Bosh va Orqa miyaning tugma churralari. Klassifikatsiya, etiologiyasi, patogenezi, patomorfoloyasi, klinikasi
Download 373.86 Kb. Pdf ko'rish
|
04 Maruza 968b528956ab48e9b8707d73efb46450
BOSH MIYA TUG’MA CHURRALARINING
KLINIK KECHISHI Bu kasallikning asosiy belgisi bosh miya qutisidan tashqariga do’ppayib chiqib turgan tug’ma churra qopi bo’ladi. Buning qatorida yana markaziy nerv tizimida va organizmning boshqa a’zolarida majruhlik patologiyalari bo’lishi mumkin. Bosh miyaning tug’ma churralarida do’ppayib chiqib turgan qopi har xil shaklda va kattalikda kallaning yuz tomonida va ensa sohasida bo’lishi kuzatiladi. Ayrim bemorlarda miya churralarining qopini yopib turgan terisi o’zgarmagan holatda, boshqalarida esa churra qopining ustidagi yopib turgan terisi yupqalashgan, chandiqli o’zgargan ko’kimtir rangda bo’ladi. Ayrim chaqaloq bolalar tug’ilgan vaqtida churra qopining o’rtasida yarasi bo’lib, bu yaradan likvor doimiy oqib turadi. Bu esa qo’shimcha meningit va meningoensefalitni taraqqiyotida asosiy sabab bo’lishi mumkin. Tug’ma churraning tashqariga do’ppayib chiqib turgan qismi, ya’ni qopi ingichka oyoqda yoki keng asosda bo’lishi mumkin. Shu chiqib turgan churra qopini paypaslaganda uning elastik xususiyati, ichidagi suyuqlikning chayqalishini yoki zich elastik aralashmadan tashkil topgani aniqlanadi. Ayrim hollarda suyak nuqsonining chetini paypaslab bilish imkoniyati bo’ladi. Churraning qopi katta bo’lsa, ustidagi yopinchig’i, ya’ni o’rab turgan terining yupqalanishi va nihoyat yorilib ketishi mumkin. Taranglashgan churra qopining ichidagi suyuqlik nurlanib ko’rinib turadi. Bosh miyaning churralari boshqa tug’ma majruhlar, ya’ni mikrotsefaliya, kraniostenoz, gidrotsefaliya, orqa miya churrasi, maymoqlik, barmoqlarning kam yoki ko’p bo’lishi, ko’z olmasining taraqqiy etmasliklari bilan qo’shilib keladigan xillari ham uchraydi. Miyaning oldingi tug’ma churralari yuz skeletini, ko’z chanog’ini va burun suyaklarini shaklini o’zgartiradi va bemorlarni yuzini xunuk qilib qo’yadi. Churra qopi burun-ko’z olmasi oralig’ida joylashgan bo’lsa bemorning ko’zlari qiyshiq joylashadi va ularning oralig’i keng bo’ladi. Ko’z yoshining bezidan burunga o’tuvchi kanalni ezib berkitib qo’yadi, natijada bemorlarda binazal ko’ruv maydoni buzuladi va ularda ko’pincha dakrotsistit va kon’yunktivit kuzatiladi. Bosh miyaning tubidagi tug’ma churralari burun yoki burun-yutqin bo’shliqlarida joylashadilar. Ularning tashqi ko’rinishlari shu bo’shliqlarda o’sayotgan polipni eslatadi. Agarda churra qopi burun bo’shlig’ini bir tomonida joylashgan bo’lsa burun poydevorini ko’proq qiyshaytirib qo’yadi va nafas olishni qiyinlashtiradi. Bemorlarning gapirishlari noaniq va manqi bo’lib qoladilar. Burun- yutqin boshlig’ida joylashgan churralarida bolalar onasini emgan vaqtida qalqib ketadilar yoki yotaladilar. Bosh miyaning tug’ma churralari bor chaqaloq bolalarda markaziy nerv tizimida asab o’choq belgilari bo’lmasligi mumkin. Agarda asab o’choq belgilari bo’lganida ham yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ularni aniqlash qiyin bo’ladi. Yoshi kattaroq bo’lgan bolalar ko’pincha boshning og’rig’iga, boshning aylanishiga shikoyat qiladilar. Bosh miyaning oldingi tug’ma churralari bor bolalarning aqliy taraqqiyoti o’zlarining tengdoshlariga nisbatan orqada qoladi. Undan tashqari bosh miya nervlaridan ko’pincha I,II,III,IV,VI,VII juft nervlarining ish faoliyatlarini o’zgarishlari aniqlanadi. Dag’al nevrologik o’zgarishlar, ya’ni qo’llarida parez, xoreotik atetozlar va tutqanoq tutishi mumkin. Pay reflekslarining asimmetriyasi va patologik reflekslar bo’ladi. Bosh miyaning orqa churralarini yuqori xilida bemorlarda ikkala ko’zining qarama-qarshi tomonida ko’ruv maydoni buziladi, ya’ni gomonim gemianopsiya bo’ladi. Bosh miyaning orqa churrasini pastki turida bemor bolalarda miyacha yarim pallasining ish faoliyati buzilganligi kuzatiladi. Ko’pincha bemorlarni qo’l va oyoqlarida koordinatsiya harakatlarini, tik turishini va yurishini bir tomonga buzilishi aniqlanadi. Ayrim bemorlar boshini bir holatda qimirlatmasdan ushlaydilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling