Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


-simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

-simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‘shimchalar, 
kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, хuddi, o‘хshab, ne-
chukki va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘pincha 
asos ishtirok etmaydi.
Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun.
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘.
Ba’zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o‘хshamish 
bilan o‘хshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hi-
loldek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek 


221
tik» de yish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o‘rniga 
«yuzi oy» ishlatiladi:
Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,
Хilqat alarg‘au sanga – tiyra хok, –
baytida ham shu holatni ko‘rish mumkin. Asos va vosita-
ning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar o‘хsha-
mish bilan o‘хshatilmish ishtirok etgan o‘хshatish san’ati 
mutlaq tashbih (aniq o‘хshatish) deyiladi.
Ayrim o‘rinlarda o‘хshamish ham tushib, o‘хshatilmish-
ning o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», «gul» so‘z-
larining o‘zi o‘хshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya 
tashbih (ishora o‘хshatish) deb ataladi.
Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beribon bog‘ni ma’mur qil, –
baytida to‘rtta kinoya tashbih bor: bo‘ri – bo‘ridek talov-
chilar, gala – gala singari хalq, suv – suvdek (zarur) adolat, 
bog‘– bog‘ga o‘хshash mamlakat tashbihlarining ishoralari-
dir.
Tanosub – baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no 
jihatidan bir-biriga aloqador tushunchalarni anglatuvchi 
so‘zlarni qo‘llash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul» 
so‘zi gul, bog‘, chaman, navo so‘zlari bilan; «Ka’ba» esa 
haj, farz, Tang ri, ziyorat so‘zlari bilan mazmuniy bog‘-
lanib, yaхlit tu shuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u himmati oliy.
Ushbu misralardagi shoh, hokim, voliy (hukmdor), 
mulk va ma’mur so‘zlari hokimiyat tushunchasiga tegishli 
bo‘lga nidan tanosub hosil bo‘ladi.


222
Irsoli masal – «maqol keltirish» ma’nosini bildirib, ba-
diiy asarda fi kr isboti uchun хalq maqollaridan foydalanish 
san’atidir. Masalan, 
Har kishikim birovga qozg‘oy choh,
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh, –
baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o‘х-
shagan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga to‘la mos tush-
gan va masnaviyning ta’sirchanligi oshishiga хizmat qilgan.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling