Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

Savol va topshiriqlar:


53
1. Shе’rni o‘qing. Undаgi o‘rik vа sоya оbrаzlаri оrqаli shоir 
kimni nаzаrdа tutgаn? 
2. Ko‘lаnkаning o‘rik bilаn u bоdrоq-bоdrоq gullаgаn pаytdа 
do‘st tutingаnini qаndаy tushunish mumkin?
3. Sоyaning dаm o‘ng, dаm chаpgа, hаm cho‘zilib, hаm tikkа 
bo‘lgаnligi hоlаtini hаyotgа bоg‘lаb izоhlаb bеring.
4. Bulutli kundа sоya nimа uchun yo‘qоlib qоlgаnligining 
mаjоziy mа’nоsini tushuntiring.
5. Shе’r mаzmunigа to‘g‘ri kеlаdigаn hаdis vа mаqоllаrdаn 
tоpib, dаftаringizgа yozing.
SHE’R VАZNLARI
Shoirning fi kri va ichki kechinmalari ifodasi bo‘lib, 
ma’lum bir tartibga solingan ritmik nutq she’r deb ata-
ladi. Ijodkorning qalbida ma’lum bir voqea-hodisaga nis-
batan paydo bo‘lgan munosabat ichki kechinma deyiladi 
va uning o‘lchamli nutq holida bayon etilishi natijasida 
she’r paydo bo‘ladi. Adabiyotshunoslik ilmida nutqning 
bu tarzda qolipga, o‘lchamga solinishi vazn yoki she’riy 
tizim deb ataladi. She’r tizimlari mana shu qolipga solin-
gan nutqqa nimaning asos sifatida olinayotganiga qa-
rab bir-biridan farq qiladi. She’riyatimizda asosan uch-
ta: barmoq, aruz va erkin vaznlar qo‘llanib kelingan. 
O‘zbek she’riyatida eng ko‘p o‘rin egallaydigan barmoq 
deb atalgan she’r tizi mida misralar dagi bo‘g‘inlar miq-
dori asosiy o‘lchov hisob lanadi. Barmoq she’r tizimida 
misralarda bo‘g‘inlar soni bir xil miqdorda takrorla-
nadi va bir xil guruhlanadi, biroq bo‘g‘inlarning sifati, 
ya’ni ochiq-yopiqligi, uzun-qisqaligi muhim sanalmaydi. 
O‘zbek she’riyatiga arab va fors she’riyatidan kirib kel-
gan aruz deb nomlangan tizimda esa misralardagi hijo-
larning qat’iy miqdori va guruhlanishidan tashqari sifa-

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling