Orqa miya churralarining bu turida umurtqalarning
ravoqlari bitmay qolgan,
nuqsonlari bor yerda yog’ va tog’ay to’qimalari bilan to’lgan bo’lib, ular tashqariga,
ya’ni teri ostiga churra qopi shaklida do’ppayib chiqib turadilar. Bu to’qimalar
umurtqalarning ravoqlarini bitmay qolgan nuqsonlarini to’ldiradilar, orqa miya
ildizchalari va pardalari bilan yopishgan bo’ladilar. Churra qopi ko’pincha bo’lmaydi.
Agarda bo’lsa kichkina bo’ladi. Spina bifida comrlicataning oyog’i keng bo’ladi.
Paypaslaganda zich-elastik
xususiyati aniqlanadi, ko’pincha umurtqa pog’onasining
bel sohasida joylashadi va ildizchalarni ezadi.
IV. SPINA BIFIDA OCCULTA
Bu orqa miya churrasining yashirin turi bo’lib, umurtqalarning ravoqlarini
bitmay qolgan nuqsonlaridan churra qopining tashqariga chiqishi bo’lmaydi.
Qattiq
parda nuqsonsiz bo’ladi. Umurtqalarning ravoqlarini bitmay qolishi bitta,
ikkita va
undan ko’p umurtqalarda bo’lishi kuzatiladi. Bitmay qolgan ravoqlarning ikki
tomonidan o’sib kelayotgan plastinkalarning uchlari ko’pincha umurtqalar
kanalining
ichiga
ilmoq shaklida botib kirib, butunligi saqlanib qolgan qattiq pardani va uning
ichidagi ot dumining ildizchalarini ezib qo’yadilar. Undan tashqari yana qalinlashgan
sariq boylama va epidural yog’ to’qimalari birgalikda bel-dumg’aza kanalining
nuqsoni bor yerida subdural bo’shlig’idan o’tadigan ot dumining ildizchalarini
ezishga, subaraxnoidal bo’shlig’ida likvorni va qon aylanishini buzilishiga olib keladi.
Natijada asta-sekin ildizchalarda morfologik o’zgarishlar bo’ladi
va ularning ish
faoliyati buziladi. Bu patologiya, asosan birinchi-ikkinchi dumg’aza umurtqalarida va
bel umurtqalarida ham bo’ladi. Umurtqalarning bitmay qolgan ravoqlarini berkitib
turgan ayrim bolalarning terisida gipertrixoz (tukni ko’p o’sishi),
boshqalarida esa
chandiqlangan va atrofiyaga uchragan terini kindak kabi botishi yoki uning pigmentli
bo’lishi kuzatiladi. Paypaslaganda og’riq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: