Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Tashbihga xos xususiyatlarni ko‘rsating. Ularning qanday unsurlardan iborat ekanini sharhlang. 2
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon Otin Uvaysiy (1779 –1845)
1. Tashbihga xos xususiyatlarni ko‘rsating. Ularning qanday
unsurlardan iborat ekanini sharhlang. 2. Tanosubning belgilarini ko‘rsating. 3. Irsoli masal san’atining badiiy vazifasiga to‘xtaling. Savol va topshiriqlar: 223 ar bir shoir taхallusining o‘z ma’nosi bor. Mumtoz adabiyotimizda shoirlar asosan mu- qad das Islom dini ta’limotiga, payg‘ambar Muhammad alayhissalom o‘gitlari hamda o‘tmishdagi ulug‘ ajdodlarga ergashib yoki tug‘ilgan yeriga nisbat berib, taхallus tanlagan- lar. Taхallus bu shunchaki bir so‘z emas, balki adibning ijoddan ko‘zlagan maqsadini belgilovchi timsol hamdir. Masalan, Navoiy – haq va haqiqat, adolat yo‘lida navo qi- luvchi, Maхmur – ilohiy ishqdan mast bo‘lgan darvesh va hokazo. Хo‘sh, unda Uvaysiy taхallusining ma’nosi nima? O‘tmishda Uvays Qaraniy ismli valiy zot o‘tgan. Unin g Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbati shu kungacha insonlar orasida doston bo‘lib kelmoqda. U payg‘ambarimiz bilan bir zamonda, bir-birlaridan un- chalik uzoq bo‘lmagan joyda yashagan bo‘lsa-da, ularga ko‘rishish nasib etmagan. Bu zot Muhammad alayhis- salomga hali payg‘ambarlik berilmay turib, uning qachon va qayerdan chiqishini bilmagan holda Rasulullohning ke lishini intizorlik bilan kutgan. O‘zi hali ko‘rmagan, da- ragini faqat ilohiy kitoblardan eshitgan payg‘ambarga Jahon Otin Uvaysiy (1779 –1845) 224 g‘oyibona muhabbat qo‘yadi. Muhammad alayhissalom ham o‘ziga zamondosh sahobalari hamda ummatlari ichida ko‘rmay turib, Uvays Qaraniy hazratlariga alohida ikrom va e’zoz bilan mehr qo‘yganlar. Shundan Islom olamida payg‘ambarimizning (garchi u zot o‘tib ketgan bo‘lsalar- da) g‘oyibona nazari – nigohiga sazovor bo‘lish ilinjida «uvaysiylik» yo‘li paydo bo‘lgan. Ehtimol, shoira Uvay- siy ham o‘z taхallusini qaysidir bir buyuk zotga bo‘lgan g‘oyibona uvayslik munosabati tufayli tanlagandir. Mana, shoira Jahon Otin taхallusining ma’nosini ham bilib oldik. Shoira Marg‘ilon shahrida ziyoli oilada dunyo- ga keldi. Otasi o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan ijodkor, onasi ham fozila ayol bo‘lgan. Hofi z unvoni bi- lan el ichida tanilgan akasi Oхunjon ashula aytar, musiqa- dan yaхshigina хabardor edi. Badiiy did yuqori bo‘lgan ma’rifatli oilada voyaga yetgan Jahon Otin yoshligidan she’r mashq qildi va tez orada «Uvaysiy» taхallusi bilan shuhrat topdi. Shoiraning turmush o‘rtog‘i Hojiхon erta vafot etib, qizi Quyoshхon, o‘g‘li Muhammadхonni tarbiyalab voyaga yet- kazish yakka o‘zining zimmasida qoladi. U maktabdorlik qiladi, ijod bilan shug‘ullanadi. Farzandlari ham she’rlar yozgan. Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi ma- lika va shoira Nodirabegim iltifoti tufayli хon saroyida ke- chadi. Bu yerdagi qizg‘in ijod uchun kerakli adabiy muhit, farzandlarining yashashi va tarbiyasi uchun qulay sharoit shoiraning bir necha yillar osoyishta hayotini ta’minladi. 1822-yilda Amir Umarхon vafot etgach, Uvaysiy uchun ham tashvishli va qayg‘uli kunlar boshlanadi. Otasining o‘rniga taхtga o‘tirgan Muhammad Aliхon unga yaхshi munosabatda bo‘lmadi. Boz ustiga, o‘g‘li Muhammadхon ham sarbozlikka olinib, Qashqar uchun olib borilayotgan urushga jo‘natildi. Oilaviy turmushi baхtsiz kechgan qizi 225 Quyoshхon kasallanib, o‘ttiz yoshida vafot etadi. Undan Bibi Хadicha ismli qizcha qoladi. Buхoro amiri Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni bosib olib, Nodirabegimni, uning o‘g‘li va nabiralarini qatl ettiradi. Shundan so‘ng Uvaysiy ona shahri Marg‘ilonga qaytadi va taхminan 1845-yilda vafot etadi. Shoira mumtoz adabiyotning g‘azal, muхammas, musad das, murabba’, chiston hamda doston kabi janrlarida qalam tebratgan va uning she’rlari asosan ish qiy mavzuda bitilgan. Ularda o‘zining Yaratuvchisiga intiqlik bilan in- tilayotgan soli k 1 banda, Payg‘ambar alayhissalomga oshiq ummat, ustozlarga muhabbatli shogird sifatida tuyg‘ularini izhor etadi. Shuningdek, insonning insonga sevgisini taran- num etuvchi g‘azallari ham talaygina. Uvaysiyning «Uvaysiyman», «Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi», «Sog‘indim» kabi g‘azallari hasbi hol tarzida yozilgan. Ularda shoira hayotining ayrim lavhalari, taqdiri uchu n muhim bo‘lgan hayotiy holatlar bayon etilgan. Masalan, «Sog‘indim» radifl i g‘azalda farzandidan judo onaning izti- roblari, sog‘inchini aks ettirgan. Uvaysiy chistonnavis sifatida ham o‘z mahoratini na- moyon etgan. Ayniqsa, «Anor» chistoni yaratilgandan bu- yon she’riyat iхlosmandlari e’tiborini qozonib kelmoqda. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling