Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Download 380.61 Kb.
bet19/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

Jonsiz tabiatda – bu avvalo elementar zarralar va atom yadrolarning o’zaro ta’siri va bir holatdan ikkinchi holatga o’tishidan iborat. Yadro energiyasining hamma turlari ayni harakat shaklining xususiy zuhuroti sifatida yuz beradi Molekulalardagi atomlar o’rtasida aloqalarning qayta taqsimlanishi, molekulalar strukturasining o’zgarishi natijasida bir xil moddalar ikkinchi xil moddalarga aylanadi, Bu jarayon harakatning ximik formasini tashkil etadi.
Makroskopik jismlarning harakat shakllarini: issiqlik, kristallashuv protsesslari, agregat holatlarning o’zgarishlarini, qattiq jismlardagi, suyuqliklardagi, gazlardagi va plazmadagi struktur o’zgarishlarni ko’rsatib o’tmoq kerak. Harakatning geologik formasi katta temperatura va bosimlar sharoitida turli xildagi minerallar, rudalar va boshqa moddalarning tashkil topishi bilan bog’lik bo’lgan fizik-ximik jarayonlar majmuasini o’z ichiga oladi. Yulduzlarda o’z-o’zini quvvatlovchi termoyadro reaktsiyalari, ximik elementlarning tuzilishi (ayniqsa yangi va o’ta yangi yulduzlar chaqnab ketgan choqda) kabi harakat shakllari yuz beradi Kosmik ob’ektlarning xususan kattaroq massalari va zichliklarida gravitatsion kollaps va sistemaning o’ta zich holatga o’tishi tipidagi protsesslarning bo’lishi mumkin, bunday vaqtda sistemaning tortilish maydoni endi moddaning zarralarini va elektromagnit nurlanishni («qora teshiklar») deb ataluvchi narsalarni sirtga chiqarmaydi. Megaolam miqyoslarida biz Metagalaktikaning ulkan darajada kengayishining guvohimiz, bu kengayish, aftidan, mazkur gigant moddiy sistema harakat shaklining ayrim bosqichi bo’lsa kerak. Materiyaning har bir struktur darajasida harakatning formalari va tegishli moddiy sistemalarning amal qilishining o’z shakllari yuzaga chiqadi.
Jonli tabiatda harakat shakllari ham tirik organizmlarning ichida, ham ustorganizm sistemalarida sodir bo’ladigan jarayonlarni o’z ichiga oladi. Tana tirikligi – oqsil jismlar bilan nuklein kislotalarning mavjudlik usulidan iborat bo’lib, organizm bilan atrof muhit o’rtasida uzluksiz moddalar almashinuvi, organizmlarning o’z-o’zini saqlashga va takror hosil qilishiga qaratilgan in’ikos va o’z-o’zini boshqarish jarayonlari bu usulning mazmunini tashkil etadi.
Barcha tirik organizmlar ochiq sistemalardan iborat. Jonli organizm atrof muhit bilan doimo modda va energiya almashinib, o’z struktura va funktsiyalarini uzluksiz ravishda qayta bunyod qiladi, ularning nisbiy baoqarorligini saqlab boradi. Moddalar almashinuvi to’qimalar hujayra tarkibining doimiy ravishda o’z-o’zini yangilashiga olib keladi.
Yer yuzida materiyaning rivojlanishining oliy bosqichi – insoniyat jamiyati va unga xos bo’lgan ijtimoiy harakat shakllaridir. Bu harakat shakllari jamiyat taraqqiy qilib borishi bilan uzluksiz murakkablashaveradi. Bu shakllar kishilarning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatining hamma xildagi ko’rinishlarini, barcha ijtimoiy o’zgarishlarni hamda insondan tortib to davlatgacha va umuman jamiyatgacha turli ijtimoiy tizimlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir turlarini o’z ichiga oladi. Voqelikning tafakkurda aks etish jarayonlari ham harakatning ijtimoiy shakllarining yuz berishiga xizmat qiladi, bu jarayonlar barcha fizik-ximik va biologik harakat shakllarining inson miyasidagi sinteziga asoslanadi.
Amaliyot uchun harakat shakllarni tanlash quyidagi bir qator omillarni:
• o’zgarishlarning moddiy tashuvchisi;
• harakatning turli xil ko’rinishlari o’rtasida genetik aloqani o’rnatishga imkon beradigan o’zgarishlarning umumiy xususiyatlarining namoyon bo’lishini;
• moddiy olamning ma’lum darajadagi tarkibiy tashkil etish darajasiga tegishli o’zgaruvchan tizimlarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’ladi.
Materiya harakatining hamma shakllari o’rtasida mahkam o’zaro aloqadorlik mavjud. Bu aloqadorlik avvalo materiyaning tarixiy rivojlanishida va harakatning nisbatan quyi shakllari asosida yuqori shakllarining paydo bo’lishida namoyon bo’ladi. Harakatning yuqori shakllari nisbatan quyi formalarini o’zida sintezlashtiradi. Chunonchi, inson organizmi o’zida chambarchas birlikda bo’lgan fizik-ximik va biologik harakat shakllarining o’zaro ta’siri asosida yashaydi va ayni vaqtda inson shaxs sifatida harakatning ijtimoiy shakllarini yaratuvchi sifatida o’zini ko’rsatadi.
Harakat shakllarning o’zaro munosabatini o’rganganda yuqori shakllarni quyi shakllardan ajratib qo’yishdan ham, pala-partish ravishda yuqori shakllarni quyi shakllardan iborat qilib qo’yishdan ham saqlanish muhimdir. Yuqori shakllarni quyi shakllardan ajratib qo’yganda ularning kelib chiqishini va strukturaviy xususiyatlarini izohlab bo’lmaydi. Harakatning yuqori shakllarining sifat jihatdan o’ziga xos xususiyatini mensimaslik va ularni qo’pol ravishda quyi shakllardan iborat qilib qo’yish mexanitsizmga va nojoiz siyqalashtirishga olib boradi.
Harakat shakllarining o’zaro munosabatini bilish olamning moddiy birligini, materiyaning tarixiy rivojlannsh xususiyatlarini ochib berish uchun katta metodologik ahamiyatga egadir. Materiyani bilish jarayoni ko’p jihatdan uning harakat shakllarini tadqiq qilish bilan mos bo’lib tushadi, binobarin, agar biz harakatni batamom bilib olganimizda edi u vaqtda biz materiyani ham uning hamma ko’rinishlari bilan bilib olgan bo’lur edik. Lekin bu jarayon cheksiz nihoyasizdir.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling