Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Materiyaning tarkibiy tuzilishi


Download 380.61 Kb.
bet16/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

2. Materiyaning tarkibiy tuzilishi. Materiya va moddiy ob’ektlar xilma-xil ko’rinishlarda va shakllarda uchraydi. Moddiy sistemalar tuzilishga ega, ya’ni u strukturali, turli xil strukturaviy elementlardan tashkil topgan bo’ladi. Bunday elementlar va ulardan tashkil topgan moddiy ob’ektlar rivojlanishga egadir.
Materiya va moddiy sistemalar, ob’ektiv dunyoning tuzilishi xususiyatlariga ko’ra, turli xil strukturaviy darajalardan tashkil topgan bo’ladi. Bunday darajalarni moddiy sistemalarning tashkiliy tuzilishi va miqyosiy tuzilishiga qarab: 1) tashkiliy-struktura darajalari; 2) miqyosiy-struktura darajalariga ajratish mumkin.
3.Materiyaning tashkiliy-struktura darajalari. Materiyaning tashkiliy-struktura darajalari moddiy sistemalarning tashkiliy jihatdan uyushganligi va faolligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bu darajalar makon-zamon strukturasining sifatiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular: noorganik daraja («notirik tabiat»); organik daraja («tirik tabiat») va sotsial daraja («jamiyat») deb ataladi. Sifatiy jihatdan eng quyi darajada uyushgan va eng passiv (inert) daraja noorganik darajadir. Bu darajada atom yadrosi, yadro, atom va molekulalar majmuasi, molekulyar birikmalar, jismlar, Yer shari, osmon jismlari, Quyosh sistemasi va boshqa planetar sistemalar, yulduzlar to’pi, Galaktika, metagalaktika va koinotning quyi darajada uyushgan makon-zamon aloqadorliklari namoyon bo’ladi.
Bunga nisbatan uyushganroq va faolroq makon-zamon sistemasi organik daraja deyiladi. Unga organik molekulyar sistemalar, tirik organizmlarning xilma-xil ko’rinishlari, bir hujayrali suv o’tlari va sodda jonivorlardan tortib, murakkab tuzilgan umurtqalilargacha, sodda hayvonlardan to maymunlar va odamlargacha kiradi.
Odamlardan tashkil topgan turli murakkablikdagi ijtimoiy sistemalar sotsial darajaga mansubdir. Bu darajada ongga, fikrga ega bo’lgan insonlar faoliyat ko’rsatganligi sababli u eng uyushgan va faol daraja hisoblanadi.
Yuqorida aytilgan tashkiliy-struktura (tuzilish) darajalari bir-biridan moddiy aloqadorliklar sifati va miqdoriga ko’ra, unda yetakchilik qiluvchi harakat shakliga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, noorganik darajada mexanik, fizik, ximiyaviy va geologik harakat shakllari faoliyat ko’rsatsa, organik darajada yuqoridagi harakat shakllariga biologik harakat qo’shiladi va u mazkur darajada yetakchilik qiladi, sotsial darajada yana bir harakat shakli – ijtimoiy harakat faoliyat ko’rsatib, u ushbu darajada yetakchilik qiladi.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling