Bosh va Orqa miyaning tugma churralari. Klassifikatsiya, etiologiyasi, patogenezi, patomorfoloyasi, klinikasi
Download 373.86 Kb. Pdf ko'rish
|
04 Maruza 968b528956ab48e9b8707d73efb46450
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSH MIYA TUG’MA CHURRALARINING TASNIFI
Ma’ruza № 4 Bosh va Orqa miyaning tugma churralari. Klassifikatsiya, etiologiyasi, patogenezi, patomorfoloyasi, klinikasi Bosh miyaning tug’ma churralari bosh miya va uning qutisini taraqqiyotidagi tug’ma anomal nuqsoni bo’ladi. Bunday holatda bosh miya suyagining bitmay qolgan nuqsonlaridan tashqari yana bosh miya suyuqlig’i, moddasi va uning pardalari churra qopining ichida do’ppayib chiqib turadi. Adabietlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda bu patologiya orqa miyaning tug’ma churralariga nisbatan kam uchraydi, taxminan 4000-5000 ta tug’ilgan chaqaloq bolalardan bittasida kuzatiladi. Bosh miya tug’ma churralarining o’rganish XVIII asrdan boshlangan. Bu kasallik ko’pchilik mutaxassislarni, ya’ni umumiy jarrohlarni, chakak-yuz jarrohlarni va LOR mutaxassislarni uzoq vaqt qiziqtirgan. Bemorlarga mumkin qadar maksimal holatda yordam berishga harakat qilganlar va davolaganlar. Lekin bosh miyaning tug’ma churralarida bosh miya va likvor tizimining patologik taraqqiyoti bo’lganligi sababli bu kasallik bilan hozirgi vaqtda asosan neyroxirurglar shug’ullanadilar. Bosh miyaning tug’ma churralarida suyaklarning nuqsoni odatda miya qutisining o’rta chizig’ida joylashadi. Bu tug’ma nuqsonlar ko’pincha burun suyagining ildiz sohasida, kamroq-ensa suyagining sagittal choki bo’yida va undan kamroq miya qutisining tubida joylashadi. BOSH MIYA TUG’MA CHURRALARINING TASNIFI Bosh miya tug’ma churralarining joylashish yeriga nisbatan quyidagicha bo’ladilar. Bosh miyaning oldingi churrasi (Cephalocele sincipitalis), orqadagi (Cephalocele occipitalis) va tubidagi (Cephalocele basilaris) churralarga bo’linadi. Bosh miyaning oldingi tug’ma churralari boshqa churralarga nisbatan ko’p uchraydilar. A.F.Zverevning keltirgan ma’lumotiga ko’ra bosh miyaning oldingi tug’ma churralari 84,7 foizni, orqasidagi yeki ensa sohasidagi churralari - 10,6 foizni, bosh miyaning tubidagi tug’ma churralari esa 4,7 foizni tashkil qiladilar. Bosh miyaning oldingi tug’ma churralarida suyak nuqsoni bosh miya qu- tisining tubida, odatda g’alvirsimon suyak sohasida joylashadi va churraning suyak kanalini ichki teshigi hisoblanadi. Oldingi churraning suyak kanalini tashqi teshiklari peshona va burin suyaklarining tutashgan yerida, o’rta chiziqda yoki ko’z kosasining ichki tomonida joylashgan bo’ladi. Bosh miyaning oldingi tug’ma churrasining ichki teshigi hamma vaqt bitta bo’ladi, tashqi teshiklari esa 2 va 3 ta bo’lishi mumkin. Tashqi teshiklarning joylashish yeriga qarab miya churrasining nomi aniqlanadi. Ular burun-peshona, burun-g’alvirsimon va burun-ko’z kosasi churralariga ajratiladi. Tashqi teshiklarning ikkita va undan ko’p bo’lishiga qarab, ko’pincha ikki tomonlama burun-g’alvirsimon yeki aralash churralarga ajratishga imkoniyat bo’ladi (85-rasm). Miyaning tubidagi churralarida suyak nuqsoni miya qutisining oldingi yoki o’rta chuqurchalarida joylashadi. Churra qopi esa burun yoki burun-yutqin bo’shliqlariga do’ppayib chiqib turadi. Download 373.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling