Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Download 380.61 Kb.
bet14/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

Inson borlig’i. Inson borlig’i barcha tirik mavjudotlardan o’zining ongi, irodasi, aqli va boshqa insonga xos belgi va xususiyatlari bilan farqlanadigan tirik mavjudotdir. Inson borlig’ini tahlil qilishda insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson hamda butun insoniyat borlig’i ko’rinishlarida mavjud bo’lishi jihatidan borlig’ini farqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek, inson borlig’ida tabiat va jamiyatdagi hamma narsalar uchun umumiy bo’lgan tomonlar, xususiyatlar ham mavjuddir. Bu jihatdan inson borlig’i o’z tabiati va mohiyatiga ko’ra eng murakkab borliq shaklidir, u hamma borliq shakllarining ma’lum tomonlarining dialektik birligini namoyon etadi.
Inson borlig’ida, avvalo, insonning tabiat taraqqiyotining mahsuli sifatida tabiiy borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida unda ijtimoiy va ma’naviy borliqning ham barcha shakllariga xos tomonlarning yig’indisi mujassamlangandir. Shuning uchun ham hozirgi kunda insonni bioijtimoiy mavjudod sifatida ta’riflash va tavsiflash mumkin.
Ma’naviy borliq. Inson dunyoda faqat mavjud bo’lib qolmasdan, balki u o’z-o’zini anglaydi, o’zi yashayotgan dunyoni biladi, va unga ta’sir qiladi. Dunyoni va o’zini o’zlashtirib, o’zgartirib boradi. Ma’naviy ijodiyotda ishtirok etadi. Kishi ongida nafaqat tabiiy narsalar, shu bilan birga, barcha ma’naviy-g’oyaviy narsalar ham uning amaliy va nazariy faoliyatida o’zlashtirilib, haqiqiy o’ziga xos reallikni kasb etadi. Bu o’z tabiatiga ko’ra ma’naviy borliq deyiladi.
Ma’naviy borliq sub’ektiv individuallashgan va ob’ektiv (noindividual) ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq – bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko’ra, ruh – individual ong bilan bir xil tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig’ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek, g’oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo’ljallar, andozalarning ko’rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo’lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir zamonda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.
Inson ongi ayni zamonda uning o’z-o’zini anglashi, ya’ni o’z tanasi, fikrlari va tuyg’ularini, o’zining boshqa odamlarga munosabatini va o’zining jamiyatdagi o’rnini anglab etishi, ya’ni o’zini o’zi bilishdir. O’zlikni anglash – bu ongimizning o’ziga xos markazidir. Individual ong o’zining o’limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma’naviy shakl shamoyil kasb etadi, shuningdek, boshqa kishilar mulkiga aylanadi.
Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo’ljallari, maqsadlari, g’oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual ma’naviy borliqning o’ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va zamonda erkin harakatlanadi.
Ijtimoiy borliq. Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig’i va jamiyatning o’z borlig’iga bo’linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar – oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Olamda nimaiki mavjud bo’lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma’noda «yaxlit dunyo»ni tashkil etadi va uni ba’zan «haqiqiy borliq» deb ham atashadi. Forobiy barcha mavjud narsalarning yig’indisi dunyoni tashkil qiladi, «hamma narsaning umumiy jinsi olamdir» va «olamdan tashqarida hech nima yo’qdir», deb hisoblagan.



Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling