Kichik (o‘pka) qon aylanish doirasi qonning o‘pkada kislorod bilan boyib olishi uchun xizmat qiladi. U yurakning o‘ng qorinchasida boshlanadi, bu qorinchaga venoz qon o‘ng bo'lma bilan o'ng qorincha o'rtasidagi teshikdan o'tadi. O'ng qorinchadan o'pka stvoli boshlanib, o'pkada arteriyalarga tarmoqlanadi, bu arteriyalar kap illarlarga aylanadi. O'pka pufakchalari (alveolalari) ni o'rab turadigan kapillar to'rlarda qon karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi va kislorodni o'ziga oladi, ayni vaqtda u yana qirmizi-qizil rangga kiradi va arterial qonga aylanadi. Kislorod bilan boyigan arterial qon kapillarlardan venalarga o'tadi, bu venalar bir-biri bilan qo'shilib, to'rtta o'pka venasini hosil qiladi (har tomonda ikkitadan) va yurakning chap bo'lmasiga quyiladi. Kichik (o'pka) qon aylanish doirasi yurakning chap bo'lmasida tugallanadi, bo'lmaga tushgan arterial qon esa chap bo'lma bilan chap qorincha o'rtasidagi teshikdan chap qorinchaga o'tadi, shu qorinchadan katta qon aylanish doirasi boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |