Bor yoki yo‘q qonuni
Download 1.64 Mb.
|
Физиология амалий-6)
Yurak tomirlari.
Yurak ritmik tarzda tinmay qisqarib turadigan bo'lgani uchun boshqa organlarga qaraganda qon bilan alohida bir taxlitda ta’minlanadi. U o'ng va chap toj arteriyalaridan arterial qon oladi. Bu arteriyalar aortadan uning so‘g‘oni sohasida, yarim oysimon klapanlarning chetlaridan sal pastroqdan boshlanadi. Qorinchalar sistolasi (qisqarishi) davrida yarim oysimon klapanlar bu arteriyalarga kirish yo'lini bekitib qo‘yadi, shunga ko‘ra qon yurakning toj tomirlariga asosan diastola (bo‘shashish) davrida o‘tadi. Bu moslama shuning uchun ham maqsadga muvofiqki, sistola vaqtida yurakning ichida bo'ladigan o'z tomirlari bosilib turadi va ulardan qon o'tishi juda qiyin boladi. Yurakning toj tomirlari toj egatchalaridan o'tib, birmuncha maydaroq tarmoqlarga shoxlanadi, bular yurak devori bag'rida kapillarlarga aylanadi. Shu kapillarlardan qon yurakning o'z venalariga yig'iladi. Yurak devorlari tomirlaridan chiqadigan venoz qonning asosiy massasi toj sinusi sistemasiga yig'iladi. Bu sinus yurakning orqa yuzasidagi toj egatida yotadi va to'g'ridan-to'g'ri o'ng bo'lmaga ochiladi. Eng kichik deb ataladigan kamdan-kam venalargina toj sinusini chetlab o'tib, o'ng bo'lmaga mustaqil holda quyiladi. Yurak to'qimalari hech to'xtovsiz va bot-bot kislorod kelib turishiga muhtojdir. Yurakning qon bilan ta’minlanishida uning zo'r berib tinmay ishlab turishiga imkon beradigan bir qancha xususiyatlari bor. Yurak arteriyalari qalin arteriolalar to'rini hosil qiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling