Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

Shustagar – yuvg‘ich, murdasho‘y. 


284
pala’natingni. Hay, ish bitti, Qobilboy, Toshkandga yura-
miz, o‘rusingni ham bir ko‘raylik
1
.
Sharif yerda yotgan ikki tilloni olib Qobilga uzatdi:
– Ma, tillangni kissangga tiq, Qobel!
Qobil olmadi.
– Tillo o‘zlaringga, ikkaving bir tillodan bo‘lib ol.
– Achchig‘ingni qo‘y, axe, biz senga dahanaki ayttik-da!
Qobil kuldi va parvosiz kiyina berdi.
– Olmaysanmi, pala’nat.
– O‘zlaringga deyapman-ku, inim senlarga atab berdi.
– Bizdan qarzi yo‘q-ku, axe?
– Tushunmagan odamlarsan-da! – dedi Qobil. – Inim, 
qochib yotqon holda ularni mehmon qilolmadim, deb sen-
larga shu ikki tilloni berib yubordi... Endi tushundingmi?
– Voy, pala’nat... Hali sen bizni o‘z pulimiz bilan beti-
mizga urding?!
Qobil kuldi. Ular ikkisi birining og‘zidan biri olib, Qo-
bilni past urib, Anvarni maqtab ketdilar.
– San otang o‘g‘li emassan, agar otang o‘g‘li bo‘lsang, 
mirzo Anvardek mehmondo‘st bo‘layding! Mirzo Anvar 
meh monning betini ko‘rmay, boshidan tillo nisor qilganda, 
sen pala’nat bizni do‘konxonaga qamab qo‘yasan! Buro-
daring bo‘lmasa, Qo‘qonjoningni ko‘tarib og‘zingga uray-
dik, muru ningdan mag‘zi saring
2
oqib tushaydi!
Qobil bir narsa deb to‘ng‘illadi.
– E, to‘ng‘illama, pala’nat! Biz pul oshnosi emas, odam 
oshnosi... Seni bozori podshoga olib chiqsa, og‘ziga tish 
bor, deb sakkiz pulga ham olmaydi, ba xudo!
Ular shu hangomaning ustida edilarki... Chorsudagi 
shov qin-suron ichidan bahaybat bir hayqiriq eshitildi; bo-
zor olag‘ovuri birdan kesilib, bu uchovi ham tashqariga 
quloq solib qoldilar:
1
Shu vaqtlarda Tоshkеnt ruslar qo‘lida ekanligi unutilmasin 
(mual.).
2
Mag‘zi sar – miya qatig‘i. 


285
– Ey-y-y-y. Bozor aro yig‘ilishib gul terganlar!
Qasam yodlab, podshoga so‘z berganlar!
Mirzo Anvar otliq elga ma’lum kishi,
O‘rda ichra qalamkashlik erdi ishi.
Arzimagan gunohiga qochdi, ketdi.
Bundan andak podshohga ozor yetdi.
Uning do‘sti Sultonali nomlik mirzo
Bu qochishdan chekmakdalar behad izo.
Mirzo Anvar gunohida toyildi zor
1
,
Xaloyiqni to‘xtatishdan maqsadim bor.
Erta peshin asnosida Sultonali
Orsiz Anvar gunohiga o‘lgay, bali.
Jamiyatda hozir bo‘lsa osiy Anvar
Yoki uning do‘sti, oshnosidin birar.
Gunohingga Sultonali o‘lar, desin,
Erta peshin vaqti, afsus, so‘lar desin.
Iymonli qul nafsi uchun do‘stin sotmas,
Gunohi yo‘q oshnasini o‘tga otmas.
Quloq solgan gunohsizning faryodiga
Dard qolmagay, yetar har vaqt murodiga!
Jarchi to‘xtadi, shovqin-suron yana eskicha davom etdi. 
Jar ning davomida qulog‘i tikkayib, ko‘zi katta ochilgan 
Qobilboy sukutga ketdi...
– Nega xomush to‘xtading, Qobil? Akun jarching nima 
deb vaqirlaydi?
Qobil javobsiz boshini chayqadi.
– Gapur, – dedi Sharif, – Mirza Anvar, osiy Anvar, de-
yapti chog‘i?
Qobil yana javob bermadi.
– Zaboning bor, axe, burodaringni tutkanlar-chi?
– Yo‘q.
– Bo‘lmasa nega undaychikin xomush to‘xtading?
– Endi tutmakchilar...
1
Gunоhida tоyildi zоr – gunоhiga qоldi bеchоra. 


286
– Endi, tutmakchilar? – deb zaharxanda qildi Rahim. – 
Dardi harinani tutadi!
– Tushunmay yotibsanlar, anovi kun biz bir mirzoning 
uyiga borgan edik-a?
– Hay.
Ana shuni, sen Anvarning do‘sti eding, deb barimta
1
ushlaganlar... Ertagacha Anvar kelmasa, shu Sultonalini 
o‘ldurar emishla r!
...Qobil do‘konxona eshigini yopib, o‘rtoqlari yoniga 
keldi. Uchovi bir necha vaqt xomush o‘tirdilar.
– Shu bevafo dunyoga bir ish qilamiz, Qobilboy, – dedi 
yana ko‘zi olalangan Rahim. – Dayusingni zindoni qa-
yerga?
– Zindonni nima qilasan?
– Ana men bor, ana Sharif, ana sen! – dedi Rahim. – 
Shu tunga uchovimiz borib yo o‘lamiz, yo shu bechorangni 
ro‘shnolikka olamiz!
Qobil manglay ostidan Sharifga ko‘z yubordi. Sharif ku-
limsirab, Rahimga qaradi.
– E, senga chi balo shud
2
?
– Hechchi – dedi Rahim. – Akun biz dunyoga nima olib 
bora miz, hay o‘lluk: dunyoga o‘n tilla pulimiz qolaydimi 
yo uyga sochini tarab to‘xtagan xotunimiz qolaydimi!
– Yo‘q, qolaytikoni yo‘q! – dedi kulib Sharif.
– Dastasha gir! – dedi Rahim Sharif bilan Qobilga ikki 
qo‘lini cho‘zib. Ular ikkisi ham iljaygan ko‘yi qo‘llarini 
berdilar. Lafzaton yakmi?
– Yak-yak, Rahim dav!
– Hazilash nest?
– Nest!
– Tamom, – dedi ikki qo‘lini bo‘shatib Rahim. – Shud!..
1
Barimta – garоvga, kafilga оlish. 
2
Chi balо shud – sеnga nima balо bo‘ldi?


287

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling