Bosh qomusimiz


Download 27.87 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi27.87 Kb.
#1016174
1   2   3   4   5
Bog'liq
Konstitutsiya-baxtimiz-qomusi

1-o`quvchi:
-Bolalar huquqlari to`g`risidagi qonunlarni o`zida mujassamlashtirgan xalqaro hujjatlar ham bor. 1989-yil 20-noyabr BMT Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilingan. “Bolalar huquqlari to`g`risida“gi konversiya ana shunday hujjat hisoblanadi.
2-o`quvchi:
-Darhaqiqat ushbu konversiya 1990-yil 2-sentabr kuchga kirgan. O`zbekiston Respublikasi unga 1992-yil 9-dekabrda ya`ni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning ertasigayoq qo`shilgan.
3-o`quvchi:
-“Bola huquqlari to`g`risida”gi konversiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega, uning asosiy maqsadi biz – bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat.
4-o`quvchi:
-Bir so`z bilan aytganda bu konversiyani o`ziga xos “Bolalar Konstitutsiyasi“ deb ham hisoblash mumkin. Chunki unda bolalar huquqlari va erkinliklari kafolatlangan, burchlari ifodalangan.

O`quvchi qizlar tomonidan raqs ijro etiladi.




1-boshlovchi:
-Darhaqiqat “Bola huquqlari to`g`risida“gi bu konversiyani chindan ham
Bolalar Konstitutsiyasi”ga qiyoslash mumkin. Konstitutsiyaga amal qilish esa vatanparvarlikdan dalolat beradi. Zero, unda Vatan, xalq va millat manfaatlari ifoda etilgan.
2-boshlovchi:-Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov aytganidek: “…har qanday avlatning yuzi, obro`- e`tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir”.
1-boshlovchi:
-Ajib topgan unda buyuk g`oyamiz,
Zabt etmoqni maqsad qilgan qoyamiz.
Berilgan huquq, burch, himoyamiz,
Baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyam.
2-boshlovchi:
-O`zbek elin faxri, ulkan nufuzi,
Asosiy tamoyil, chin, asl yuzi.
Yurakdan bitilgan har satri, so`zi,
Baxtimiz qomusi-Konstitutsiyam.
1-boshlovchi:
-Yo`lchi yulduz tuydik dildan biz uni,
O`rgansak kam, takror – takror har kuni.
Eng xalqchil, muqaddas, davlat qonuni,
Baxtimiz qomusi – Konstitutsiyam.
2-boshlovchi:
Aziz tadbirimiz boshlovchilari! O`zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganinig 19 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan “Qomusimiz – nomusimiz“ deb nomlangan bayram tadbirimiz nihoyalab borayapti. Barchalaringizga tashrifingiz, ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Download 27.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling