Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Download 380.61 Kb.
bet18/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

Jonsiz tabiatda quyidagilar mavjud:
• fizik vakuum (moddaning maxsus holati sifatida);
• elementar zarralar;
• atomlar;
• molekulalar;
• makrojismlarlar (har xil agregat holatlarida – qattiq, suyuq, gazsimon);
• sayyoralar;
• yulduzlar;
• galaktikalar (Yer – bu galaktikalardan biri);
• Metagalaktika («Tabiatshunoslar olami», astronomik Olam).
Tirik tabiatda quyidagilar mavjud:
• protoplazma (tirik molekulalar);
• hujayra;
• organizm (individual);
• turlar (populyatsiya);
• biotsenoz (populyatsiyalar + atrof-muhit);
• biogeotsenoz (ekotizim tushunchasiga teng).
Biosfera (hayotning global tizimi) doirasida moddiy tizimning o’ziga xos turi – insoniyat jamiyati shakllanadi, unda maxsus quyi tizimlar ajratiladi:
• odam;
• oila;
• sinflar;
• millat;
• davlat;
davlatlar tizimi;
• umuman jamiyat.
Tizimlar rivojlanish zinapoyasida qanchalik baland bo’lsa, ularda o’z-o’zini tashkil qilish shunchalik qiyin bo’ladi va jarayonlarning o’zi tezlashadi.
Moddiy dunyoni tashkil etishning dinamik tomoni materiyaning eng muhim atributiv xususiyatini, ya’ni uning o’zgaruvchanligini ochib beradi
6. Harakat – borliqning asosiy mavjudlik usuli. Borliqning mavjudligi undagi o’zgarishlar bilan belgilanadi. Agar o’zgarish bo’lmasa, borliqning bor yoki yo’qligi noma’lumligicha qolardi. Har qanday o’zgarish – bu harakat mahsulidir. Demak, shunday ekan, harakat nima?, degan savol tug’iladi.
Harakat (arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida – yurish, qimirlash, tebranish; faoliyat; jarayon degan ma’noni anglatadi) deganda quyidagilar tushuniladi:
1. Kishi va narsalarning yoki ularning qismlarining tinch holatdan chiqi- shi: qo’zg’alishi, qimirlashi va sh.k.; tinch holatga qarama-qarshi holati.
2. Ishni bajarishda faoliyatning holati, bajaruvchining faoliyat tarzi, yo’sini.
3. Kishi tana a’zolarining ma’lum bir ma’no, mazmunni ifodalovchi harakat-holati.
4. Biror ishga kirishish, biror narsa qilishga urinish; intilish, tirishish.
5. Payida bo’lish; taraddud.
6. Xatti-harakat; qiliq.
7. Makonda biror yo’nalish bo’yicha bo’ladigan siljish, yurish va boshqalar.
8. O’sish, rivojlanish.
9. Moddaning yashash usuli, uning umumiy ajralmas xususiyati, moddiy dunyoning o’zgarishi va rivojlanishining to’xtovsiz jarayoni.
10. Ma’lum maqsadga qaratilgan aqliy yoki jismoniy faoliyat; ish, mehnat.
11. Belgili maqsad ko’zda tutilgan ijtimoiy faoliyat. (Masalan, milliy-ozodlik harakati, ishchilar harakati, tajovuzkorlik harakati) 11.
Falsafiy ma’noda harakat – bu ob’ektiv olamdagi moddiy va ma’naviy narsalarning o’zgarishi va boshqa narsaga aylanishini o’zida ifodalovchi umumiy abstratsiya, ya’ni falsafiy kategoriya. Harakat barcha materiya shakllariga xos bo’lgan umumiy xususiyat bo’lsa-da, biroq ularga mos bo’lgan nisbiy tinch – harakatsizlik holati ham mavjud bo’ladi.
Harakatsizlik deganda, odatda harakat qilmaydigan, qimirlamaydigan, qo’zg’almas; bir joyda turib qolgan; biror ish qilishga urinmaydigan, tirishmaydigan; faoliyatsiz, sust, harakatsiz odam; foydalanilmay, ishlatilmay yotgan holatdagi narsalar tushuniladi. Harakatsizlik masalasini chuqurroq tahlil qiladigan bo’lsak, uning harakatlanish momenti, materiyani farqlash shartlaridan biri ekanligini ko’ramiz.
Tinchlik (harakatsizlik) barcha narsalarning nisbiy barqaror ekanligini ifodalaydi. Tinchlik – bu harakatlanish momenti, materiyani farqlash shartidir. Tinchlik – nisbiy, harakat – mutlaq, u materiyaning ajralmas xususiyatidir. Shuning uchun narsalarning mavjud bo’lish usuli nafaqat uning harakatlanishi va rivojlanishida, balki harakatlanish, rivojlanish tashkil etadigan tinchlik holatida ham namoyon bo’ladi.
Har qanday (moddiy yoki ma’naviy) ob’ektning mavjudligi undagi harakat va o’zgarishlar tufayli namoyon bo’ladi. Shu sababli harakat borliqning asosiy mavjudlik usulidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko’rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli – mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning makondagi siljishi deb ta’riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarrachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorug’likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) kimyaviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, ximiyaviy reaktsiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jarayonlar kiradi); 4) biologik harakat (hayotiy jarayonlar); 5) sotsial (yoki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo’lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bog’liq ideal, g’oyaviy, ma’naviy ko’rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir.
Harakat shakllari haqida zamonaviy g’oyalar:
• mexanik harakat barcha fizik jarayonlarning asosi emas;
• fizik va biologik harakatlarning yangi shakllari ochish;
• harakatning ijtimoiy shaklini kosmik hodisa sifatida qarash.
O’tgan yuz yil mobaynida fan mikro va megaolamda harakatning ko’p yangi shakllarini kashf etdi: elementar zarralarning harakati va bir holatdan ikkinchi holatga aylanishi, atom yadrolardagi, yulduzlardagi, moddaning o’ta zich holatlaridagi jarayonlar, Metagalaktikaning kengayishi va hokazo.
Hozirgi vaqtda harakatning asosiy shakllaridan avvalo shundaylarini ajratib ko’rsatish mumkinki, bu shakllar materiyaning ma’lum bo’lgan barcha makoni miqyoslarida va struktur darajalarida yuz beradi Bu shakllarga quyidagilar kiradi: 1) makonda o’rin almashtirish — atomlar, molekulalar, makroskopik va kosmik jismlarning mexanik harakati; elektromagnit va gravitatsion to’lqinlarning tarqalishi (traektoriyasiz tarqalishi); elementar zarralarning harakati; 2) elektromagnit o’zaro ta’sir; 3) gravitatsion o’zaro ta’sir (tortilish).
So’ngra harakat shakllarining shundaylarini ajratib ko’rsatmoq zarurki, bu shakllar jonsiz tabiatda, tirik tabiatda va jamiyatda, muayyan struktur darajalardagina yuz beradi.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling