Yurakning tuzilishi
O’ng qorincha chap qorinchadan oldinda va o'ng tomonda yotadi.O'ng bo'lma bilan o'ng qorincha o'rtasidagi teshik chetlarida uch tavaqali klapan joylashgan. Uning har bir tavaqasi yurak ichki pardasi (endokardi) ning burmasidir. Bu muskullar uchta bo'ladi va o'zining asoslari bilan yurak bo'lmasi devoriga o'tib ketadi. Pay iplari va so'rg'ichsimon muskullar qorincha qisqarib, uch tavaqali klapan qon bosimi ostida bekilgan paytda klapan tavaqalarining o'ng bo'lmaga ag'darilib chiqishiga imkon bermaydi. O'ng qorinchadan yirik tomir — o'pka stvoli chiqadi. O'pka stvolining og'zida uchta yarim oysimon klapan joylashgan. Ular shaklan cho'ntaklarga o'xshash bo'lib, botiq tomoni o'pka stvoli yo'liga qarab turadi. 2
Do'stlaringiz bilan baham: |