Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


Download 0.9 Mb.
bet12/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

Boronasimon g'altak (71e-rasm) vintsimon chiziq bo'yicha joylashgan tishlar bilan jihozlangan tsilindr ko'rinishida bo'ladi. G'altakning massasi ta'sirida tuproq zichlashadi, tishlar esa uni yuza qatlamini yumshatadi va qatqaloqni parchalaydi. G'altakning diametri 160 mm, uzunligi 650 mm, tishning diametri 16 mm, uzunligi 30 mm.
Xivichli yoki panjarasimon g'altaklar disklarga yoki chambaraklarga berkitilgan dumaloq xivichlar yoki uchburchak (ugolnik) temirdan yasaladi. Ular kesaklarni maydalash va tuproqni zichlash uchun xizmat qiladi. G'altakning ichiga tushgan kesaklar uni aylanishi natijasida parchalanadi va tushadi.
G'altaklar ekish va ko'chat o'tqazish mashinalarida ham tuproqni tekislash va zichlash uchun keng qo'llaniladi.
G'ildiraklar qattiq gardishli (tegarchakli) va pnevmatik shinali (rezina gardishli) yetaklovchi va yetaklanuvchi bo'ladi. Mashina harakatlanganda faqat tayanch vazifasini bajaradigan g'ildiraklar yetaklanuvchi deb ataladi. Bunday g'ildiraklarni dumalashi tortish kuchi yoki g'ildirak o'qiga qo'yilgan itaruvchi kuch ta'sirida yuzaga keladi. Ba'zida etaklanuvchi g'ildirak mashinaning ishchi va yordamchi organlariga harakat berish uchun ham qo'llaniladi. Yetaklovchi g'ildirak aylantiruvchi momentni quvvat manbaidan (dvigateldan) oladi.
Qattiq gardishli g'ildirak qavariq, botiq va to'g'ri chiziqli shaklda bo'lishi mumkin. Qavariq gardishli g'ildirak ponaga o'xshash tuproqqa ta'sir qiladi va katta chuqurlikka botadi. Eng kichik iz (koleya) gardishning shakli botiq bo'lganda yuzaga keladi, ammo bunda tuproqni g'ildirakka yopishishi bartaraf qilinmaydi.



G'altaklar.
a - halqali tepkili uch seksiyali g'altak 3KKSh-6; b - halqali-tishli g'altak KKN-2,8; v -osma boronasimon g'altak KBN-3; g - tekis suv solinadigan g'altak 3 KVG-1,4; 1, 5 - o'qlar; 2 -disklar; 3, 6 - ballast qutilari; 4, 7 -halqalar.
Pnevmatik shinali g'ildiraklar eng ko'p tarqalgan, ularning ko'pchiligi past bosimli - 85-250 Pa. Qattiq gardishli g'ildiraklarga nisbatan tuproqqa kichik solishtirma bosimi tufayli ular ta'sirida tuproq kam zichlashadi va dumalanishga qarshilik kichik bo'ladi. Undan tashqari ular amortizator vazifasini bajarib turtki va zarbalarni yumshatadi va harakat tezligini oshirishga imkon beradi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling