Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot
-sxema. Borliqning asosiy turlari
Download 380.61 Kb.
|
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 00- sxema. Materiya shakllari
- 00 - sxema. Koinotda materiyaning uyushganlik darajalari Hozirgi kosmologiyaga binoan, koinot rivojlanishining
- Koinotning boshlang’ich holati Koinot boshdagi voqealar Bosh kosmologik jarayon
- 5-§. Tabiatning tarkibiy tuzilishi va uning jamiyat hayotidagi o’rni 1. Tabiat tushunchasi.
- 2. Tabiatning tuzilishi.
00 -sxema.
Borliqning asosiy turlari 00-sxema. Tabiiy borliqning asosiy atributlari 00- sxema. Substantsiya haqida fasafiy tasavvurlar
00- sxema. Materiya shakllari
00 - sxema. Koinotda materiyaning uyushganlik darajalari Hozirgi kosmologiyaga binoan, koinot rivojlanishining mumkin bo’lgan asosiy stsenariyalari
5-§. Tabiatning tarkibiy tuzilishi va uning jamiyat hayotidagi o’rni 1. Tabiat tushunchasi. Tabiat – arabcha «borliq; tabiiy xislat; odatiylik», degan so’zdan olingan bo’lib, quyidagi ma’nolarni:1) butun mavjudotni o’z ichiga olgan olam, borliq; 2) insoniyat va hayvonotdan o’zga olamni; 3) o’t-o’lan, o’simlik va b. narsalar band etgan tevarak-atrof, qir-adir, o’rmon va sh.k. larni; 4) Yer sathining ma’lum bir jihatini aks ettiruvchi belgi, xususiyat yoki holatini; 5) inson ruhiyatiga xos asosiy, turg’un xususiyatlar majmui; xarakter, fe’l-atvorini; 6)odamning past tabiat: ziqna, qizg’anchiq, xasisligini; 7) narsalarga xos biror belgi,xususiyatni;8)odamning kayfiyati,ruhiy holatini; 9) odamning didii,farosatini anglatish uchun ishlatiladi13. Demak,tabiat falsafiy jihatdan juda keng,kundalik inson faoliyatida esa tor ma’nolarda ishlatiladi. Shunga ko’ra,falsafiy jihatdan “tabiat” tushunchasini keng va tor ma’noda talqin etish mumkin. Tabiat keng ma’noda ko’rinnb turgan parsalardan tortib olisdagi koinotnnng ko’z ilg’amas burchaklaridagi galaktikalar, kvazar va pulslar, elementar zarralardan tortib fizikaviy maydonlar — umuman mikro, makro va mega dunyolar tabiat degan tushunchani tashkil etadi va bu ma’noda u materiya tushunchasiga yaqindir. Ammo «tabiat» tor ma’noda, ya’ni inson va insoniyat borligi uchun zarur bo’lgan tabiiy sharoitlar, barcha tirik mavjudotlarning rivojla nishi uchun imkoniyat yaratib beradigan asos sifatida ham tushuniladi. Kishilik jamiyati tabiatnnng bir qismi bo’lib, uning rivoj- lanishining oliy hosilasidir. Jamiyat tabiatdan tashqarida yashay olmaydi. Agar insonlarning tabiatga bo’lgan ta’sirini hisobga olmasak, tabiatdagi hodisalar, jarayonlar muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadi. Jamiyat qonunlari esa tabiat qonunlaridan farqli ravishda odamlar va ularning jamoalari faoliyati bilan bog’lanib ketadi. Birinchi holda bu tushuncha bizni o’rab turgan jamiki borliqni, butun dunyoni uning barcha voqea va hodisalari bilan: “cheksiz o’zgarmas materik bo’laklardan tortib, kosmik tizim va hayvonot olami hamda ijtimoiy hayotni” o’ziga qamrab oladi. Albatta, bunday tushunishda jamiyat va tabiatni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish mantiqan noto’g’ri. Agar tabiat barcha borliqni, voqelikni o’ziga qamrab olsa, unda inson ham, jamiyat ham tabiatning bir bo’lagi hisoblanadi. Agar biz “tabiat tushunchasini” tor ma’noda, ya’ni borliq, butun dunyo ma’nosida emas, balki inson va jamiyatni o’rab turgan tabiiy geografik hodisa sifatida talqin qilsak unda bu tushuncha butunlay boshqa ma’no kasb etadi. Bu holda tabiat deganda inson yashashi uchun yaratilgan tashqari mavjud butun moddiy dunyo tushuniladi. Bu tabiiy sharoitlar o’ziga quyidagi komponentlarni oladi: 1) iqlim; 2) joyning tuzilishi; 3) eming hosildorlik darajasi; 4) o’simlik va hayvonlar; 5) foydali qazilmalar va boshqa xomashyo manbalarining mavjudligi; 6) suv resurslari va boshqalar. 2. Tabiatning tuzilishi. Tabiat o’ziga xos bo’lgan tarkibiy tuzilishga ega bo’lib,uning ko’pgina sir-asrorlari olimlar tomonidan muntazam ravishda ochib borilmoqda. Masalan,1735 yilda Karl Linney «Tabiat tizimi» kitobida uchta: minerallar, o’simliklar,hayvonlar; 1883 yilda V. V. Dokuchaenv – tuproqlar; 1866 yilda Gekkel – protistlar; 1938 yilda Gerbert Kopeland – bakteriyalar, arxeylar; Robert Uittaker – qo’ziqorinlar va shu kabilarni tabiat olami-dunyosi sifatida tizimlashtirdilar. Tabiatning tuzilishida Yer sayyorasi alohida o’rin tutadi. Chunki Yer hozirgi paytda hayot bilan ma’lum bo’lgan yagona sayyoradir. Uning tabiiy xususiyatlari ko’plab ilmiy tadqiqotlar mavzusidir. Bu Quyosh tizimidagi uchinchi sayyora va Yerdagi sayyoralar orasida diametri, massasi va zichligi bo’yicha eng kattasi. Yerning asosiy iqlimiy xususiyatlari ikkita katta qutbli mintaqalar, ikkita nisbatan tor mo’’tadil zonalar va bitta keng ekvatorial-tropik mintaqaning mavjudligidan iborat. Sayyoradagi yog’ingarchilik miqdori joylashuvga qarab keng o’zgarib turadi va yiliga bir millimetrdan bir necha metrgacha yog’ingarchilikni tashkil etadi. Yer yuzining taxminan 71 foizini okean egallaydi. Qolganlari materiklar va orollardan iborat bo’lib, odamlar yashaydigan Yerlarning katta qismi shimoliy yarim sharda joylashgan. Yerning evolyutsiyasi dastlabki sharoitlarning izlarini qoldirgan geologik va biologik jarayonlar orqali sodir bo’ldi. Sayyora yuzasi bir necha doimiy harakatlanuvchi litosfera plitalariga bo’linadi, bu esa qit’alarning davriy ravishda birlashishi va ajralishiga olib keladi. Yerning ichki qismi eritilgan mantiyaning qalin qatlami va magnit maydon hosil qiluvchi temir yadrodan iborat. Hozirgi atmosfera tarkibi asl bilan taqqoslaganda turli xil hayot shakllari orqali yuzaki sharoitlarni barqarorlashtiradigan ekologik muvozanatni yaratadigan darajada o’zgargan. Kenglik va boshqa geografik omillarga bog’liq ravishda iqlimning sezilarli farqlariga qaramay, o’rtacha global iqlim muzliklararo davrlarda ancha barqaror va o’rtacha global haroratning 1-2 ° S o’zgarishi tarixiy ravishda Yerning ekologik muvozanati va geografiyasiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Download 380.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling