Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
QO‘RQINCH BIR JASORAT
Qobilboy bu so‘zni eshituvchi quloqlariga ishonmagan- dek, Anvar ning yaqinrog‘iga surildi. – Nima deyapsiz, Anvar, men yaxshi anglamadim? Anvar yana o‘sha so‘zni takrorladi. Qobilboy, endi bir- oz orqasiga tisarilib, ko‘zini katta ochdi va bir necha vaqt qotib turdi... – Siz nima qilmoqchisiz, uka. O‘z oyog‘ingiz bilan... Yo‘q, bu bo‘lmagan gap! Balki bu – xonning unga popisa- sidir 1 , shu hiyla bilan maqsadga yetmoqchidir... Qo‘ying bu gapni, uka, qo‘ying!.. Anvar hamon boyagi vaziyatda, ko‘zini bir nuqtaga tikib, sandal ustidagi qog‘ozni og‘asi yaqinrog‘iga surib qo‘ydi... 1 Pоpisa – po‘pisa, yolg‘оndan qo‘rqitish. 292 – Basharti, popisa bo‘lmasa?.. – dedi Anvar. – Xon popisani bilmaydi, uning hamma harakati jiddiy! Shun- day, siz bu xatni er taga uning qo‘liga berasiz va undan har bir yordamingizni ayamaysiz! – Bu aqllik gap emas, uka... – Men endi shunga qaror berganman! – dedi Anvar o‘zga rishsiz. – Bu azmdan qaytish yo‘q... Faqat, siz unga yordami ngizni ayamaslikka menga so‘z bersangiz bo‘ldi! Qobilboy entikdi, xatni olib, bir necha fursat sukutda o‘ltirdi... So‘ngra birdan o‘rnidan turib hujradan chiqa bosh- ladi. – Yo‘l bo‘lsin? – Ketayapman. – Xayr, kechiringiz! Qobilboydan javob bo‘lmadi. Kun qiyomga 1 yaqinlashgan. Yana biror soatdan so‘ng Sultonalini o‘limga olib chiqar edilar. O‘rdadan hech kim uning najot topishiga ishonmas; xonning oldiga chaqiril- di – o‘ldi, basharti gunohi bo‘lib, iqror qilsa, yana jazoga qoldi, vassalom. Ammo Anvar xon huzuriga kelib, o‘zini uning hukmiga topshiradi, chin yigitlik yo‘li bilan do‘stini qutqaradi, degan xayolga kim ishonsin? Kecha jarchi ko‘y- guzarlarni aylanib, Anvarni insofga chaqirdi, kishi qoniga qolmaslik fazilatini tarannum ettirdi. Biroq Anvarning bun- day «hamoqati»ga 2 aхloqan sukut etib, vijdonan so‘zlagan o‘rda arbobi va boshqalar ishonsinmi! Shunda o‘rda arbobi bukun peshindan biroz ilgariroq mu- jassam bir vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib ke- luvchi bir arslonni o‘z tarixida birinchi martaba ko‘rdi va tong ajabda qoldi. Bu ulug‘ jasorat bir necha daqiqalarga- cha zulm itlarini sukutga soldi, ularni ishdan to‘xtatdi. O‘rda arboblarining mahkamada o‘tirganlari eshik yoniga chiqib, yo‘lda borganlari harakatsiz qolib, parvosiz, har kim yonidan salomlashib o‘tguvchi arslonni tomosha qildilar. 1 Qiyom – tush. 2 Hamоqat – ahmоqlik. 293 Anvar devonxona qarshisiga yetganda, nima maqsad bi- landir darichalar va eshik yonida mo‘ralashuvchi mirzolar- ga umumiy bir ta’zim ifoda qildi va zinalarga sobitqa dam oyoq qo‘yib, yuqoriga, xon huzuriga chiqib ketdi. Poy- taxt bo‘sag‘asidagi doimiy yasovullardan o‘tib, dahlizda to‘xtadi. Chunki bundan o‘tish uchun hudaychi vositasida xondan ruxsat oldirish lozimdir. Birinchi eshik yonida qo‘l qovushtirib turuvchi Darvesh hudaychi taajjub va hayrat ichida Anvarni qarshilab, ikkinchi xonadagi «janob» hu- zuriga ketdi. Taxtiga takya qilgan 1 Xudoyor ikki ko‘zi to‘g‘risida ikki jallodni qo‘yib, yonidagi domla shig‘ovul 2 , Tursun otaliq va g‘ayri 3 bir necha a’yonlar bilan suhbatlashar edi. – Pushti panoho! – dedi hudaychi. – Xiyonatkor o‘z ixti- yori bilan kelib, domi adolatingizga taslim bo‘lmoqchi. – Xiyonatkoring‘ kim? – Mirzo Anvar! Xon seskanib ketdi, hamnishinlar 4 ham alang-jalang bo‘l di lar. – Keltir! Hudaychi qulluq qilib, orqasiga qaytdi. Dahlizdagi Anvar birinchi xonadagi a’yonni hayratga solib, ikkinchi tanobiy ning bo‘sag‘asida, jallodlar o‘rtasida to‘xtadi va xonga ta’zim ado qildi. Raqibni bu qadar jasoratda ko‘rgan Xudoyorning kip- rik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va biroz so‘z topol- magandek tamshanib turdi. – Sen bizga xiyonat qilding‘, it uvli! Anvar bosh irg‘atdi. 1 Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling