Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


Download 0.9 Mb.
bet13/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

Tayanch iboralar
Tishli borona, diskli borona, yengil, o'rta va og'ir borona, ko'ndalang kesim, tishni ramaga berkitish turi, panjasimon borona, to'rsimon borona, prujinasimon borona, shleyfli borona, dalabop, bog'bon va botqoqbop diskli borona, dalabop va botqoqbop g'altak, tekis tsilindrik, tekis chiviqli, halqali, boronasimon va xivichli g'altak.
Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi
Tishli boronalarning asosiy parametrlari
Tishli boronalarning tekis ishlashi (ishlov berish chuqurligining barqa-rorligi) ularning tishlarini uzunligiga bog'liq. Tish qancha uzun bo'lsa, boronaning ish davomida muvozanatligi shuncha kamroq bo'ladi. Uzun tishlarda, ya'ni tuproq yuzasi ustida rama past joylashganda boronalar tez tiqiladi. Amalda tishlarning uzunligini quyidagicha aniqlash tavsiya qilinadi:

Borona tishlari.
a - kvadrat kesimli; b - doira kesimli; v,g,d - to'rsimon boronaning tishlari; e - o'toq qiladigan boronaning prujinasimon tishlari; j - o'tloq boronaning pichoqsimon tishi.
Og'ir boronalar uchun h = 16 mm, l = 195 mm; o'rtalari uchun - h=16 mm, l =170 mm (73a-rasm), yengillari uchun d=14 mm, l= 100 mm. To'rsimon boronalarning tishlari prujinasimon simdan yasaladi: d=8-10 mm va l= 180-210 mm (73e-rasm).
Boronaning tishini o'rnatilishi uning qirrasini yotiq tekislik bilan hosil qiladigan burchak a bilan tavsiflanadi. Tishning tuproqqa ta'sir xarakteri bu burchakning qiymatiga bog'liq.
Agar a=n/2 bo'lsa (73a-rasm) qirra tuproq agregatiga tezlikning yo'nalishi bilan to'g'ri keladigan normal kuch R=N bilan ta'sir qiladi. Bunda tuproqni yumshatilishi uning nam qatlamlarini yuzaga chiqarmasdan amalga oshiriladi, tish tuproqqa boronaning massasidan keladigan og'irlik kuchi Pt ta'sirida botadi.

Agar a (74v-rasm) bo'lsa, unda R kuchi gorizontdan yuqoriga og'gan va uning ta'sirida tuproq kesakchasi pastki qatlamlardan yuqoriga siljiydi. Tuproq reaksiyasining tik tashkil qiluvchi kuchi esa pastga yo'nalgan bo'lib, chuqurlashtiradigan kuch Qchuq=Pt+Rb ni va ishlov chuqurligini oshishiga olib keladi. Bunda begona o'tlar va o'simlik qoldiqlari yuzaga ko'tarilib, rama ostiga yig'iladi. Bunday holatda ularni borona tishlaridan ajratish kerak. Buning uchun ba'zi bir boronalarda vaqti-vaqti bilan tishlar orqaga qiya qilinadi yoki burilish yo'laklarida ko'tariladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling