Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Borliq va uning asosiy shakllari


Download 380.61 Kb.
bet9/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

3. Borliq va uning asosiy shakllari
1. Borliq tushunchasi. Insonni o’zining katta va kichikligi, jonli va jonsizligi, yumshoq va qattiqligi, chekli va cheksizligi, harakatchanligi va harakatsizligi, soddaligi va murakkabligi, to’qligi va ochligi, rangsizligi va rangliligi, go’zalligi va xunukligi, yaxshiligi va yomonligi, foydaliligi va foydasizligi, halolligi va haromligi, aqlliligi va axmoqliligi kabi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi behisob narsalar, voqealar, hodisa va jarayonlar qurshab turadi. Buni odamlar borliq deb atashadi. Demak, borliq – odamzodni o’rab turgan barcha narsa, voqea, hodisa va jarayonlarni umumiy tarzda ifodalovchi falsafiy tushuncha hisoblanadi.
Har bir inson o’zini o’rab turgan narsa, voqea, hodisa va jarayonlarning boshlang’ich ibtidosini, ya’ni aynan nimalardan tashkil topganini, makon va zamonning qaysi nuqtasida joylashganligini, nima hisobidan, qanday tarzda harakatlanishini bilishni istaydi. Bu masalaga turli davrlarda yashagan faylasuflar bir xilda javob berishmagan. Masalan,borliqning mohiyati haqida qadimgi yunon faylasufi Parmenid borliq mavjuddir, u mutlaqo harakatsiz, bir tarkibli, o’zgarmasdir. Borliqdan boshqa hech narsa yo’qdir, ya’ni borliq mavjud, yo’qlik esa mavjud emas. Bo’lish va bilish – aynan bir narsadir, Platon esa borliq – bu haqiqiy, o’zgarmas, abadiy bo’lgan g’oyalar dunyosidan iboratdir. U haqiqiy oliy darajadagi borliq bo’lib, moddiy dunyoda ko’plab ko’rinishlarda namoyon bo’ladi, deyishgan. Geraklit barqaror, o’zgarmas borliqning o’zi yo’q.Uning mohiyati borliq va yo’qlikning birgalikda mavjudligida, borliqning yo’qlik tomon beqaror harakatlanishidadir, degan falsafiy g’oyani ilgari surgan.
Hozirgi zamon falsafasida ham borliqning mohiyatini tushunish masalasida har xil qarashlar mavjud. Masalan,ekzistentsializm (lotincha exsistentia–yashash, mavjudlik) falsafaning ob’ektini insonning mavjudligi tashkil etadi, neotomizm boshlang’ich ibtidosi xudo tomonidan yaratilgan, ruhiy-ma’naviy mazmunga ega bo’lgan «sof borliq»gina mavjuddir, neopozitivizm esa ob’ektiv borliq tajriba bilan birdir, tajribadan tashqarida ob’ektiv reallik yo’qdir, degan falsafiy fikrni asoslashga harakat qilganliklarini ko’rish mumkin.
Mustaqillik sharofati tufayli shakllanayotgan o’zbek falsafasida borliqqa nisbatan bo’lgan munosabat masalasi I.A.Karimovning ”... inson o’z timsolida ham moddiy, ham ma’naviy xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, Yaratganning buyuk va sirli mo’’jizasidir. Shuning uchun ham uning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o’zi o’ta murakkab bir masala, degan fikrlarida o’z ifodasini topgan.
Mana shunday qarash va fikrlarni umumlashtirib, insonga xos orzu-intilishlarni ro’yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o’ylaymanki, o’rinli bo’ladi.
Qachonki ana shu ikki muhim omil o’zaro uyg’unlashsa, tom ma’nodagi qo’sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o’sish-o’zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo’ladi”7,– degan fikrlarga asoslangan holda o’z yechimini topmoqda.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, borliqning ibtidosini, asosini, manbaini nimalar tashkil qiladi degan savolga javob berish masalasida: monistik qarash tarafdorlari moddiylik yoki ma’naviylik; dualistik pozitsiyadagilar moddiylik va ma’naviylik; plyuralistik yondashuv tarafdorlari juda ko’p xilma xil narsalar tashkil etishini ta’kidlaydilar.
Borliq masalasini o’rganishda klassik (mumtoz) falsafa nisbatan tabiat borlig’ini, uni bilish shakllarini, postklassik (zamonaviy) falsafa esa inson borlig’ini va uning ma’naviy hayot kechirish tarzini falsafaning bosh masalasi sifatida o’rganishga e’tibor qaratganlar.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling