Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


Ilonizisimon borona (a) va tezkor borona (b) tishlarini ramaga joylashtirish


Download 0.9 Mb.
bet15/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

Ilonizisimon borona (a) va tezkor borona (b) tishlarini ramaga joylashtirish.
Doim m=k+k1. O't bosgan, serkesak maydonlar uchun m=7. Bu holda k=2, 3, 4 va 5; к1=5, 4, 3 va 2. Barcha hollarda ham m=k+k1=7. Bunda k=t/b; k1=t1/b; t va t1 - vintsimon yo'llar qadami.
Ko'ndalang qatordagi tishlar orasi b=mb0 va o'lcham c aniqlanadi. Odatda c=b olinadi. Kesak va o'tlarning to'kilmasligi uchun ba'zan o'rtadagi ko'ndalang plankalar orasi c chetki plankalar orasi c1 ga nisbatan bir oz kattaroq olinadi.
Vint (tsilindr) aylanasining uzunligi nd=cm vertikal chiziq bo'ylab olib qo'yiladi, m (rasmda m=5) qismga bo'linadi. 1,2-(m+1) nuqtalardan parallel chiziqlar o'tkaziladi. 1- gorizontal chiziqda biror A nuqtadan chapga yo'nalgan vint yo'lining qadami t olib qo'yiladi. Ko'ndalang qatorda tishlar o'rni belgilanadi. C nuqtadan perpendikulyar o'tkazilib, yuqorigi m+1 chiziq bilan kesishtiriladi. AB to'g'ri chizig'i chapga yo'nalgan vintsimon chiziqning vertikal tekislikdagi yoymasi bo'ladi. AB ga har b masofada o'tkazilgan parallel chiziqlar chap yo'llar yoymasini bildiradi.
B nuqtadan o'ng tomonga t1=k1b qadam olib qo'yiladi. CD kesma va unga parallel chiziqlar o'ng tomonga yo'nalgan vintsimon chiziqlar yoymasi bo'ladi. C va D nuqtalardan o'tgan chap yoymalar borona ramasining bo'ylama chegarasi bo'ladi. Shu chegara ichida o'ng va chap yoymalarning plankalar bilan kesishgan nuqtalari tishlari o'rni bo'ladi. m + 1 ko'ndalang chiziq doira 1 - ko'ndalang chiziq ustiga tushadi, shuning uchun unda tishlar o'rni belgilanmaydi. Borona ramasining qiyofasini chizish uchun chetki qisqa kesimlar chapga yo'nalgan yoymalarda, markaziy uzun kesmalar esa o'ng tomonga yo'nalgan yoymalarda belgilanadi.
Chetki ko'ndalang plankalar orasi, ya'ni borona uzunligi
L = [(c1+c)/2~\(m - 1), (57)
bu yerda og'ir boronalar uchun c=300 mm; c1=c+150 mm; o'rtacha va yengil boronalar uchun c=250 mm va 200 mm, c1=c+100 mm.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling