Bosh ilmiy metodik markazi


Oliy ta’lim muassasalari modulli o‘qitish tizimiga o‘tishining asosiy sababi nimada?


Download 2.48 Mb.
bet11/25
Sana27.10.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1726985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
ISH OXIRGISI Oktyabr oyiga18.10.2023

Oliy ta’lim muassasalari modulli o‘qitish tizimiga o‘tishining asosiy sababi nimada? Modulli o‘qitish, kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama bajarish imkoniyatlapini yaratadi:

  • modul - faoliyatlik yondashuvi asosida o‘qitish mazmunini maqbullash va tizim­lash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlash;

  • o‘qitishni individuallashtirish iborat buladi;

  • amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorigini nazorat qilish;

  • kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o‘qitish jarayonini faol­lashtirish, mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlapini to‘la ro‘yobga chiqarish.

O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari namoyon bo‘ladi:- fanlar, ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligi ta’minlanadi; -xar bir modul ishida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining metodik jixatdan asoslangan muvofiqligi o‘rgatiladi; -fanning modulli tuzilish tarkibining moslashuvchanligi;
-talabalar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (xar qaysi moduldan so‘ng) qilinishi;-talabalarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng, o‘qituvchi ayrim talabalarga fanni individual o‘zlashtirishni tavsiya etishi mumkin);-informatsiyani «siqib» berish natijasida, o‘qishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqtida tarkibini, ma’ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashgulotlar, individual va mustaqil ishlar ushun ajratilgan soatlarni optimallashtirish.
Buning natijasida, talaba yetarli bilimlarga ham, ko‘nikmaga ham, o‘quvga ham ega bo‘ladi.
4- rasm
O‘qitish modulining bloklari3



Modulning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
1. Modulning nomi.
2. Modulni o‘zlashtirishdan maqsad.
3. Modul bilan ishlash ushun metodik tavsiyalar.
4. Nazariy axborot banki va tayanch tushunchalar.
5. Seminar, amaliy va labarotoriya ishlarining mazmuni, topshiriqlar va ularni bajarishga yordam beruvchi tavsiyalar.
6. Joriy nazorat topshiriqlari.
7. Individual holda bajariladigan mustaqil topshiriqlar.
8. Yozma nazorat variantlari.
9. O‘z-o‘zini tekshirish ushun savollar.
10. Talaba yig‘ishi mumkin bo‘lgan reyting ballari.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida bilim berib borish, talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash ta’lim sifati va natijadorligini oshirishga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Ta’lim tizimiga kiritilayotgan har qanday innovatsiya axborot va metodik ta’minotning mavjudligini ko‘zda tutadi. Shu sababli, oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga innovatsiya kiritishda ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlili qilish va umumlashtirish hamda pedagogik-psixologik fanlarning yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish orqali o‘quv jarayonlari mazmuni va metodlarini takomillashtirish muhim yo‘nalishlardan sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentabrdagi “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5544-sonli Farmonida ta’kidlanidek, “Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi”4.


5- rasm
Tadbirkorlik universitetlariga o‘tish ushun anchagina o‘zgarishlar kerak bo‘ladi(rasm). Buning uchun avvalo Oliy talimda faol ma’rifiy targ‘ibotlarni amalga oshirish kerak bo‘lib, bu boradagi xarakat: innovatsion faoliyat muvaffaqiyati rahbariyat va universitet jamoasining yangi rivojlanishlarni anglashi va qabul qilishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi.


Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling