Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Ontologiyaning genezisi1, evolyutsiyasi2 va rivojlanish bosqichlari


Download 380.61 Kb.
bet2/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

3. Ontologiyaning genezisi1, evolyutsiyasi2 va rivojlanish bosqichlari. Ontologiyaning falsafiy tafakkur hosilasi sifatidagi genezisi Yer yuzida paydo bo’lgan dastlabki odamzod vujudida nutq, til va tafakkurning paydo bo’lgan vaqtidan boshlab,uning falsafiy tafakkur qilish davrigacha bo’lgan vaqt oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu maqomga Qadimgi Xitoy, Hindiston, Turon, Misr, Yunonistonda yashagan dastlabki odamlar va ularning avlodlari sazovor bo’lganlar. Shular qatorida ontologiya masalasini birinchilardan bo’lib yunon faylasuflari turli talqinlarda bayon etganlar. Ular ontologiyani haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limot, deb hisoblashgan. Eley maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi ko’rinishini haqiqiy borliqqa qarama-qarshi qo’yib, ontologiyani mangu o’zgarmas, yagona, sof borliq haqidagi ta’limot sifatida qo’llashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl «stixiya», Demokrit «atomlar», Anaksimandr «apeyron», Anaksagor «urug’» deb atagan. Platon g’oyalar ontologiyasini, Aristotel empirizm ontologiyasini yaratdi.
O’rta asrlar falsafasida ontologiya ilohiyot bilan chambarchas bog’lanadi. Sharq falsafasida ontologiya ko’proq ilohiy borliqning, xudoning mohiyatini aks ettiruvchi ta’limot tarzida, sharq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud ko’rinishidagi ta’limotlar shaklida paydo bo’lgan. Falsafada ontologiya monistik, dualistik va plyuralistik kontseptsiyalar shaklida ham uchraydi.
Markaziy Osiyo, Yaqin va o’rta Sharqida 1X-X asrlarda ijod qilgan al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino singari mutafakkirlar yunon faylasuflaridan farqli ravishda ontologik ta’limotni butunlay yangicha bosqichga ko’tarishdi. Masalan, Forobiy ontologiyani yagona borliqning mohiyatini ochib beruvchi ta’limot sifatida talqin etadi. Abu Nasr Forobiy yagona borliqni 11 bosqichdan iborat deb hisoblagan: «1-ilk borliq (Musabbib) – xudo; 2-borliq (Aqli kul) ; 3-borliq (Aql,ya’ni – faol aql,al-aql al-faol); 4-borliq Zuhal (Saturn) osmoni ; 5-borliq Nohid(Yupiter)osmoni; 6-borliq Bahrom (Mars) osmoni; 7-borliq (Sayyoralar) osmoni; 8-borliq (Quyosh osmoni); 9-borliq Zuhro (Venera) osmoni; 10-borliq Olam; 11-borliq Oy osmoni»3. Bu bosqichlar bir-biri bilan sababiy bog’langan bo’lib, ular barcha mavjudlikning boshlang’ichi hisoblanadi.
Yangi davr falsafasida dualistik ontologiya namoyandasi R. Dekart bo’lgan. O’z falsafasining asosiga «monada» – «ilohiy atomlar»ni qo’ygan V. G. Leybnits falsafasi – plyuralistik ontologiyaga mansubdir. Bu kontseptsiya bo’yicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday kontseptsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi.
Hozirgi zamon falsafasida ontologiyaning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilan bog’langandir. Ma’lumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qo’yilgan edi. Borliq aslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud bo’lgan, hozir mavjud bo’lib turgan va kelajakda mavjud bo’ladigan realliklarni, moddiylik va ma’naviylikni, modda va g’oyani ham o’ziga qamrab oladi4 .
XX asr falsafasida Nikolay Gartman («yangi ontologiya»), Martin Xaydegger («fundamental ontologiya») va boshqa shu kabi faylasuflar maxsus ontologik muammolar bilan shug’ullanishgan.
Hozirgi kunda ongning ontologik muammolari masalasi alohida qiziqish uyg’otmoqda. Masalan, Karl Popper o’z izlanishlarida ontologiya masalasida uchta olam:« 1) jismoniy narsalar va holatlar dunyosi; 2) ongning aqliy va mental holatlari dunyosi; 3) fikrlashning ob’ektiv mazmuni dunyosi borligi haqidagi kontseptsiyasini ilgari suradi. Bu olamlar sub’ektiv idrokka bog’liq bo’lmagan ilmiy farazlar, adabiy asarlar va boshqa narsalarning mazmunini o’z ichiga oladi»5, - degan g’oyaga asoslanadi. Shu sababli hozirgi zamon faylasuflari borliqning umumiylik tomonlarini izohlashdan ko’ra, uning har bir qirrasini ontologik jihatdan baholash asosida tadqiq qilishni afzal ko’rmoqdalar. Buning natijasida, gen ontologiyasi, tibbiyot ontologiyasi, informatika ontologiyasi kabi bir qator yangi maxsus nazariya, g’oya va amaliy ishlanmalardan iborat bo’lgan yangicha tipdagi ontologik ta’limotlar paydo bo’lmoqda va ularni har tomonlama rivolantirishga harakat qilinmoqda.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling