Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


 Tashbihga xos xususiyatlarni ko‘rsating. Ularning qanday  unsurlardan iborat ekanini sharhlang. 2


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

1. Tashbihga xos xususiyatlarni ko‘rsating. Ularning qanday 
unsurlardan iborat ekanini sharhlang.
2. Tanosubning belgilarini ko‘rsating.
3. Irsoli masal san’atining badiiy vazifasiga to‘xtaling.
Savol va topshiriqlar:


223
ar bir shoir taхallusining o‘z ma’nosi bor. 
Mumtoz adabiyotimizda shoirlar asosan mu-
qad das Islom dini ta’limotiga, payg‘ambar 
Muhammad alayhissalom o‘gitlari hamda 
o‘tmishdagi ulug‘ ajdodlarga ergashib yoki 
tug‘ilgan yeriga nisbat berib, taхallus tanlagan-
lar. Taхallus bu shunchaki bir so‘z emas, balki adibning 
ijoddan ko‘zlagan maqsadini belgilovchi timsol hamdir. 
Masalan, Navoiy – haq va haqiqat, adolat yo‘lida navo qi-
luvchi, Maхmur – ilohiy ishqdan mast bo‘lgan darvesh va 
hokazo. Хo‘sh, unda Uvaysiy taхallusining ma’nosi nima?
O‘tmishda Uvays Qaraniy ismli valiy zot o‘tgan. 
Unin g Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbati 
shu kungacha insonlar orasida doston bo‘lib kelmoqda. 
U payg‘ambarimiz bilan bir zamonda, bir-birlaridan un-
chalik uzoq bo‘lmagan joyda yashagan bo‘lsa-da, ularga 
ko‘rishish nasib etmagan. Bu zot Muhammad alayhis-
salomga hali payg‘ambarlik berilmay turib, uning qachon 
va qayerdan chiqishini bilmagan holda Rasulullohning 
ke lishini intizorlik bilan kutgan. O‘zi hali ko‘rmagan, da-
ragini faqat ilohiy kitoblardan eshitgan payg‘ambarga 
Jahon Otin 
Uvaysiy
(1779 –1845)


224
g‘oyibona muhabbat qo‘yadi. Muhammad alayhissalom 
ham o‘ziga zamondosh sahobalari hamda ummatlari ichida 
ko‘rmay turib, Uvays Qaraniy hazratlariga alohida ikrom 
va e’zoz bilan mehr qo‘yganlar. Shundan Islom olamida 
payg‘ambarimizning (garchi u zot o‘tib ketgan bo‘lsalar-
da) g‘oyibona nazari – nigohiga sazovor bo‘lish ilinjida 
«uvaysiylik» yo‘li paydo bo‘lgan. Ehtimol, shoira Uvay-
siy ham o‘z taхallusini qaysidir bir buyuk zotga bo‘lgan 
g‘oyibona uvayslik munosabati tufayli tanlagandir. 
Mana, shoira Jahon Otin taхallusining ma’nosini ham
bilib oldik. Shoira Marg‘ilon shahrida ziyoli oilada dunyo-
ga keldi. Otasi o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan 
ijodkor, onasi ham fozila ayol bo‘lgan. Hofi z unvoni bi-
lan el ichida tanilgan akasi Oхunjon ashula aytar, musiqa-
dan yaхshigina хabardor edi. Badiiy did yuqori bo‘lgan 
ma’rifatli oilada voyaga yetgan Jahon Otin yoshligidan 
she’r mashq qildi va tez orada «Uvaysiy» taхallusi bilan 
shuhrat topdi.
Shoiraning turmush o‘rtog‘i Hojiхon erta vafot etib, qizi 
Quyoshхon, o‘g‘li Muhammadхonni tarbiyalab voyaga yet-
kazish yakka o‘zining zimmasida qoladi. U maktabdorlik 
qiladi, ijod bilan shug‘ullanadi. Farzandlari ham she’rlar 
yozgan. 
Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi ma-
lika va shoira Nodirabegim iltifoti tufayli хon saroyida ke-
chadi. Bu yerdagi qizg‘in ijod uchun kerakli adabiy muhit, 
farzandlarining yashashi va tarbiyasi uchun qulay sharoit 
shoiraning bir necha yillar osoyishta hayotini ta’minladi. 
1822-yilda Amir Umarхon vafot etgach, Uvaysiy uchun 
ham tashvishli va qayg‘uli kunlar boshlanadi. Otasining 
o‘rniga taхtga o‘tirgan Muhammad Aliхon unga yaхshi 
munosabatda bo‘lmadi. Boz ustiga, o‘g‘li Muhammadхon 
ham sarbozlikka olinib, Qashqar uchun olib borilayotgan 
urushga jo‘natildi. Oilaviy turmushi baхtsiz kechgan qizi 


225
Quyoshхon kasallanib, o‘ttiz yoshida vafot etadi. Undan 
Bibi Хadicha ismli qizcha qoladi.
Buхoro amiri Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni bosib olib, 
Nodirabegimni, uning o‘g‘li va nabiralarini qatl ettiradi. 
Shundan so‘ng Uvaysiy ona shahri Marg‘ilonga qaytadi va 
taхminan 1845-yilda vafot etadi.
Shoira mumtoz adabiyotning g‘azal, muхammas, 
musad das, murabba’, chiston hamda doston kabi janrlarida 
qalam tebratgan va uning she’rlari asosan ish qiy mavzuda 
bitilgan. Ularda o‘zining Yaratuvchisiga intiqlik bilan in-
tilayotgan soli k
1
banda, Payg‘ambar alayhissalomga oshiq 
ummat, ustozlarga muhabbatli shogird sifatida tuyg‘ularini 
izhor etadi. Shuningdek, insonning insonga sevgisini taran-
num etuvchi g‘azallari ham talaygina.
Uvaysiyning «Uvaysiyman», «Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi», 
«Sog‘indim» kabi g‘azallari hasbi hol tarzida yozilgan. 
Ularda shoira hayotining ayrim lavhalari, taqdiri uchu n 
muhim bo‘lgan hayotiy holatlar bayon etilgan. Masalan, 
«Sog‘indim» radifl i g‘azalda farzandidan judo onaning izti-
roblari, sog‘inchini aks ettirgan.
Uvaysiy chistonnavis sifatida ham o‘z mahoratini na-
moyon etgan. Ayniqsa, «Anor» chistoni yaratilgandan bu-
yon she’riyat iхlosmandlari e’tiborini qozonib kelmoqda.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling