Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot
Download 380.61 Kb.
|
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA
Geoiqtisodiyot (grekcha geo - Yer, iqtisod - arab. xo’jalik, tejab- tergash) - muayyan bir elat, millat, xalq va davlatning geografik o’rni, hududiy joylashuvi, suvereniteti, iqtisodiy mustaqilligi, mulkdorlarning tadbirkorligi, kommunikatsion imkoniyatlari hamda iqtisodiy salohiyati darajalariga qarab o’zga elat, millat, xalq va davlatlar bilan integratsiyalashuvi negizida daromad topish, foyda ko’rish maqsadida yuritayotgan iqtisodiy faoliyatidir.
Bugungi kunda geoiqtisodiyot geografik determinizmning eng ko’p qo’llanishi mumkin bo’lgan turlaridan biriga kiradi. Geografik determinizmda geografik muhim ahamiyat kasb etadi. Geografik muhit – bu tabiatining inson faoliyati doirasiga jalb qilingan, jamiyat mavjudligi va rivojlanishining zaruriy ob’ektiv omili hisoblangan hudud, iqlim, resurslar, landshaft, joy relefi va shu kabi parametrlardan iborat bo’lgan qismidir. Geografik muhitdan foydalanishning asosiy yo’nalishlari, birinchidan, undan qanday bo’lsa shundayligicha, ikkinchidan, mavjud parametrlarini o’zgartirish, uchinchidan, sun’iy parametrlarni paydo qilish orqali foydalanish tashkil qiladi. Bu masalalar bilan shug’ullanuvchi “geografik determinizm”, ”geosiyosat”, ”geoiqtisodiyot” kabi kontseptsiyalarni o’z ichiga oluvchi bir qator geografik maktablar mavjud bo’lgan. Masalan, Ibn Xaldunning geografik maktabi shular jumlasidandir. Geografik muhit deganda tor ma’noda o’ziga tabiatning jamiyat hayotiga, avvalambor, ishlab chiqarish jarayoni amalga oshadigan qismini o’zida mujassamlashtirgan muhit tushuniladi. O’rab turgan muhitni kengroq ma’noda tushuntirish uchun xilma-xil tushunchalar taklif etilgan va etilmoqda: “biogeosfera”, “geobiosfera”, “vitasfera” (lotin tilida “vita” — hayot), “ekosfera”, “landshaft sfera” va boshqalar. Biz inson xohishi va ongiga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv ravishda mavjud bo’ladigan va unga nisbatan birlamchi deb hisoblangan “birinchi tabiat” tushunchasini qo’llaymiz. Shunga ko’ra, “ikkinchi tabiatni” yaratuvchi - inson o’z qo’li bilan yaratgan sun’iy muhit tashkil qiladi. Tabiiylik va ijtimoiylikning o’zaro ta’siri. “Sun’iy tabiat” inson yaratgan barcha narsani o’z ichiga oladi: mehnat qurollari, maishiy buyumlar, qurilishlar, sa’nat asarlari. So’zsiz, “sun’iy tabiat” “tabiiy tabiat” bilan uzviy bog’langan: insonning mehnat jarayonida tabiiy boyliklar va ashyolar zarur narsalarga aylantiriladi, hayvonlar uy hayvoniga, o’simliklar esa madaniy boylikka aylantiriladi va boshqalar. Inson o’zining faol hayotiy jarayonida “sun’iy tabiat”ni, ya’ni su’niy muhitning hajmini ko’paytira boradi, bu esa har doim ham “tabiiy tabiat”ga, insonga va jamiyatga foydali boiavermaydi. Sitseron o’z vaqtida aytgan edi: “Tabiatning yaratuvchanligi san’at yaratuvchanligidan oliyroqdir”. Insoniyatga 370 ming xil o’simlik turi ma’lum, undan 80 ming xilini iste’mol qilish mumkin, o’zlashtirilgani esa 3 ming (1% dan kam), bulardan esa juda ko’p qismi unchalik keng tarqalmagan. O’simliklardan bor-yo’g’i 12 turi (bug’doy, guruch, makkajo’xori va boshqalar)lar barcha hosilning 90%ini beradi Xuddi shunday holatni hayvonot olamida ham kuzatish mumkin. Bizga ma’lum bir million turdan 100 turigina (ya’ni 0,1%) uy hayvoniga aylantirilgan, ulardan faqat 10 turdagi hayvon esa (sigir, qo’y, tovuq va boshqalar) mahsulot beradi Zamonaviy ilmiy bilish taraqqiyoti darajasi tirik mavjudotni barcha xususiyatlariga ko’ra ikki muhim gumhga ajratishga imkon beradi: a) tirik mavjudotning tashqi dunyo narsalarini o’z manfaatiga moslagan holda o’zgartirib o’zlashtirishi; b) tirik mavjudotning turli xususiyat va sifatlami o’zlashtirish va mustahkamlash qobiliyati . Insonning paydo bo’lishi tabiatga ta’sir ko’rsatishning yangi antropogen faktorining shakllanishiga olib keldi. Inson va jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ularning ahamiyati va roli bir xil bo’lavermadi. Jumladan, “inson paydo bo’lishining dastlabki davrlarida o’zini boshqa tirik mavjudotlardan alohida ajratmas edi. U o’zini barcha boshqa organik dunyo bilan genetik va uzviy bog’liq deb bilar edi”23 . Inson rivojlangan sari uning madaniyati ham murakkablashib, ishlab chiqarishi tezlashib, yashash faoliyati jarayoni “sun’iylashib” bordi. U tabiatdan, tabiiy muhitdan borgan sari uzoqlashib bordi. Lekin bu bugungi taraqqiyot davrida tabiat va jamiyatning o’zaro aloqasi va ta’siri o’z dolzarbligi va ahamiyatini yo’qotdi degani emas. Bugungi kunda bu aloqalar faqat boshqacha tus olgan: inson tabiiy faktorlarga butunlay bog’liq emas, aksincha, cheklangan, himoyalanmagan tabiat aql va ongga nisbatan kuch va qudrati ancha takomillashgan insonga ko’p jihatdan qaramdir. Ilmiy texnika inqilobi asrida sotsioantropogen faktorlarining, yadro energiyasi, kosmos va kompyuterlashtirishning tabiiy muhitga ta’siri o’z mashtabiga ko’ra tabiatning o’zining tabiiy faktorlarining ta’siri bilan solishtirish mumkin: jamiyat yaratgan “texnomassa” hajmini tabiat yaratadigan biomassa hajmi bilan qiyoslash mumkin. Bulardan tashqari, sun’iiy radiatsiya, “ozon teshiklari”, ko’pgina tabiiy elementlar sonining butunlay o’zgarishi, tabiatda ma’lum bo’lmagan yangi narsalari sintez qilish va boshqalarni ko’zda tutish kerak. Shunday qilib, tabiiy tarix (tabiat tarixi) borgan sari jamiyat va inson taraqqiyoti tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib ketmoqda. Download 380.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling