Bosh va Orqa miyaning tugma churralari. Klassifikatsiya, etiologiyasi, patogenezi, patomorfoloyasi, klinikasi


Download 373.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana08.02.2023
Hajmi373.86 Kb.
#1177473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
04 Maruza 968b528956ab48e9b8707d73efb46450

ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARI 
(Spina bifida) 
 
Orqa miya tug’ma churrasi (Spina bifida) - umurtqa pog’onasining tug’ma 
anomal taraqqiyotida umurtqa ravoqlarining bitmasdan nuqsonli bo’lib qolishi, bir 
yo’la orqa miya va uning pardalarini turli nuqsonlari bilan birga uchraydi. Bu tug’ma 
nuqsonlar olimlarning keltirgan ma’lumotlariga ko’ra 1000 ta tug’ilgan chaqaloq 
bolalardan bittasida uchraydi. Umurtqa pog’onasining tug’ma anomal taraqqiyotida 
ravoqlarni bitmasdan nuqsonli bo’lishi, orqa miya va uning ildizchalarini patologik 
o’zgarishlariga qarab orqa miyaning tug’ma churralari o’zining quyidagi tasnifiga 
ega. 
 
ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARINING TASNIFI 
I. To’liq va qisman rahishizis 
II. Orqa miya churralari (Spina bifida) 
1. Meningotsele 
2. Meningoradikulotsele 
3. Mielomeningotsele 
4. Mielotsistotsele 
III. Spina bifida complicata 
IV. Spina bifida occulta 
V. Spina bifida anterior 
Orqa miya tug’ma churralari umurtqa pog’onasining turli sohasida uchraydi. 
S.D.Ternovskiyning keltirgan ma’lumotlariga ko’ra umurtqa pog’onasining bo’yin 
qismida - 7,5 foiz, ko’krakda - 10 foiz, belda - 60 foiz, dumg’azada - 22,5 foiz 
uchraydi. 
I. TO’LIQ VA QISMAN RAXISHIZIS 
To’liq rahishizisda asosan bir yo’la umurtqada, orqa miyada va uning o’rab 
turgan yumshoq to’qimalarida va organizmning boshqa a’zolarida embrionning 
taraqqiy qilishi davrida bitmasdan nuqsonli qolishiga aytiladi. Oldingi va orqa 
rahishizis uchraydi. Orqa rahishizisda umurtqalarning ravoqlarini bitmasdan qolishi 
ayrim hollarda oldingi rahishizis bilan qo’shilib keladi va umurtqa tanasining 
bitmasdan qolishi bilan uchraydi. Ayrim hollarda to’liq rahishizisda bosh miyaning 
tug’ma anomal majruhligini, uning butunlay taraqqiy qilmaganligini va boshqa 
a’zolarda ham shunday majruhlarni qo’shilib kelishini uchratish mumkin. Bunday 
majruhlar bilan tug’ilgan bolalar ko’p yashamaydilar.


Qisman rahishizisda bitta va bir nechta umurtqa ravoqlarining nuqsonlari bor 
yerida orqa miya va uning pardalarini, ayniqsa qattiq pardani nuqsonlari birga bo’ladi. 
Qisman rahishizisda orqa miyaning churrasi orqaga do’ppayib chiqib shakllanadi. 
Orqa miyaning churralari ko’pincha bel umurtqalari sohasida uchraydi. 

Download 373.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling