Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Download 380.61 Kb.
bet8/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

7. Formal ontologiya. «Formal ontologiya» atamasi birinchi marta Edmundom Gusserlem tomonidan 1900-1901 yillarda yozilgan «Mantiqiy tadqiqotlar» nomli asarining ikkinchi nashrida qayd etilgan bo’lib, unda muallif formal mantiqning ontologik analogi borligiga ishora qilgan holda ob’ektning sifatlari va ob’ektning o’zi bilan qamrab olishini ifodalashga harakat qilgan.
Formal ontologiya – bu rasmiy tilda aksiomalar bilan aniqlanadigan informatik til ontologiyasi hisoblanadi. Falsafada formal ontologiya – bu mavjud reallikning ob’ektiv ko’rinishini ta’minlash maqsadida domen yoki dastur modelini ishlab chiquvchiga yordam beradigan rasmiy tilda aksiomalar bilan aniqlangan ontologiya hisoblanadi.
Formal ontologiya voqelikning mustaqil ko’rinishini saqlagan holda quyidagi: a) ontologiya tarkibning ko’payishiga mos keladi, cheksiz kengayish; b) har qanday «kontseptsiya» o’z o’rnini topishi mumkin bo’lgan tarkib va kontekstning mustaqilligi; v) turli darajadagi tafsilotlarni hisobga olish kabi xususiyatlarga egaligi bilan bashqa aniq fanlar ontologiyasidan ajralib turadi.
8. Formal va noformal ontologiyalar. Informatikada ontologiya formal tilda aniqlangan bo’lsa formal, aks holda esa noformal hisoblanadi. Falsafada formal va noformal ontologiyalar o’rtasida alohida tafovut mavjud. Masalan, formal ontologiya «qo’l harakati»ni ifodalovchi tushunchani o’z ichiga olishi mumkin. Noformal ontologiyada esa bunday tushunchani ko’pincha «qo’lning ko’karishi» sifatida qaragan holda, boshqa tushunchalar bilan bir qatorda «qo’lni aniqlash» deb tasniflash mumkin bo’ladi. Formal ontologiyaning o’ziga xos tarzda shakllangan va amaliyotda qo’llash uchun ishlatiladigan terminlari bo’ladi.
Terminlar - bu tabiiy tilda voqelikdagi elementni tasvirlash uchun foydalaniladigan turli tillardagi so’zlar yoki so’z birikmalari, shuningdek mazkur elementni voqelikda shakllantiradigan formal ontologiya tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan holda lug’at, atamalar to’plami va ularning sharhlari, ontologiyada berilgan tushunchalar va munosabatlar «tabiiy til uchun ontologik interfeys» ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, aniq fanlar ontologiyasi bir tomondan,borliqning ichki va tashqi tuzilishini mega, makro, mikro darajada tadqiq qilishi, ikkinchi tomondan esa tadqiq natijasida olingan xulosa va amaliy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishda metodologik vazifalarni o’tashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling