Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


VI. Mehrning o‘z qallig‘ini chohdan chiqarib parvarish


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

VI. Mehrning o‘z qallig‘ini chohdan chiqarib parvarish 
qilgani va Suhaylning yuzma-yuz olishuvda Jobirni 
yengib, so‘ngida barchalarining murodga yetganliklari 
to‘g‘risida
Mehr gul yanglig‘ aylabon yaqo chok,
Nilufarzor aro kezib g‘amnok.
Yosh to‘kub bahri mavjvar
9
yanglig‘,
Ko‘k libos ichra nilufar yanglig‘.
1
Navоhi – atrоf. 
2
Tоri – sodir bo‘lish, yuz bermoq. 
3
Mahfil – majlis, yig‘in. 
4
Buzulub – xafalanib, ko‘ngli buzilib. 
5
Firo‘z – g‘оlib, baxtli. 
6
Bazmafro‘z – bazmni qizitmоq, bazmni avjlatmоq.
7
Sоg‘ar – may. 
8
Bоda – sharоb, may. 
9
Bahri mavjvar – mavjlangan dеngiz. 


212
Yuziga bas taponcha
1
urg‘onidin,
Nilufarlar ochib gulistonidin.
Hajrdin forig‘ o‘lmog‘in istab,
Ul balodan qutulmog‘in istab.
Fikrdin kecha ko‘zni yopmas edi,
Chora ko‘p istar erdi, topmas edi.
Bandini anglab erdi choh ichra,
G‘am-u anduhi umrkoh
2
ichra.
Dedi: «Ul chahdin oni qutqorsam,
Yig‘labon zor-zor yolborsam.
Ozim etsam
3
Suhayl uchun oni
Kim, desam hojatimni pinhoni.
Ul magar holatimni anglab jazm,
Maxlasimg‘a
4
bu sori qilg‘ay azm».
Yoshurun tiyra uyga ul dilxoh
Kirdi ikki kaniz anga hamroh.
Keldi chah boshi uzra g‘amparvard
5
,
Chekti un: «K-ey asiri mehnat-u dard!
Men dog‘i bir faqirmen sendek,
Notavon-u asirmen sendek.
Maxlasing ichra sa’y etib jondin,
Seni cheksam bu tiyra zindondin.
Har ne desam qabul etarsenmu?
Qayon etsam ravon ketarsenmu?»
Choh ichinda Suhayl edi betob,
Holini za’f qilmish erdi xarob.
1
Tapоncha – shapati, tarsaki. 
2
Umrkоh – jоn azоbi. 
3
Оzim etsam – yubоrsam. 
4
Maxlas – xalоs, qutulish. 
5
G‘amparvard – g‘amga bоtgan, g‘ambоda. 


213
Bor edi oncha mehnati bir yon,
Mehri gulchehr furqati
1
bir yon.
Bo‘lg‘och ul nav’ so‘z xitobi aning,
Oshti ul undin iztirobi aning.
Ko‘ngluni sa’y birla to‘xtotti,
Nozaning‘a bu nav’ so‘z qotti:
«K-ey bashar xilqat-u, farishta sifot,
Bergan o‘lgan tanimg‘a toza hayot!
Sendan etsa bu nav’ lutf zuhur,
Har nechuk ishga aylasang ma’mur.
Sa’y etay to tanimdadur jonim,
Qilayin toki bo‘lg‘ay imkonim».
Mehr eshitgach bu so‘zni soldi tanob
2
,
Ne tanob, ikki gisui
3
purtob
4
.
Notavon tutti rishtani mahkam,
Mehr chekti
5
, ul ikki mahvash ham.
Tiyra uyga chiqordilar oni,
Mehr ko‘p qildi lutf pinhoni.
Qildi zanjir-u banddin ani fard
6
,
Yer o‘pub, dedi zori g‘amparvard.
Ki: «Ne hukm etgung, ey malaksiymo,
Shammae
7
andin aylagil imo»
8
.
Mehr qildi fasonasin bunyod
9
,
Boshig‘a nekim o‘tti ayladi yod.
1
Gulchеhr furqati – gulyuzlidan ayriliq. 
2
Tanоb – arqоn. 
3
Gisu – sоch. 
4
Purtоb – qattiq o‘rilgan. 
5
Chеkti – tоrtdi.
6
Fard – alоhida, xalоs. 
7
Shamma – salgina, birоz. 
8
Imо – imо, ishоra. 
9
Fasоnasin bunyod – sarguzashtini, hikоyasini aytdi. 


214
Oto-vu mulk-u joh-u hashmatini,
Pardasig‘a
1
Suhayl nisbatini
2
.
Ko‘rganin bahr mavjidin tashvir
3
,
Tushganin anda notavon-u asir.
Bo‘lg‘on anda zarurdin sokin,
Qolg‘onin Jobir ilgidin emin.
Za’f etib notavon aning so‘zidin,
Lahza-lahza borur edi o‘zidin.
Anga yetkurdi so‘zni Mehri munir
4
,
Ki: «Bu yanglig‘ki, men bo‘lubmen asir,
Aylay olmas kishi xalosima mayl,
Ko‘shish-u kina birla g‘ayri Suhayl.
Sanga ey dardmand-u ovora,
So‘z budurkim, gar aylabon chora,
Andoq etsangki, bahrdin qutulub,
Yaman ahli sori ravona bo‘lub.
Jahd-u sur’at aro tay aylab arz
5
,
Holatim aylasang Suhaylg‘a arz.
Lek bir nukta bordur yoshurun
Ki, seni mundoq asrasoq necha kun.
Jazm qilsang bu ishni pinhoni,
Ont ichib emin aylasang oni.
Ki, chu men bastai balo
6
bo‘ldum,
Jobir ilgiga mubtalo bo‘ldum.
Manga tushmish ko‘zi yiroqdin-u bas,
Yiqilib yerga yotti o‘ylaki xas.
1

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling