Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Materiyaning miqyosiy-struktura darajalari


Download 380.61 Kb.
bet17/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

4. Materiyaning miqyosiy-struktura darajalari. Bu moddiy sistemalarning bir-biridan mazkur sistemada hukmronlik qiluvchi fundamental kuchlar bilan farq qiluvchi darajalardir. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo deyiladi.
Mikrodunyoda kuchli va kuchsiz yadroviy o’zaro ta’sir kuchlari hukmronlik qiladi. Bu kuchlarning ta’sir doirasi atom yadrosi va atom o’lchovi bilan chegaralangandir. Kuchli yadroviy o’zaro ta’sirlar atom yadrosining tarkibiy qismlari bo’lgan proton va neytronlarning yaxlitligini, kuchsiz yadroviy o’zaro ta’sir kuchlari esa atom strukturasining yaxlitligini ta’minlaydi. Bu kuchlar tufayli mikrodunyo o’zining strukturaviy yaxlitligini saqlaydi.
Makrodunyoning strukturaviy yaxlitligi esa elektromagnit o’zaro ta’sirlari bilan saqlanadi. Elektromagnit o’zaro ta’sir kuchlari atomlar va molekulyar brikmalarning, moddiy jismlarning strukturaviy yaxlitligini ta’minlaydi. Shu kuch tufayli Yerda hayot mavjud, yorug’lik mavjud.
Megadunyo – bu gravitatsion o’zaro ta’sirlar kuchi bilan chegaralangan eng katta moddiy ob’ekt – Koinotdir. Yer shari va uning atrofida Oyning aylanishi, sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishini ta’minlovchi, Galaktikamizning muayyan tuzilishga egaligiga, butun Koinotning makon-zamon strukturasi tartibining mavjudligiga gravitatsion o’zaro ta’sir kuchlari mas’uldir. Bu kuchlar bo’lmaganda edi dunyodagi hozirgi tartib va munosabatlar ham bo’lmagan, mikro, makro va megadunyolar ham shakllanmagan bo’lar edi. Xullas, materiya va moddiy ob’ektlarning strukturaviy yaxlitlikka ega bo’lishida harakat va makon-zamon shakllarining, ularning asosida yotuvchi o’zaro aloqadorlik kuchlarining roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Hozirgi zamon tabiatshunoslik fanlari olamning tuzilishining o’ta murakkabligini, dunyoning xilma-xilligini ta’kidlash bilan bir qatorda, ob’ektiv dunyodagi moddiy ob’ektlarning ham xilma-xilligini, turlicha ko’rinishlarda uchrashini isbotlamoqda.
5. Materiyaning hozirgi kundagi ko’rinishlari. Hozirgi paytda materiyaning moddasimon va nomoddasimon ko’rinishlarining mavjudligi aniqlangan. Ob’ektiv reallikning butun bizga ko’rinadigan qismidagi Koinot qa’ridan tortib, to mitti elementar zarrachalar va antizarrachalargacha (elektronlar, pozitronlar, protonlar, antiprotonlar, neytronlar va hokazo) materiyaning moddasimon ko’rinishiga mansubdir.
Elektron va proton modda hisoblansa, pozitron va antiproton antimodda hisoblanadi. Hamma zarrachalar – modda, hamma antizarrachalar – antimoddadir. Materiyaning nomoddasimon ko’rinishiga turli xil fizik maydon va nurlanishlar kiradi. Modda bilan antimodda to’qnashganda materiyaning annigilyatsiya (lot. «annihilatio» – yo’qolishi, hech nimaga aylanishi) hodisasi sodir bo’ladi, ya’ni materiya moddasimon ko’rinishdan nomodda ko’rinishiga – maydon va nurlanishga aylanadi. Fizik vakuumdagi elektromagnit maydonini muayyan intensivlikdagi nurlanishlar bilan bombardimon qilinganda mazkur vakuumda zarracha va antizarrachalar hosil bo’ladi, ya’ni materiyaning maydon ko’rinishi modda ko’rinishiga aylanadi. Bu hodisalarining mohiyatini mexanistik dunyoqarash asosida izohlashning iloji yo’q, buning uchun yangicha logika va dialektik dunyoqarash lozim bo’ladi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki:
1. Materiyaga xos bo’lgan umumiy xususiyatlar jumlasiga strukturaviylik, harakat, makon-fazo, makon-vaqt kiradi.
2. Materiya – modda, maydon, fizik vakuum ko’rinishida namoyon bo’ladi.
3. Universumning atributiv xususiyatlari: tizimli-strukturalik, dinamiklik; makon-zamonda joylashganlik kabilar bilan ifodalanadi.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling