Yurak tonlari.
Yurak ishi yurak tonlari deb ataladigan tovush hodisalari bilan birga davom etib boradi. Ko'krak qafasidagi yurak sohasiga stetoskop yoki fonendoskop qo'yib ko'riladigan bo'lsa, u holda ikkita ton: qorinchalar sistolasi boshlanishida paydo bo'ladigan birinchi, sistolik ton va ular diastolasi boshlanishida yuzaga keladigan ikkinchi, diastolik ton eshitiladi. Birinchi ton cho'ziq va past, ikkinchisi kalta va yuqori bo'ladi. Fonokardiografiya, ya’ni yurak tonlarini qayd qilishga imkon beradigan o'ta sezgir elektron asboblardan foydalanish tufayli mana shu tonlaming tabiati aniqlab olingan. Ana shu usulda yozib olingan egri chiziqlarda eshitiladigan ikkita tonlardan tashqari, yana ikkita kuchsiz ton — yurakning uchinchi va to'rtinchi tonlari topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |