Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot
Download 380.61 Kb.
|
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Qisqacha xulosalar
1. Falsafa mustaqil ilm sohasi sifatida o’ziga xos bo’lgan ko’pdan-ko’p g’oyalar, nazariyalar, kontseptsiyalar, ilmiy-amaliy ishlanmalardan tashkil topgan bo’lib, shulardan biri borliq to’g’risidagi xilma-xil g’oya va kontseptsiyalarni o’z ichiga oluvchi umum metodologik fan hisoblanadi. 2. Borliqning mavjudlik va reallik shakllarida namoyon bo’lishini barcha faylasuflar tan olishgan. Biroq uning yaratuvchisi, birinchi ibtidosi haqidagi masalani yechishda hozirgacha bahs-munozaralar davom etmoqda. 3. Vaqt sayin borliqning turli qirralari ochilib bormoqda. Ana shu ochilgan, ochilayotgan, kelgusida ochiladigan tomonlarini ontologiya – borliq haqidagi ta’limot sifatida o’rganmoqda. Natijada har bir fan o’zining tadqiqot ob’ektini, bahs mavzusini,erishgan natijasini, masalan, ”tibbiyot ontologiyasi”, “gen ontologiyasi”, ”informatika ontologiyasi” kabilar sifatida o’rganmoqda. 4. Ontologiya – borliq haqida ta’limot bo’lsa,borliq – mavjulik va reallik shaklidagi narsa, voqea, hodisa va jarayonlardan iborat bo’lgan moddiy va ma’naviy olamning sintezlashgan ko’rinishidir. 5. Borliqning barcha shakllari tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar tomonidan tizimli ravishda o’rganilib, odamni hayron qoldiradigan haratomuz tomonlari ochilmoqda. Ulardan esa yangi texnika va texnologiyalarni yaratish yo’lida foydalanilmoqda. Tayanch tushunchalar Ontologiya, borliq va uning asosiy shakllari, yo’qlik, mavjudlik, reallik, harakat va uning asosiy shakllari, makon va zamon materiyaning yashash usuli sifatida, rivojlanish, taraqqiyot, voqelik, ob’ektiv voqelik, sub’ektiv voqelik, ob’ektiv reallik, substantsiya, tabiat, geografik muhit, geografik determinizm, biosfera, noosfera, geoiqtisodiyot. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Borliqning qanday shakllarini bilasiz? 3. Falsafada substantsiya va substrat masalasi qanday ahamiyatga ega? 4. Materiya nima, uning yashash usullarini nimalar tashkil qiladi. 5. Falsafada harakat va materiyaning bir-biriga bog’liqligi qanday? 6. Tabiat, jonli va jonsiz tabiat deganda nimani tushunasiz? 7. Biosfera va noosfera nima? 8. Tabiat, uning tuzilishi va rivojlanishi. 9. Tabiat va jamiyat, ularning uzaro aloqasi. 10. Yerdagi hayot va biosotsial evolyutsiya. 11. Tabiatni falsafiy tushunishning ahamiyati va ekologik tarbiya. 12.”Kambag’allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko’paytirishda eng tez natija beruvchi omil bu – qishloq xo’jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirishdir. ... Buning uchun qishloq xo’jaligiga eng ilg’or texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug’chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozim”27, degan so’zlarning tabaitdan qanday foydalanish kerakligi, shuningdek, biosfera va noosfera o’rtasidagi umumiy aloqadorlik borligi yoki yo’qligi haqida o’z mulohozalaringizni bildiring. 1 Genezis [yunoncha genezis – kelib chiqish,yuzaga kelish] Kelib chiqish,paydo bo’lish tarixi. 2 Download 380.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling