Bosh va Orqa miyaning tugma churralari. Klassifikatsiya, etiologiyasi, patogenezi, patomorfoloyasi, klinikasi


Download 373.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana08.02.2023
Hajmi373.86 Kb.
#1177473
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
04 Maruza 968b528956ab48e9b8707d73efb46450

Mielotsistotsele. Tug’ma majruhlikning bu turida orqa miyaning 
kengaygan markaziy kanalida likvor to’planadi. Orqa miyaning to’rsimon va 
yumshoq pardalari qattiq parda va umurtqalar nuqsonidan tashqariga chiqadi.
Shuning natijasida churra qopining devori teri va pardalardan tashqari yana 
kengaygan va pufakka aylangan orqa miya moddalaridan tuzilgan bo’ladi. Qop 
bo’shlig’ida orqa miyaning ildizchalari bo’lmaydi. Churra qopining tashkil qilgan 
pardalar yupqalashgan orqa miya bilan qo’shilib konglomerat holatida bo’ladi. Ularni 
faqatgina 
gistologik 
tekshirib 
ko’rganda 
ajratish 
imkoniyati 
bo’ladi. 
Mielotsistotselening oyog’i keng bo’lib umurtqa pog’onasining bo’yin, ko’krak-bel 
qismida joylashadi. 
Shu keltirilgan orqa miyaning majruhlari ichida eng ko’p uchraydigan 
meningoradikulotsele bo’lsa mielotsistotsele esa kam bo’ladi. 


111 – rasm, a,b. Orqa miyaning bel-dumg’aza sohasida tug’ma churrasini
operatsiyadan oldingi va keyingi ko’rinishi. 
Churralarning do’ppayib chiqib turgan qopi oval, dumaloq va yassi shaklida 
bo’lib, umurtqa pog’onasining o’rta chizig’ida joylashadi. Churralarning do’ppayib 
chiqib turgan qopining o’lchovi har xil kattalikda bo’lib, yong’oqdek, ayrim bolalarda 
tuxumdek va undan ham katta bo’lishi mumkin. Churraning do’ppaygan yerini yopib 
turuvchi terida soch o’sishi va pigmentli dog’ bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda churra 
qopining ustidagi yoping’ichi bolalarning tug’ilgan vaqtida yoriq o’tkazuvchi yupqa 
pardaga o’xshagan bo’lib, ichidagi suyuqlik nurlanib turadi (111-rasm). 
Orqa miya tug’ma churralarining qopini devorida qattiq parda ishtirok 
etmaydi. Bitmay qolgan qattiq pardaning chetlari do’ppayib chiqib turgan churraning 
asosi suyak nuqsoni atrofidagi yumshoq to’qimalarining ichida chandiqlanib 
yopishgan bo’ladi. Churra qopining devorida yumshoq va to’rsimon pardalar ishtirok 
etadilar. Ular qo’shilib bitta o’zgargan chandiqsimon pardadan churra qopini tashkil 
qiladi. 
Orqa miya churralarining hamma turlarida churra qopining bo’shlig’i orqa 
miyaning subaraxnoidal bo’shlig’i bilan ko’pincha katta bo’lmagan teshik orqali 
tutashgan bo’ladi. 

Download 373.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling