Bosh va Orqa miyaning tugma churralari. Klassifikatsiya, etiologiyasi, patogenezi, patomorfoloyasi, klinikasi


II. ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARI (Spina bifida)


Download 373.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana08.02.2023
Hajmi373.86 Kb.
#1177473
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
04 Maruza 968b528956ab48e9b8707d73efb46450

II. ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARI (Spina bifida) 
 
Orqa miya tug’ma churralari umurtqalar nuqsonidan ya’ni bitmay qolgan 
ravoqlar yorig’idan orqaga do’ppayib chiqqan bo’lib, ularning tarkibida tuzilishi 
buzilgan pardalar, atrofiyaga uchragan nerv ildizchalari va anomal taraqqiy etgan orqa 
miyaning o’zi ham ishtirok etishi mumkin. Orqa miya churralarining ichidagi bor 
elementlariga qarab, ularni quyidagi turlari bo’ladi. 
Meningotsele. Bu orqa miya churralarining bir turi bo’lib, umurtqalarning va 
qattiq pardaning nuqsonlaridan tashqariga do’ppayib chiqib turgan qismini devori bir-
biri bilan qo’shilib chandiqqa aylangan to’rsimon va yumshoq pardalar bo’lib, ichida 
esa faqatgina likvor bo’ladi va orqa miyaning subaraxnoidal bo’shlig’i bilan tutashgan 
bo’ladi. Juda kam hollarda churra qopining ichida yana ot dumining ingichkalashgan 
bitta-ikkita ildizchalari uchraydi. Orqa miya o’zgarmagan, o’zining odatdagi normal 
holatini saqlab qolganligi kuzatiladi. Orqa miya churrasi ko’pincha umurtqa 
pog’onasining bel-dumg’aza sohasida uchraydi. 
Meningoradikulotsele. Bu tug’ma majruhlikning churrasini qopida to’planib 
qolgan likvordan tashqari yana orqa miyaning ingichkalashgan ildizchalari bo’lib, 
churra qopining devoriga yopishgan holatda uchraydi. Orqa miya o’zining odatdagi 
yerida tugagan bo’ladi. Churraning bu turida ikkita-uchta va undan ko’p 
umurtqalarning ravoqlari bitmasdan nuqsonli bo’ladi. Shu sababli churraning 
do’ppayib chiqib turgan qismini ushlab turgan oyog’i ham keng bo’ladi. Ko’pincha bu 
churra umurtqa pog’onasining bel-dumg’aza qismida uchraydi. 
Mielomeningotsele. Churra qopining ichida likvordan va o’zgargan 
ildizchalardan tashqari orqa miya ham birgalikda umurtqalar ravoqlarining 
nuqsonidan tashqariga chiqadi va churra qopining ichida devoriga yopishgan holatda 
bo’ladi. Mielomeningotsele asosan umurtqa pog’onasining ko’krak-bel qismida 
uchraydi. 

Download 373.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling