Bosh va Orqa miyaning tugma churralari. Klassifikatsiya, etiologiyasi, patogenezi, patomorfoloyasi, klinikasi
ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARINING TASHXISI
Download 373.86 Kb. Pdf ko'rish
|
04 Maruza 968b528956ab48e9b8707d73efb46450
ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARINING TASHXISI
Umurtqa pog’onasining bo’ylamasida, o’rta chiziqda, ayniqsa bel-dumg’aza sohasida churra kabi do’ppayib chiqib turishi, uning suyuqlik bilan to’lganligi, nevrologik o’zgarishlar bilan qo’shilib kelishi va boshqa yo’ldosh majruhlarni bo’lishi tashxisini aniq qo’yishga yetarli darajadagi belgilar hisoblanadi. Lekin orqa miya tug’ma churralarining turlarini ajratish qiyinroq bo’ladi. Churralarni do’ppayib chiqib turishiga va nevrologik o’zgarishlarning dag’alliklariga qarab churralarning turlarini ajratish imkoniyati bo’ladi. Orqa miya churralarining ichida meningotseleni ajratish osonroq bo’ladi, chunki uning do’ppayib chiqqan churra qopining oyog’i tor va nevrologik o’zgarishlari bo’lmaydi. Orqa miyaning tug’ma churralarini boshqa turlarida nevrologik belgilar dag’al bo’ladi. Orqa miya churrasining yashirin turini aniqlashda bel-dumg’aza sohasidagi mahalliy o’zgarishlarga, tovonlarning shaklini va nevrologik belgilarni o’zgarishlariga asoslanadi. Qo’yilgan tashxis umurtqalarning rentgen tasvirida aniqlangan patologik o’zgarishlar bilan tasdiqlanadi. ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARINI DAVOLASH Orqa miya tug’ma churralarining konservativ usuli bilan davolab bo’lmaydi. Ular faqatgina jarrohlik usuli bilan davolanadi. Bolalarning yoshidan qat’iy nazar orqasida churra qopi bo’lsa operatsiya qilishga ko’rsatmasi hisoblanadi. Agarda churra qopining devorlari yupqalashgan bo’lib, ularda yara ochilishiga moyilligi bo’lsa, qopning o’lchovi tez orada kattalashib yorilsa va likvor oqadigan bo’lsa infeksiya kirishi uchun yo’l ochiq bo’ladi. Bunday holatda, bosh miyani va orqa miyani komponentlari bilan birga o’tkir yallig’lanish (meningit, meningoensefalit, ventrikulit, mielit) vujudga keladi. Bu xastalikdan tuzalgan bemorlarda keyinchalik ularning asoratlari (araxnoidit, surunkali leptomeningitlar) qoladi. Keltirilgan qo’shimcha kasalliklarni va ularning asoratlarini oldini olish uchun tezlik bilan shoshilinch ravishda operatsiya qilinadi. Orqa miyaning churralarini do’ppayib chiqib turgan qopining yorilishini kutmasdan va turli asoratlarni paydo bo’lishini oldini olish maqsadida bolalarni tug’ilgandan so’ng bir necha soat va kun ichida operatsiya qilish kerak bo’ladi. Orqa miya churralarining yashirin turlarida chanoq a’zolarini ish faoliyati buzilgan bo’lsa, og’riq sindromi doimiy bo’lib, davomli konservativ davolash usuli yordam bermasa bunday bemorlarni ham jarrohlik usuli bilan davolanadi. Lekin ularning operatsiyasini 12 yoshdan oshgan bolalarda qilish mumkin bo’ladi. Chunki umurtqalarning to’liq suyakka aylanishi, ayniqsa bitmay qolgan ravoqlarning bitishi shu keltirilgan yoshda tamom bo’ladi. Agarda orqa miyaning churralarini qoplari yallig’langan bo’lib, meningit belgilari bo’lsa, nevrologik o’zgarishlari dag’al bo’lsa va boshqa a’zolarida og’ir majruhlar yo’ldosh bo’lsa bunday bemorlarda operatsiya qilishga monelik hisoblanadi. Orqa miya churralarining operatsiya qilish mohiyati churralarning qoplarini olib tashlash va umurtqalarning ravoqlarini nuqsonlarini yumshoq to’qimalar bilan plastika qilishdan iboratdir. Operatsiya umumiy og’riqsizlantirish ostida o’tkaziladi. Operatsiya stolida bemor bola qorniga yotqiziladi. Qornining past qismiga yumshoq yostiqcha qo’yilib, chanoq sohasi ko’tarilib qo’yiladi. Bu bilan operatsiya yarasidan tashqariga haddan tashqari likvorning oqib ketishini oldi olingan bo’ladi. Aseptika va antiseptikaga rioya qilgan holda churra qopining do’ppayib ko’tarilib turgan yerini ikki tomonidan terining normal chegarasidan yarim oval shaklida ko’ndalangiga kesiladi. Churraning ustidagi o’zgargan va chandiqqa aylanib yopishib qolgan terisi vaqtincha qoldiriladi. Churra qopining atrofidagi yumshoq to’qimalar ajratiladi va orqa miyaning subaraxnoidal bo’shlig’i bilan tutashgan churraning oyog’i ochiladi. So’ngra churra qopi bo’ylamasiga kesiladi va uning ichi taftish qilinadi. Agarda orqa miyaning plastinkaga aylangan bir qismi va atrofiyaga uchragan ildizchalari churra qopining devoriga yopishgan bo’lsa, ularni ehtiyotlik bilan ajratiladi va orqa miyaning subaraxnoidal bo’shlig’iga joylashtiriladi. Churra qopining ichida mielotsistotsele, ya’ni orqa miyaning markaziy kanali kista shaklida kengayib, churra qopining devoriga yopishgan bo’lsa, uni ajratishi ancha qiyin bo’ladi. Kengaygan va devorlari taranglashgan mielotsistotseleni punksiya qilib ichidagi suyuqlik maksimal olib tashlanadi va shu kistani punksiya qilingan yeri 1 sm. kenglikda kesilib, likvorni tashqariga chiqarish uchun yo’l ochib qo’yiladi. Natijada kistaning hajmi kichkina bo’ladi, devorlari esa burishib qoladi. Churra qopinining devoridan orqa miyani ajratish ancha qiyin bo’ladi. kengaygan qismi subaraxnoidal bo’shlig’iga joylashtiriladi. Oqayotgan qon to’xtatiladi. So’ngra churra qopining oyog’ini berkitishga kirishiladi. Bitta umurtqa ravog’ida nuqson bo’lganida churra qopining oyog’i ingichka va tor bo’ladi. O’sha yerdan churra qopi chiqib turadi. Tor va ingichka oyoqli churra qopi asosan meningotseleda uchraydi. Orqa miya tug’ma churralarining qolgan hamma turlarini oyog’i keng bo’ladi. Orqa miya tug’ma churrasining oyog’i tor va ingichka bo’lsa bog’lab tashlasa bo’ladi. Lekin keng oyoqli churralarning oyog’ini bog’lab bo’lmaydi. Ularni tugunli chok bilan tikishga to’g’ri keladi. Churra qopining tikilgan oyog’i qismidagi devori yupqa bo’lgani sababli har bir nina kirgan yerdan tashqariga likvorni oqishi kuzatiladi. Kelgusida kuzatiladigan likvorreyani va churra qopini qaytadan paydo bo’lishini oldini olish maqsadida churra qopining oyog’ini va umurtqalarni bitmay qolgan ravoqlarining nuqsonini yumshoq to’qimalar bilan plastika qilinadi. Churra qopining oyog’i tikilgandan so’ng taxminan 3 sm qoldirib churra qopi kesib tashlanadi. Churra qopining qoldirilgan qismini o’rtasidan quroq shaklida kesib, ikkala quroqni ikki qavatli qilib umurtqa ravog’ining nuqsonini berkitish uchun ishlatiladi. Churra qopining bir tomonida qoldirilgan qurog’i ikkinchi tomonidagi qoldirilgan quroqning tubiga, ya’ni tikilgan churra oyog’ining ustiga yopishtirib tikiladi. Uning ustidan ikkinchi qurog’i churra oyog’ining ustidan qarama-qarshi tomonga o’tqazilib ravoq nuqsoni chetidagi yumshoq to’qimaga tikiladi. Ayrim hollarda bunday usul ham yetarli darajada yahshi natija bermaydi. Shu sababli yumshoq to’qimalar bilan plastika qilishni yana kuchaytirish maqsadida orqa serbar muskulning aponevrozidan balandligi 3 sm, muskul bo’ylamasidan esa umurtqalarning ravoqlarini nuqsonini yopish uchun teng keladigan uzunlikda ikki tomonidan quroq shaklida kesib olib plastikaga ishlatiladi. Bu quroqlar ham churra qopi bilan yopilgan quroqqa o’xshaydi. Tikilgan churra oyog’ini ustidan umurtqalar ravoqlarini to’rt qavatli yumshoq to’qimalar bilan yopishini Bauer usuli bo’yicha plastika qilish deyiladi. So’ngra orqa serbar muskul bo’ylamasiga tikiladi, teri osti to’qimalar va teri ko’ndalangiga tikiladi. Operatsiyani boshlangandan to tamom bo’lgunga qadar kesilgan qon tomirlaridan oqayotgan qon o’z vaqtida kaogulyatsiya qilish yoki tikib boylash yo’llari bilan to’xtatiladi. Orqa miya tug’ma churralarining yashirin turida og’riq sindromi o’qtin- o’qtin qaytalanib tursa, tundagi siydigini ushlay olmasligi davom etsa, konservativ davolash usullari yordam bermasa, taxminan 12 yoshdan oshgan bolalarga jarrohlik usuli bilan davolash tavsiya etiladi. Umumiy og’riqsizlantirish ostida bemorlar operatsiya stolida yonida yotqiziladilar. Aseptika va antiseptikaga rioya qilgan holda operatsiya boshlanadi. Ravoqlarda nuqsonlari bor bel-dumg’aza umurtqalari ustidan parallel holatda to’g’ri chiziqda teri, teri osti to’qimalar kesiladi va nuqsonli umurtqalar ochiladi. Ezilib yotgan qattiq pardani va orqa miyaning ildizchalarini ozod qilishga kirishiladi. Umurtqalarning ravoqlaridagi nuqsonlarni, ya’ni qayilib qolgan chetlari olib tashlanadi. Epidural bo’shlig’ida joylashgan tog’ay moddasini, qalinlashgan sariq boylamani va yog’ to’qimalarni olib tashlanadi. Ayrim hollarda epidural bo’shlig’ida qattiq pardani va ot dumi ildizchalarining ezib turgan, ko’ndalangiga tortilgan va qalinlashgan fibroz boylamasi bo’ladi. Uni olib tashlash bilan qattiq pardani va ildizchalarni ezilish sababi yo’qotiladi. Ochilgan yerda orqa miyaning pulsatsiyasi yahshi bo’lsa qattiq pardani ochishga ko’rsatmasi bo’lmaydi va qattiq parda ochilmaydi. Agarda qattiq pardaning pulsatsiyasi bo’lmasa subdural bo’shlig’ida patologik o’zgarishlar borligidan dalolat beradi va qattiq pardani ochishga to’g’ri keladi. Qattiq pardani o’rtasidan bo’ylamasiga kesilib ochiladi va subdural bo’shlig’i taftish qilinadi. Bu bo’shliqda yopishqoqlar yoki boshqa xil patologik o’choq bo’lsa ularni ajratiladi va olib tashlanadi. Likvorning yo’li ochiladi. Qon oqishi to’xtatiladi. Orqa miya ilitilgan fiziologik suyuqlig’i bilan yuviladi. Qattiq parda va boshqa yumshoq to’qimalar qavatma-qavat tikiladi. Operatsiya tamom bo’ladi. Yara yod suyuqlig’i bilan surtiladi, so’ng aseptik bog’lama qo’yiladi. Operatsiyadan keyingi paydo bo’ladigan asoratlarni oldini olish uchun, yarani birlamchi bitishini ta’minlash uchun bemorlarga qisqa vaqt qornida yotishni tavsiya qilinadi va yotqiziladi. Dori-darmonlardan antibiotiklar, qon to’xtatuvchi, og’riqni qoldiruvchi, metabolik va antiholinesteraz preparatlaridan, vitaminlardan va degidratatsiya qiluvchi dorilardan beriladi. Bemorlarning umumiy ahvollari stabil bo’lganida so’ruvchi dorilardan beriladi. Oyoqlarini massaj va LFK qilinadi. 2-3 oy o’tganidan keyin bemorlarga sanatoriya va kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. Agarda bemorlar yurganida qiynalishlar bo’lsa ortopedik yordami tavsiya etiladi. Download 373.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling