Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Borliqning asosiy atributlari: materiya, harakat, makon va zamon


Download 380.61 Kb.
bet15/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

4. Borliqning asosiy atributlari: materiya, harakat, makon va zamon


1. Materiya tushunchasi. Odamlar o’zlarining hayot faoliyatida dastlab voqelikning moddiylik (modda) ko’rinishiga duch keladilar. Shu sababli qadimgi davrlardan hozirgi kungacha voqelikning ibtidosini moddiy narsalardan qidirishga urinib kelmoqdalar. Qadimgi davr faylasuflari ana shu jarayonni ifodalash uchun «materiya» (lotincha materia – modda; ilk asos; mohiyat) atamasini ishlatishni afzal ko’rganlar. Shu atama negizida materiya tushunchasi shakllanib, rivojlanib falsafiy kategoriya maqomini olgan.
Materiya tushunchasi evolyutsiyasining birinchi bosqichi Antik davrda –-materiyani birinchi material (suv, olov, atom va boshqalar) sifatida tushunishni o’z ichiga oladi. Masalan, Fales suvni; Geraklit olovni, Demokrit atomlarni barcha narsalarning birinchi moddiy asosi deb bilishgan.
Materiya tushunchasi evolyutsiyasining ikkinchi bosqichi XVII-XVIII asrlarda ijod qilgan metafizik materializm vakillari faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular materiyani narsalarda aniqlangan o’zgarmas xususiyatlarning yig’indisi sifatida talqin qilishgan. Masalan, barcha moddiy narsalar alohida modda bo’lib, unga o’lcham, massa, og’irlikk kabi xususiyatlar xos. Ana shunday xususiyatlarga ega bo’lgan moddalar moddiy olamning asosini tashkil etadi, degan holda, moddiy olamning ibtidosini mexanistik tarzda hal qilishga o’rinishganlar. Bunday qarashning yirik namoyondalari F.Bekon, G.Golbax, D.Didro hisoblanadi. Bu xususda G.Golbax: ”Bizning sezgi organlarimizga ta’sir ko’rsatuvchi hamma narsalar bizga nisbatan materiyadir”, degan edi.
Sharq falsafasida materiya dunyoning asosida yotuvchi moddiy sabab, ilohiy sababning hosilasi sifatida qaraladi. Al-Kindiy fikricha materiya Allohning amri bilan yo’qdan bunyod bo’lgan. Forobiy, Ibn Sino, Tusiy va boshqalar materiyani har doim bo’lgan (dahr – mangu) deb hisoblagan. Islom falsafasida mangulik sifati faqatgina Allohgagina xos sifatdir deb hisoblanadi. Jism, modda o’tkinchidir. Bir payt paydo bo’ladi va boshqa paytda yo’qoladi. Ruh yaratilgan, ammo u abadiy yashaydi deb talqin etiladi. Shu sababli islom falsafasida materiyaning manguligini isbotlashga urinuvchi faylasuflarni dahriylar («dahr» – «mangulik») deb atashgan.
Materiya haqidagi tasavvur rivojining uchinchi bosqichi XX asrda yuz bergan, ilm-fandagi keskin o’zgarishlar, ilmiy-texnika inqilobi bilan bog’liq bo’lib, endilikda materiya – ob’ektiv reallikni ifodalovchi falsafiy kategoriya sifatida talqin qilina boshladi. Aniqrog’i, materiya olamdagi moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha sifatida qo’llanila boshladi. Bunga sabab 20-asrning o’rtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va relyativistik kosmologiya sohalaridagi ilmiy yutuqlar kishilarning ob’ektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan o’zgartirib yubordi. Natijada tabiatshunos olimlar sezgilarimizga bevosita ta’sir etishning imkoni bo’lmaydigan realliklar haqida ham tadqiqot olib bora boshladilar.
Materiya dunyodagi cheksiz barcha ob’ekt va sistemalar bo’lib, har qanday xususiyat, aloqa, munosabat va harakat shakllarining substrati (asosi)dir. Materiya tabiatda bevosita ko’z bilan ko’riladigan ob’ektlar va jismlarnigina emas, balki kuzatish vositalari va eksperimentning takomillashishi asosida kelgusida bilinishi mumkin bo’lgan narsalarni ham o’z ichiga oladi. Materiya o’zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga ko’ra, har qanday jism molekulalardan, molekulalar atomlardan, atomlar proton va neytronlardan tashkil topgan va h.k. Sifat jihatdan materiya ikki: moddasimon va nomodda ko’rinishida uchraydi. Moddasimon ko’rinishi modda va antimoddaga ajraladi. Bular bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’lib, ular to’qnashganda keskin sifat o’zgarishi ro’y beradi, ya’ni modda nomoddiy ko’rinishga, nomodda esa moddiy ko’rinishga aylanadi. Materiyaning nomoddiy ko’rinishi ham ikki: maydon va nurlanish shaklida uchraydi. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda moddiy zarralarning hosil bo’lishiga imkon beradi. Materiyaning yuqorida qayd etilgan ko’rinishlaridan boshqacha ko’rinishdagi turlari ham bo’lishi mumkin. Ularning tabiati hali fanga ma’lum emas.
Materiyaning tuzilishi haqidagi har qanday fizik yondashuvlar uning xususiy jihatini hisobga oladi, bunda butun borliq emas, balki uning ayrim jihatlarinish tahlil qilish nazarda tutiladi. Materiyaning falsafiy talqini butun predmetli borliqni qamrab oladi va umumiylik belgisiga ega. U butun ob’ektiv borliqni to’liq ifodalaydi. Umumiylik belgisiga suyanuvchi materiyaning falsafiy talqini amalda eskirishi mumkin emas, chunki u insonning tashqi dunyoni aks ettirishga qaratilgan qobiliyatini ifoda etadi. Materiya xossalari, tuzilishi va turlari haqidagi fizik yondashuvlar muqarrar ravishda eskiradi hamda o’zgaradi. Bundan materiya emas, balki materiya haqidagi bilimlarimizning kechagi chegarasi yo’q bo’ladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Xo’sh, bu kategoriyaga qaysi metodologik vositalar bilan yondashish kerak uning eng mukammal ta’rifini qanday topish mumkin? Bu savolga berilgan javoblar quyidagilardan iborat.
1. Materiyaning substantsional ta’rifi uni yaratib ham, yo’q qilib ham bo’lmasligini, uning mavjudligi va o’zgarishining tashqi sabablari mavjud emasligini ko’rsatadi. Ushbu ta’rif materiyaning barcha narsalar substantsiyasi deb bilishga asoslanadi.
2. Materiyaning atributiv ta’rifi uni biron-bir substrat bilan emas, balki atributlar majmui: makon, zamon, harakat, sifat, miqdor bilan tenglashtiradi.
3. Materiyaning genetik-kontrast ta’rifiga ko’ra, uni faqat ongga qarshi ko’yish yo’li bilan ta’riflashga asoslanadi”10.
Umuman olinganda, materiyaning o’zi yo’q, balki dunyoda materiyaning ayrim narsa yoki biror aniq buyum shaklidagi ko’rinishlari uchraydi, xolos. Materiya esa materiyaning hamma aniq ko’rinishlariga xos barcha universal xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo’lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o’xshash fikrdir. Umuman odam bu ayrim odamlarga xos umumiy belgilarni aks ettiruvchi abstraktsiyadir. Shunga o’xshash materiya tushunchasi ham abstraktsiyadir. U mavjud butun ob’ektiv reallikni qamrab oluvchi falsafiy kategoriyadir. Materiya ongdan mustaqil ravishda va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’ladi. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqeligi, moddiy voqelikni o’ziga qamrab oluvchi, yalpi umumiylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob’ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir.
Materiya to’g’risidagi falsafiy ta’limotning asosiy tomonlari quyidagilardir:
- materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umumiyligini;
- materiya kategoriyasining falsafiy abstraktsiya ekanligini;
- materiya va moddiy sistemalarning ob’ektivligini;
- materiyaning rivojlanishini, moddiy sistemalarning evolyutsiyasini;
- materiya va moddiy sistemalarning cheksizligini, bitmas-tuganmasligini tan olishdan iboratdir.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling