Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi reja: Ontologiya borliq falsafasi. Falsafada substansiya va materiya muammosi
Download 29.97 Kb.
|
4. Borliq -falsafaning fundamental kategoriyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat va rivojlanish. O‘zgarishlarning umumiy xususiyati.
Plyuralizm (lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik)dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir. atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu Ayni shu ta’limotda borliqning ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari borligi haqidagi g‘oya ham ilgari surilgan.
Harakat va rivojlanish. O‘zgarishlarning umumiy xususiyati. Bizni qurshagan dunyoning yana bir muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o‘zgarishlardir. Tabiat borlig‘i. Tabiatning o‘zgaruvchanligi falsafa paydo bo‘lishidan ancha oldin yaxshi ma’lum bo‘lgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida o‘rganish predmetiga aylandi va vaqt o‘tishi bilan uning negizida falsafiy bilimlarning maxsus bo‘limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta’limot sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, o‘zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi» kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri ob’ektiv borliqning turli-tuman miqdor va sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va «rivojlanish» kategoriyalari qo‘llaniladi. Tabiat benihoyat xilma- xil shakl va ko‘rinishlarda bo‘lib juda keng ko‘lamda ishlatiladigan tushunchadir. Tabiat deganda keng ma’noda materiya, koinot tushunchalarini, tabiatda mavjud narsalarni, yulduzlar, galaktika, galaktikalar majmuasi, makon va zamondagi eng kichik zarrachalardan tortib atom, molekula, mikroorganizimlar, o‘simliklar, hayvonot va insoniyat olami tushuniladi. Tabiat tushunchasining tor ma’nosi ham bor. Bu inson va insoniyat yashashining tabiiy sharoitlari majmui bo‘lib, tabiiy muhit yoki geografik muhit deb ham yuritiladi. Tabiat tushunchasining ilmiy falsafiy mohiyati u moddiy borliq sifatida bo‘lgan, bor, bo‘ladi deb qarashdir. U insondan ilgari ham bo‘lgan inson bilan ham, undan keyin ham abadiy mavjuddir. Biroq tabiatdagi ayrim narsalar, jarayonlar, hodisalarning borlig‘I o‘tkichidir. U vaqtda cheklangan, fazoda o‘lchovlidir. Masalan, har –bir inson to‘g‘ilida, voyaga yetadi, o‘z umrini tugatadi. Lekin u mutlaqo yo‘q bo‘lib ketgani yo‘q, bir moddiy xolatdan ikkinchi xolatga o‘tdi, xolos. Demak, tabiat abadiy, ya’ni bo‘lgan, bor, bo‘ladi. U insonning xoxish istaklariga bo‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir. Endi ikki o‘iz so‘z tabiat ab’ektlarining tuzilishi haqida. Hozirgi zamon tabiat fanlarining xulosasiga ko‘ra olamdagi har qanday jism molekulalardan tashkil topgan, molekulalar esa atomlardan tuzilgan. Atomlar murakkab tuzilgan yadro va elektron qobiqlaridan iborat. Atomlarning yadrosi esa proton va neytronlardan tashkil topadi, proton neytronlar kvarklar va ularni tutashtirib turuvchi glyuonlardan tashkil topgandir. Tabiatdagi organik va anorganik moddalar molekula tuzilishibilan bir- biridan farq qiladi. Jonli organizmlar organik moddalardan tashkil topgan bo‘ladi. Jonli organizmlarning tarkibi asosida hujayralar va hujayra sistemalari yotadi. Yer shari atrofini qurshab turuvchi biosferani bir butun jonli sistema deb atash mumkin. Mikroorganizmlar, o‘simlik dunyosi, hayvonot dunyosi va insonning o‘zaro aloqadorliklari bu biosferaning mavjudligini ta’minlab turadi. Yer shari, uning tabiiy yo‘ldoshi oy bilan birga yilida bir marta quyosh atrofini aylanib chiqadi. Bu sistemaga ham biosfera o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Yer yuzida mintaqalarning farq qilishi, fasllarning almashinuvi ana shu sistema harakati bilan bo‘langanidir. Quyosh va uning atrofida harakatlanuvchi planetalar, ularning yo‘ldoshlari, kometalar, asteroidlar, meteriotlar bilan birgalikda quyosh sistemasini tashkil etadi. Quyoshdan eng uzoqda joylashgan planeta Pluton bo‘lib quyosh atrofini 247,5 yilda bir marta aylanib chiqadi. Yer yili 365,25 kunga teng bo‘lsa- pluton yili 247,5 ta yer yiliga tengdir. Quyosh sistemasi millionlab yulduzlarni o‘z ichiga oluvchi galaktika (samon yo‘li) tarkibiga kiradi. Galaktikaning diametri 94,6 mln yorug‘lik yiliga teng. Undan keyingi sistema galaktikalar to‘pi bo‘lib, uning diametri 1 megaparseka teng, u 30 tagacha galaktekani o‘z ichiga oladi (1 parsek 3.260000.000 yorug‘lik yili). Keyingi sistema galaktikalarning mahalliy to‘pi, unga 2 ta gipergalaktika va 27 ta mitti galaktikalar kiradi. Majmuada 500 tagacha galaktika bo‘ladi, uning dimetri5- megaparsek. Galaktikalar majmuasi, galaktikaning o‘ta majmuasiga birlashadi, uning diametrik 40 megoparsek bo‘lib o‘zida 10 mingdan ziyot galaktikani birlashtiradi. O‘ta yirik majmualar koinotning boshqa strukturaviy birliklariga kiradi. Koinotning radiusi 15-20 milliard yorug‘lik yiliga tengdir. abiatning biz yuqorida qayd etgan ko‘rinishlaridan boshqacha ko‘rinishdagi turlari ham bo‘lishi mumkin, ularning tabiati hali fanga ma’lum emas. Borliqdagi ob’ektlar miqyosi bilan farqlanuvchi uchta miqyosiy struktura darajalariga ajraladi. Ular: Mikrodunyo, makrodunyo va megodunyo. Mikrodunyo atom miqyosidan kichik bo‘lgan dunyodir. Biz odatlangan o‘lchovdagi kattaliklarni makroskopik kattaliklar deb hisoblaymiz va bu makrodunyoni tashkil qiladi. Gravitatsion o‘zaro ta’sirlar birikib turgan dunyo megadunyo deb ataladi. Tabiat ob’ektlarining tuzilishi haqida batafsil bilishni istasangiz Falsafa asoslari kitobning 139-143 betlarini o‘qib chiqing. Talabalar ko‘pincha birlamchi, ikkilamchi tabiat deganda bu nima ekan deb ajablanadilar. Birlamchi tabiat moddiy olam insonga bo‘liq bo‘lmagan xolda mavjud bo‘lib, o‘z- o‘zicha tabiat qonunlari asosida rivojlanadi. Ikkilamchi tabiat esa inson tomonidan yaratilgan buyumlar, narsalar, eng oddiy mehnat qurollaridan tortib to hozirgi zamon murakkab texnologiyasigacha bo‘lgan barcha asboblarni,kiyim- kechak, uy - joy anjomlari, turli buyumlar va boshqalardan iborat. Download 29.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling