Borliq falsafasi –ontologiya borliq haqidagi falsafiy ta’limot
Tabiatning jamiyat hayotidagi o’rni
Download 380.61 Kb.
|
BORLIQ FALSAFASI –ONTOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Geografik determinizm.
- Geoiqtisodiyot.
6.Tabiatning jamiyat hayotidagi o’rni
Jamiyat hayotida, uni o’rab turgan tabiiy borliqning ahamiyati va mohiyatining muhimligi faylasuflar tomonidan allaqachon isbotlab berilgan. Jamiyat hayotida tabiatning roli haqida Lao-tszi, Konfutsiy, Demokrit, Gippokrat, Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Xaldun, Jan Boden va boshqa faylasuflar juda ko’p gapirganlar va yozganlar. Lao-tszi yozgan edi: “Inson uchun namuna – Yerdir. Yer uchun namuna – osmondir. Osmon uchun namuna yo’ldir (Dao)”. Jan Boden ta’kidlashicha, xususan, jamiyat inson xohishidan tashqarida tabiiy ravishda tabiat qonunlariga bo’ysungan holda shakllanadi va rivojlanadi. 1. Geografik determinizm. Geografik determinizmning nazariy asosi va bunyodga kelishi frantsuz faylasufi Sharl Monteskyo (1689-1755) nomi bilan bog’liq. U shunday deb yozgan edi: “Iqlim hukumronligi barcha hukmronlikdan ustundir”, “issiq iqlim xalqlari qariyalardek sust, sovuq iqlim xalqlari esa yoshlardek harakatchandir” va hokazo. Biroq u vaqt o’tishi bilan ijtimoiy faktrlarning ta’siri kuchayishini ham inkor etmagan: “Yovvoyilarni deyarli har doim tabiat va iqlim boshqaradi”, lekin “odamlar mehnat va foydali qonunlar yordamida Yerni yashash uchun yana ham qulay qilib olganlar” . Geografik determinizm K. Ritter, F. Ratsel, G.E. Reklyn, L. Mechnikov boshqa nemis tadqiqotchilari izlanishlarida yanada rivojlantirildi. Masalan, T.G.Bokl (1821-1862)ning takidlashicha, agar biz qaysi bir fizik detallar insoniyatga eng kuchli ta’sir ko’rsatishini aniqlamoqchi bo’lsak, ularni biz quyidagi to’rt guruhga ajratishimiz qiyin emas, ya’ni: iqlim, ovqat, Yer va tabiatning umumiy ko’rinishlari. L. Mechnikov o’zining “Sivilizatsiya va buyuk tarixiy daryolar” nomli mashhur kitobida insoniyat tarixini uch turdagi sivilizatsiyaning almashinuvi natijasi deb isbotlagan: 1) daryolar sivilizatsiyasi ( Nil, Gang, Ind, Yanszi, Xuanxe, Tigr, Yevfrat kabi daryo havzalarining shakllanishi bilan bog’liq); 2) dengiz (avvalambor O’rta Yer dengizi) sivilizatsiyasi; 3) okeanlar (global) sivilizatsiyasi. Geoiqtisodiyot. Geografik determinizmning zamonaviy ko’rinishlaridan biri bu geoiqtisodiyotdir. Xo’sh, geoiqtisodiyot nima, uning kelib chiqish sabablari, mohiyati, mazmuni, maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Geoiqtisodiyot tushunchasini birinchilar qatorida qo’llagan kishi o’tgan XX asrning 80-yillarida AQShning Davlat departamenti va Milliy xavfsizlik kengashida maslahatchi bo’lib ishlagan Edvard Lyuttvak hisoblanadi. U o’zining mazkur tashkilotlar uchun tayyorlagan axborotlari va yozgan kitoblarida «Amerika orzusi xavf ostida: iqtisodiy ustunlik uchun bo’layotgan geoiqtisodiy bellashuvda AQSh g’olib kelishi va uchinchi davlatlar qatoriga tushib qolmasligi uchun nima qilmoq kerak?»18, degan masalalarga to’xtalib, «Geoiqtisodiyot – bu xalqaro bellashuvda davlatlar o’rtasida bo’ladigan raqobat bo’lib, unda davlat o’zining kompaniya va boshqa xo’jalik birlashmalari uchun jahondagi o’zga kompaniyalarga nisbatan maksimal ustunlikni ta’minlaydi»19, degan edi. Shunday qilib, «geoiqtisodiyot» atamasi yangi bir iqtisodiy voqelikning in’ikosi sifatida muomalaga kiritilar ekan, jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan turlicha talqin etila boshlandi. Masalan, XX asrning oxirlarida geopolitikaning yangi bir oqimi sifatida paydo bo’lgan, geoiqtisodiyotga «hotoesopomisus va makon omillarining tovarlarni ishlab chiqarish va taqsimlash sohasiga ta’sir etishi, iqtisodiy faoliyatni yanada kengaytirish uchun iqtisodiy makonlardan foydalanish»20, »...jahonda daromadni shakllantirish va qayta taqsimlashga erishish maqsadida millatning geoiqtisodiy makonda milliy jihatdan o’zini o’nglab olish uchun tezkor harakatlarni amalga oshirish texnikasi» , «davlatning jahon yoki mintaqada iqtisodiy yo’l bilan ustunlikka erishishning strategik rivojlanishi haqidagi fan. Geoiqtisodiy globalizatsiya va regionalizatsiya omillari ta’sirida shakllanayotgan hozirgi zamon geosiyosati»21, «...jahon miqyosida turli qit’a, mintaqa va davlatlar iqtisodiyotining integratsiyalashuvi negizida shakllanayotgan yagona iqtisodiy tizim, iqtisodiy makon»22 , degan ta’rif va tavsiflar berildi. Geoiqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida mavjudligini ta’minlovchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1. Geoiqtisodiyot elat, millat, xalq va davlatlarning geografik joylashuvi, Yer osti va usti boyliklari, tabiiy-iqlim sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Bunda qaysi bir davlat geografik jihatdan qulay joylashgan, Yer osti va usti boyliklari ko’p va xilma-xil, tabiiy iqlim sharoiti yaxshi bo’lsa, o’sha davlat geoiqtisodiy jarayonlarda ustunlikka ega bo’lib, shakllanayotgan yangi geoiqtisodiy makonlarning markaziy tortish kuchiga aylana boradi. 2. Geoiqtisodiyot har bir davlatning suverenitetiga, iqtisodiy mustaqilligiga bog’liq ijtimoiy-siyosiy jarayonlar qatoriga kiradi. Iqtisodiy mustaqilligini to’la-to’kis qo’lga kiritib, xilma-xil mulk shakllarining huquqiy tengligini ta’minlash asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tgan davlatlargina geoiqtisodiy jarayonlarda har tomonlamaishtirok etib, undan yetarlicha foyda ko’rish, iqtisodiy daromaddan o’z ulushini ajratib olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. 3. Geoiqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri mulkdorlar sinfi hisoblanadi. Ana shu mulkdorlar sinfining tadbirkorlik, ishbilarmonlik, omilkorlik faoliyati butun boshli elat, millat, xalq va davlatlarning iqtisodiy ehtiyoj va manfaatlarini qondirish uchun geoiqtisodiy jarayonlarning ishtirokchisiga aylanishga undaydi va ularning geoiqtisodiy makonlardan joy izlab topishiga olib keladi 4. Geoiqtisodiyot har bir davlatning iqtisodiy salohiyatiga: tovarlarni ishlab chiqarish texnologiyasi, ularning turlari, raqobatbardoshligi, xaridorgirligi, miqdori va hajmi; ichki bozorlar mamlakatning o’zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to’ldirilganligi; kommunikatsiya tarmoqlarining sifati; logistikasi; banklardagi kapitalning miqdori va harakati; aholining bandlik darajasi va real pul daromadlari kabilarga asoslanadi. Ushbu ko’rsatkichlar qanchalik yuqori bo’lsa, mamlakatdagi geoiqtisodiy vaziyat ham shunchalik turg’un va barqaror bo’ladi. 5. Geoiqtisodiyot har bir elat, millat, xalq va davlatning iqtisodiy integratsiyalashuv darajasiga bog’liq. Bunday integratsiyalashuv bo’lmagan joyda geoiqtisodiyot mavjud bo’lolmaydi. Geoiqtisodiyotning mavjudligini ta’minlovchi ushbu omillardan kelib chiqqan holda unga ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida quyidagicha ta’rif berish mumkin. Download 380.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling