Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot


Download 380.61 Kb.
bet20/29
Sana18.06.2023
Hajmi380.61 Kb.
#1562610
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA

7. Makon va zamon. Tevarak-atrofimizdagi predmetlarning hammasi muayyan hajmlarga, turli yo’nalishlardagi ko’lamga egadir, ular bir-biriga nisbatan o’rin almashtirib turadilar. Xuddi shuningdek, barcha ob’ektlar muayyan vaqt oralig’ida paydo bo’lib, o’zgarib turadilar. Demak,ular muayyan vaqt oralig’ida biron-bir makonda ketma-ket joylashgan bo’ladi.
Makon va zamon barcha moddiy tizimlar va jarayonlar borlig’ining umumiy shakllaridir. Makon va zamondan tashqarida turuvchi ob’ekt yo’q, shuningdek, harakat qiluvchi materiyadan tashqarida, o’z-o’zicha bo’ladigan makon va zamon ham yo’q.
Zamon – vaqt. Vaqt borliqning asosiy yashash shakllaridan biri bo’lib, hodisalarning ketma-ket ro’y berishi va izchilligi tartibini, davomiyligini ifodalaydi. Vaqt tushunchasi forsiy til ta’sirida yozilgan falsafiy adabiyotlarda zamon deb ham atalgan. Vaqtning asosiy xususiyatlariga davomiylik, bir jinslilik, anizotroplik (bir xil bo’lmagan yo’nalish), bir o’lchamlilik, orqaga qaytmaslik, kompaktlilik, chiziqli tartiblanganlik kabilar kiradi. Biror ob’ektdagi vaqtning o’tishi shu ob’ektning harakatlanish tezligiga hamda ob’ektni tashkil etuvchi moddalar zichligiga bog’liq. Ob’ekt qanchalik katta tezlikda harakatlansa, unda vaqtning o’tishi nisbatan tinch turgan ob’ektlarga qaraganda shunchalik sekin kechadi. Ob’ektni tashkil etuvchi modda zichligi ham qanchalik katta bo’lsa, unda vaqt shu qadar sekin o’tadi. Bu munosabat xususiy va umumiy nisbiylik nazariyasi xulosalaridan kelib chiqadi.
Falsafada vaqtning mohiyatiga ikki xil yondashish va unga nisbatan ikki xil kontseptsiya mavjud. Ular: substantsional va relyatsion yondashish, dinamik va statik kontseptsiyalardir. Substantsional yondashish zamirida vaqtni alohida substantsiya, deb qarash yotadi. Bu yondashish bo’yicha vaqt azaliy va mustaqil substantsiya, unda hodisalar bo’lib o’tadi. Relyatsion yondashuv bo’yicha vaqt jarayonlar o’lchovi, uni jarayondan ajratib bo’lmaydi. Dinamik kontseptsiya bo’yicha hodisalar birin-ketin, dinamik ketma-ketlikda ro’y beradi Vaqtning faqat hozirgi zamoni mavjud. O’tmish bo’lib o’tgan, kelajak esa hali bo’lmagan. Statik konseptsiya bo’yicha vaqtning barcha lahzalari mavjuddir. Biz unda o’tmish yoki kelajakka qarab siljiymiz. Hodisalar ilgari yoki keyin ro’y bergani bilangina bir-biridan farq qiladi. Masalan, ota o’g’ildan ilgari tug’ilgan. Nevara o’g’ildan keyin tug’ilgan va h.k. Vaqt turli tizimlarda turlicha namoyon bo’ladi. Shu sababli fizikaviy, kimyoviy, biologik, geologik, psixologik va ijtimoiy vaqtlarni bir-biridan farqlash lozim12.

Download 380.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling