Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot
Aktual va potentsial borliq
Download 380.61 Kb.
|
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Real va virtual borliq.
- Tabiiy borliq.
Aktual va potentsial borliq. Aktual borliq – borliqning ayni paytda va shu joydagi voqelikda namoyon bo’lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu ob’ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob’ektiv reallik borliqning shu joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning hozirgi zamonga tegishli qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o’tmishga aylanib, uning o’rnini kelajakdagi qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan bo’ladi. Aktual borliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida voqelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potentsial borliq deyiladi. Potentsial borliq hali voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir.
Real va virtual borliq. Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi ham borki, uning bo’lishi ham, bo’limasligi ham mumkin. Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda. Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lotincha virtualis – ehtimol) borliq deyiladi. «Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o’ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g’oyasini ifoda etadi. Virtual – narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o’laroq, ob’ektiv narsalar yoki sub’ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko’ra tabiiy yo’l bilan amalga oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar. Virtual borliq – inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiyadir. Bunda ob’ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o’rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo’q narsa, uni qo’l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ham ega bo’ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o’zgartira oladi. Virtual olam – inson borlig’ining o’ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir. Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta’sirida vujudga keluvchi his-tuyg’ular ko’p jihatdan uning o’zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho’milishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo’luvchi his-tuyg’ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog’liq bo’ladi. Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa o’rnini bosa olmaydi va h.k. Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ongosti sohasi va fantaziya chig’irig’idan o’tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq ob’ektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo’ladi. Ayni zamonda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko’rsatadi, mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi. Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo’llanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda – fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaktsiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda. Tabiiy borliq. Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy narsalar (jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq ikki qismga ajraladi. Birinchisi – azaliy tabiiy borliq, ya’ni tabiatning tabiiy borlig’i, u insondan ilgari insonning ishtirokisiz mavjud bo’lgan. Buni birlamchi tabiat deb ham atashadi, bunga tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borlig’i kiradi. Ikkinchisi – inson ishtiroki bilan vujudga kelgan narsalar (jismlar), hodisa va jarayonlarni o’z ichiga oluvchi hosilaviy tabiiy borliq. Uni ikkilamchi tabiat deb ham atash mumkin. Birlamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko’rinishini kiritish mumkin: tabiatdagi narsa va hodisalarning, jarayonlarning asl tabiiy borlig’i kiradi. Ikkilamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko’rinishlarini kiritish mumkin: inson borlig’i; ma’naviy borliq; ijtimoiy borliq, jamiyatning borlig’i. Download 380.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling