Yurakka simpatik nervlar ta ’siri. Simpatik nerv tolalarining qo‘zg‘alishi yurak qisqarishlarining tezlashuvi va kuchayishiga sabab boMadi, ya’ni musbat xronotrop va musbat inotrop ta’siriga olib boradi.1887 yili I. P.Pavlov simpatik nervda shunday tolalarni topdiki, bularning qo‘zg‘alishi yurak qisqarishlarini aytarli ko‘paytirmagani holda ularni kuchaytirar ekan. Bu tolalarni u kuchaytiruvchi nervlar deb atadi.
Yurakda qo'zg'alishning kimyoviy yo‘l bilan o’tishi.
1921 yili Otto Levi degan avstriyalik olim ajratib olingan baqa yuragining adashgan nervni ta’sirlantirilib, shu vaqtda undan oqib chiqadigan perfuziya suyuqligi yig'ib olinsa, bu suyuqlik boshqa yurakda ham xuddi adashgan nerv ta’sirlanganidagi bilan bir xil hodisalami paydo qilishini ko'rsatib berdi. Bir yurak simpatik nervi ta’sirlanayotgan paytda olingan perfuzat boshqa bir yurakka yuborilganida shu keyingi yurak qisqarishlarining chastotasi bilan kuchi zo'rayishi ma’lum bo'ldi Bu tajribalardan adashgan yoki simpatik nerv ta’sirlanayotgan paytda perfuzatga kimyoviy moddalar ajralib chiqadi, shu moddalar yurakka ta’sir ko'rsatib, mazkur nervlaming ta’sirlanishga xos hodisalami keltirib chiqaradi, deb xulosa qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |