘r. 

Sog‘lom holimda ham Tangrim yaratgan havoga, suvga, ozuqaga muhtojman. Mabodo vujudimga bir 

kasallik ilashsa, undan o‘zim xalos bo‘lolmayman, darhol dardimga davo istab, Parvardigorimga 

yolvoraman. Xalos bo‘lish u yoqda tursin, bu kasallikning aslida nima ekanini ham bilmayman, jonim 

qiynoqda qolgani uchun ham Tangrimga yig‘lab-siqtayman. Mening bu g‘orda ekanimu yemishim 

anjir ekani – bechoraligimni ko‘rsatadigan holat emasmi? Hamma narsada o‘zim Tangrimga 

muhtojmanu sen mo‘‘jizani Undan so‘rashning o‘rniga, mendan so‘raysanmi? 

 

– Endi to‘g‘ri aytding, gaplaringga ishondim, – dedi mehmon, so‘ng qilichini qiniga soldi. – Lekin 



yana bitta savolim bor, shunga javob bermaguningcha ko‘nglim o‘rniga tushmaydi. Aytadilarki, sening 

qo‘riqchi sherlaring bormish, menga – seni o‘ldirishga jahd qilgan odamga ularni gij-gijlashning 

o‘rniga nega hurmat bilan kutib oldingu bularni bittalab tushuntirding? 

 

Avliyo dedi: 



 

– Tangri taolo bir bandasiga parchinlanish, yana biriga mo‘g‘ul askarining qilichi, boshqa bir 

quliga esa dor yog‘ochi orqali o‘limni ravo ko‘rgan edi. Yaratgan Egam ajalimni sening timsolingda 

yubordimikin deb qo‘rqdim... 

 

Kelguvchi uzoq o‘ylandi. So‘ng shunday dedi: 



 

– Uning nazdida qadru qiymat topgan bandalaridan biri ekanligingga, oddiy kishilarga bildirmagan 

sirlaridan O‘zi xohlaganlarini senga bildirganiga shak-shubha yo‘q. Biroq, mening kim ekanimni nega 

pinhon tutganini anglab yetolmadim. Uning bu irodasida yaxshilik borligi aniq-ravshan, shoyad menga 

ham bir xayr yetsa deb umid qilaman... 

 

 



IKKINCHI QISM 

 

Uch soatdan so‘ng, Atlantika ummoni uzra misli ko‘rilmagan qudrat bilan bo‘ron qo‘zg‘alishi 

oldidan dunyoning to‘rt burchidagi to‘rtta makonda ana shu tarix va ana shu voqealar ro‘y bergan edi. 

 

Oradan uch soat o‘tgach, sokin havolarning ko‘zga ko‘rinmas mavjlaridan boshlangan va tobora 



kuchayib borgan shamolning, osoyishta to‘lqinlanayotgan suvlarni o‘nlab quloch balandlikka ko‘tarib 

girdoblar hosil qilgan holda ichidagi jonzotlariga qo‘shib insonlar makoniga – quruqlikka qarab 

itqituvchi, yo‘lida uchragan narsani g‘orat qilib boruvchi kuchli bo‘ronga aylanishi kutilmoqdaydi. 

 


Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling