Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Download 380.61 Kb.
bet6/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

4. Informatika ontologiyasi. Axborot texnologiyalari va informatika fanida «ontologiya» ob’ektlar va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarning aniq tavsifini anglatadi. Bunda ontologiya – bu ob’ektlar va ularning bog’lanishlari nazariyasi hisoblanadi.
Formal jihatdan informatika ontologiyasi quyidagilardan:
tushunchalar,taksomoniya bo’yicha tashkil etilgan;
• ularning ta’riflari,
• chiqish qoidalaridan iborat bo’ladi.
Informatikadagi ontologiya – bu kontseptual sxema yordamida ma’lum bir bilim sohasini har tomonlama va batafsil rasmiylashtirishga urinish bo’lib, u odatda, bunday sxema ob’ektlarning barcha tegishli sinflarini, ularning o’zaro munosabatlari va ushbu sohada qabul qilingan qoidalarini (teoremalari, cheklovlari) o’z ichiga olgan ma’lumotlar tuzilmasidan iborat bo’ladi.
Ontologiyalar dasturlash jarayonida real dunyo yoki uning bir qismi haqidagi bilimlarni namoyish etish shakli sifatida ishlatiladi. Amaliyotning asosiy yo’nalishlari – bu biznes jarayonlarini modellashtirish, semantik veb, sun’iy intellekt va boshqalar hisoblanadi.
Informatikadagi ontologiyaning falsafiy ontologiya tushunchasidan farqlanadi. Bunda «ontologiya» atamasi dastlab falsafiy bo’lgan bo’lsa-da, kompyuter fanida u mustaqil ma’no kasb etdi.
Bu yerda ikkita muhim farq mavjud:
• informatika ontologiyasi kompyuter osonlikcha qayta ishlay oladigan formatga ega bo’lishi kerak;
• axborot ontologiyalari doimo aniq maqsadlar bilan yaratilgan – konstuktsiyalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan bo’ladi. Bunda ular butunligiga qarab emas, balkidan ko’proq qo’llanilishi jihatidan baholanadi.
5. Tibbiyot ontologiyasi. Ob’ekt qanchalik murakkab bo’lsa, atrofdagi dunyoning omillari unga shunchalik ko’p ta’sir qiladi. Shuning uchun insonning ahvoli ularning maksimal darajadagi ko’lami bilan belgilanadi. Turli tibbiy an’analar asosan bir birlaridan ta’sir etuvchi omillar soni, sabablari va ta’sirlari ko’rib chiqiladigan yo’nalishlarni o’rganish va o’zgartirish usullari bilan farq qiladi.
Tibbiyot ontologiyasi – kasallikka olib kelgan barcha sabab va ta’sirlarni aniqlash, ularni bemorning ongiga yetkazish, so’ngra aniqlangan barcha sabab va ta’sirlarni hamda ularning salbiy oqibatlarini olib tashlashga imkon beradi

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling