Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Download 380.61 Kb.
bet1/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA


BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA


1. Ontologiya - borliq haqidagi falsafiy ta’limot.
Odam olamning bir mo’jizakor xilqati bo’lib, olamni tushunish bevosita odamning paydo bo’lishi, aql-zakovatining shakllanib, rivojlanib borishi bilan bog’liq bo’lgan murakkab jarayonlar qatoriga kiradi. Shu sababli faylasuflar olamni «odam – olam» munosabatlari doirasida tadqiq qilar ekan, uning mavjudligini, o’ziga xos tuzilish va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi ilm sohasini – ontologiya, ya’ni borliq haqidagi falsafiy ta’limot deb atashni maqbul topganlar.
1. “Ontologiya” atamasi haqida tushuncha. »Ontologiya» so’zi birinchi marta 1606 yilda nemis faylasufi va o’qituvchisi Yakob Lorxard tomonidan yozilgan «Ogdoas scholastitsa» asarida tilga olinadi. Shundan so’ng «Ontologiya» atamasi Rudolf Goklenius tomonidan 1613 yilda o’zining «Falsafiy lug’at” va birozdan keyin Iogann Klauberg tomonidan 1656 yilda yozilgan asarida “Metafizika” ga teng «Ontosofiya» variantida ekvivalent tushuncha sifatida ”ontologiya” so’zi ishlatiladi. Bu atamani amaliyotda foydalanish masalasini Kristian fon Volf o’rgangan holda «ontologiya» va «metafizika» atamalarini semantik (yunoncha semantikos – ifodalovchi, bildiruvchi) jihatdan aniq ajratib beradi.
XX asr falsafasida Nikolay Gartman («yangi ontologiya»), Martin Xaydegger («fundamental ontologiya») va boshqa shu kabi faylasuflar maxsus ontologik muammolar bilan shug’ullanishgan.
2. «Ontologiya» atamasining falsafiy tavsifi. «Ontologiya» atamasi qadimgi yunon tiligi «ontos – borliq va logos – ta’limot» degan so’zlardan olingan bo’lib, «borliq haqidagi ta’limot», degan ma’noni anglatadi. Bugungi kunda «Ontologiya» atamasi falsafiy ma’noda – borliqning fundamental tamoyillarini, uning eng umumiy qonun va kategoriyalarini, strukturasi va xususiyatlarini bilish nazriyasi va mantiq bilan birgalikda o’rganuvchi falsafiy ta’limotlardan biri hisoblanadi.
Ontologiyaning o’rganish ob’ektini borliq tashkil etadi. Uning mazmuni borliq va yo’qlik, me’yor va sifat, miqdor va o’lchov, makon va zamon, harakat va o’zgarish kabi tushunchalar orqali yoritiladi.
Ko’pincha falsafani o’rganish aynan ontologiyadan boshlanadi. Shuning uchun ham o’tmishda yashagan faylasuf va mutafakkirlar ijodida ontologiya qamrab oladigan borliq va mavjudlik, koinot va olam, botiniylik va zohiriylik, borliq va yo’qlik, materiya va harakat, makon va zamon, cheklilik va cheksizlik, inson va jamiyat borlig’i bilan bog’liq masalalarga alohida ahamiyat berilgan.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling