227
SOG‘INDIM
Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,
Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.
Musofi rman, g‘aribman,
bekas-u ham benavodurman
1
,
Vujudim dardga to‘ldi, emdi darmonimni sog‘indim.
Tilimning
zikri-yu, ko‘nglimni fi kri,
yaxshi farzandim,
Azizim, yolg‘izim, davlatli sultonimni sog‘indim.
Kecha-kunduz yo‘lig‘a muntazirdurman, tikarman ko‘z,
Kelib holim so‘ribon ketsa, mehmonimni sog‘indim.
Nasibin
uzmadi Tangri, ilojin topmag‘ay kelsa,
Onam deb bo‘lg‘usi bag‘ri qizil qonimni sog‘indim.
Qorong‘u bo‘ldi olam ko‘zima ushbu judolikdin,
Ko‘z-u ko‘nglum ziyosi mohi tobonimni sog‘indim.
Mani
bekas Uvaysiy, yig‘lagayman ro‘z-u-shab
2
tinmay,
Uyimning ziynati, ko‘z ravshani, xonimni sog‘indim.
1. She’rdan shoira tarjimayi holi bilan bog‘liq
jihatlarni
to ping. G‘azalda ifodalangan yetakchi fi kr va tuyg‘uni
aniq lang.
2. G‘azaldagi
«gado», «shohi davron» timsollari shoiraning
intizorlik tuyg‘ularini ifodalashga qay darajada хizmat
qi ladi?
3. Shoiraning:
«Vujudim dardga to‘ldi, emdi darmonimni
sog‘indim» tarzidagi anduhida o‘zbek onalariga хos si-
fatlarning qanday ifodalanganligini ko‘rsating.
4. G‘azaldagi:
«Tilimning zikri-yu, ko‘nglimni fi kri, yax-
shi farzandim, Azizim, yolg‘izim, davlatli sultonimni
sog‘indim» baytida sog‘inch iskanjasidagi ayol tuyg‘u-
larini ifodalashda shoira mahoratini ko‘rsatuvchi jihatlar-
ni toping.
1
Bеnavо – baxtsiz, sho‘rpеshona.
2
Ro‘z-u-shab – kun-tun, erta-kеch.
Savol va topshiriqlar: