Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Ontologiyaning asosiy masalasi va tushuntirish apparati


Download 380.61 Kb.
bet3/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

4. Ontologiyaning asosiy masalasi va tushuntirish apparati. «Nima mavjud?» degan savolga javob topish ontologiyaning asosiy masalasi hisoblanadi. Ontologiyaning tushuntirish apparatini – borliq, struktura, xususiyat, moddiylik, ma’naviylik, jon va ruh, ideallik, ekzistentsiallik, makon-fazo, zamon-vaqt, harakat tushunchalari tashkil qiladi. Shu sababli ontologiya – bu mavjud universumni eng umumiy jihatdan tavsiflashga urinish bo’lib, u alohida fanlarning ma’lumotlari bilan cheklanib qolmaydi va ehtimol, ularning ma’lumotlariga ko’ra qisqarib ham, kamayib ham ketmaydi.
Amerikalik faylasuf Uilyard Kuayn tomonidan ontologiya to’g’risida boshqacha tushuncha berilgan: uning so’zlariga ko’ra, ontologiya – bu ba’zi nazariyalarning mazmuni, ya’ni ushbu nazariya tomonidan mavjud deb qo’yilgan ob’ektlardir.
Modomiki, borliq qanchalik rang baring bo’lsa,ontologiya ham falsafiy ta’limot sifatida shunchalik keng qamrovli bo’lib,uning shakllari ko’payib, mazmuni yanada sayqallanib boradi. Ilm-fanning rivojlanishi natijasida odamlarning ontologiya haqidagi tasavvurlari ham o’zgarib, zamonaviylashib boraveradi.
5. Ontologiyaning predmeti. Ontologiyaning predmeti deb borliqning mavjudlik va reallik shakllarining tarkibiy tuzilishlari, ular o’rtasidagi aloqadorliklar nisbatini,bir turdan ikkinchi turga o’sib o’tishini, jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotining rivojlanishdagi substratlarning o’rni va ahamiyatini o’rganish borasida yangidan hosil qilingan ilmiy-amaliy bilimlar tizimiga aytiladi. Shunga ko’ra ontologiyani falsafiy ta’limot sifatida zamonaviy tushunishning predmetini:
1) ontologiyaning asosiy mavzusini mavjudlik tashkil qilib, reallikning barcha turlarining to’liqligi va birligi sifatida belgilangan ob’ektiv, jismoniy, sub’ektiv, ijtimoiy va virtual tarzda namoyo bo’lish darajalari;
2) reallik idealizm nuqtai nazaridan an’anaviy ravishda materiya (moddiy dunyo) va ruh (ruh va olam tushunchalarini o’z ichiga olgan ma’naviy dunyo), moddiylik nuqtai nazaridan u inert, tirik va ijtimoiy materiyaga bo’linib o’rganilishi haqidagi falsafiy ta’limotlar o’rtasidagi bahslar;
3) o’ylash mumkin bo’lgan narsaning bo’lishi haqidagi fikrga, aqlga sig’maydigan yo’q narsaning qarshi qo’yish masalasining qay yo’sinda hal etilishi haqidagi bayon qilingan fikrlar tashkil qiladi. Bu bilan ontologiyaning falsafiy ta’limot sifatida o’rganadigan predmeti chegaralanib qolmaydi, balki, zamonlar o’zgarishi bilan jamiyatning ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga qaratilgan yangidan-yangi predmetlarga ega bo’lgan ontologik ta’limotlar paydo bo’laveradi.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling