Bosh va Orqa miyaning tugma churralari. Klassifikatsiya, etiologiyasi, patogenezi, patomorfoloyasi, klinikasi
Download 373.86 Kb. Pdf ko'rish
|
04 Maruza 968b528956ab48e9b8707d73efb46450
- Bu sahifa navigatsiya:
- ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARINING ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI
- ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARINING KLINIK KECHISHI
V. SPINA BIFIDA ANTERIOR
Orqa miya churrasining bu turida umurtqalarning asosan tanasi bitmay qoladi va nuqsonli bo’ladi. Bu churra boshqa churralarga qaraganda juda kam uchraydi va uni tashxisini ko’yishda rentgen tasviri katta ahamiyatga ega bo’ladi. Ko’pincha bu churralar bo’yin umurtqalarining pastki va ko’krak umurtqalarining yuqori qismida uchraydi. Bu anomal taraqqiyot ko’pincha organizmning boshqa a’zolaridagi majruhlar bilan qo’shilib keladi. Orqa miyaning oldingi churrasida orqa miya va uning ildizchalarini, pardalarini churrasimon do’ppayib chiqishlari umurtqalarning tanasidagi nuqsonlaridan oldinga ya’ni ko’krak va qorin bo’shliqlarida kuzatiladi. ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARINING ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI Orqa miya tug’ma churralarining sabablari va kelib chiqish mexanizmi hozirga qadar to’liq aniqlangan emas. Shunga qaramasdan Spina bifida ning paydo bo’lishida onaning homilador vaqtida o’tkazgan jarohatlanishi, yuqumli kasallarni va zaharlanishni asoratlari shakllanib kelayotgan embrional bolaga salbiy ta’sir qilishi natijasida umurtqa pog’onasining, orqa miyaning va uning pardalarini noto’g’ri taraqqiy qilishiga olib keladi degan fikrni inkor qilmaydi. Undan tashqari bu tug’ma anomal kasallikning kelib chiqishida ota-onaning yaqin qorindosh bo’lishi, ota va onaning avlodlarida shunday majruhlarni kuzatilishi asosiy sabablardan hisoblanadi. Orqa miya churrasi bilan tug’ilgan chaqaloq bolalarda vaqt o’tishi bilan churra qopining kattalashish xususiyati mavjud bo’ladi. ORQA MIYA TUG’MA CHURRALARINING KLINIK KECHISHI Orqa miyaning tug’ma churralarida ko’zga ko’ringan mahalliy o’zgarishdan tashqari yana nevrologik o’zgarishlari chaqaloq bolalarning tug’ilgan vaqtidan aniqlanadi. Nevrologik o’zgarishlarning kam yoki ko’pligi, ularning dag’alligi, orqa miyaning taraqqiyotidagi anomal o’zgarishlarning dag’allik darajasiga va bu majruhlik umurtqa pog’onasining qaysi sohasida joylashganiga bog’liq bo’ladi. Orqa miyaning tug’ma churralari umurtqa pog’onasining bel-dumg’aza sohasida ko’p uchraydi. Shu sababli uning klinikasida ot dumining ildizchalarini ish faoliyatini buzilish belgilari kuzatiladi. Bunday bemorlarning bel-dumg’aza ildizchalarini innervatsiya qiladigan sohasida ya’ni oyoqlarning distal qismidagi muskullarning atrofiyasi, bo’shashgan parezi yoki falaji, sezuvchanlikni buzilishi bo’ladi. Bemorlarning oyoqlarini distal qismida va oraliqda sezuvchanlikni pasayganligi aniqlanadi. Oyoqlarida yana pay reflekslarining pasayishi yoki yo’qolishi, tovonlarida trofik o’zgarishlari, ya’ni shishlarni va yaralarni paydo bo’lishi kuzatiladi. Ko’pincha siydik qopining va to’g’ri ichakning sfinktorlarini parezi yoki falaji bo’ladi. Bunday holatda bemorlar siydiklarini va axlatlarini sezmaydilar va ushlab tura olmaydilar, ular to’xtovsiz oqib turadilar. Churra qopining ichida orqa miyaning degeneratsiyaga uchragan qismi, ya’ni mielomeningotsele yoki mielotsistotsele bo’lsa, shu churraning joylashgan yeridan pastki qismida orqa miyaning ish faoliyati butunlay buzilgan bo’ladi. Faol harakatlari yo’qolgan (plegiya) muskullarning tonusi pasaygan yoki yo’qolgan (gipotoniya yoki atoniya), pay reflekslari chaqirilmaydi (arefleksiya), yuzaki va chuqur sezuvchanligi yo’qolgan (anesteziya) va chanoq a’zolarining ish faoliyati buzilib, bemorlar siydik va axlatlarni ushlab turolmaydigan bo’ladilar. Orqa miyaning tug’ma churralarini yashirin turi mutlaqo nevrologik belgilarsiz kechishi mumkin. Ayrim bemorlarda kasallikning klinik kechishida nerv ildizchalarini qo’zg’atish natijasida sodir bo’lgan og’riq belgilari kuzatiladi. Paydo bo’lgan og’riq sindromlari bel-dumg’aza radikulitini quyidagi xususiyatlari bilan eslatadi. Og’riqning paydo bo’lishini bemorlar og’ir yukni ko’targani, uzoq yo’l yurgani, shamollab qolgani va og’ir jismoniy ishlagani bilan bog’laydilar. Kasallikning paydo bo’lishi bel-dumg’aza umurtqalar sohasida og’riqlarni paydo bo’lishidan boshlanadi. Shu sohani paypaslaganda va sekin-sekin urganda og’riq kuchayadi, va umurtqalarni yon tomoniga tarqaladi. Undan tashqari yana bemorlar oyoqlariga elektr toki urgandek his qiladilar, bu esa og’riqni quymich nervi orqali tarqalganligi bilan bog’liq bo’ladi. Bu holat bemorlarning engashganida va qaddini tiklaganida seziladi. Kasallikning uzoq vaqt klinik kechishi, davolash natijasida og’riqlarni kamayishi va turli sabablarga ko’ra ularning qaytalanib turishi bel- dumg’aza radikulitiga harakterlidir. Ayrim hollarda bemorlarning kechasi siyib qo’yishi kuzatiladi. To’g’ri ichakni tashqariga chiqarish sohasidagi qisqichi ham bo’shashgan bo’ladi, tovonlarni parezi "pes calcaneus" holatida bo’lishi. axillov reflekslarini yo’qolishi, dumg’aza segmentlarida sezuvchanlikni pasayishi, boldirlarini va tovonlarini doimiy holatida sovuqqotishi, terisini ko’karishi, tovonlarida va dumg’azasida trofik yaralarni paydo bo’lishi kuzatiladi. Umurtqa pog’onasining bel-dumg’aza sohasidagi orqa miyaning churrasi ko’pincha boshqa majruhlar (tug’ma maymoqlik, sindakteliya, polidakteliya, qo’l- oyoqlarning qiyshiqligi, tug’ma chiqiqlari) bilan birga bemorlarda kuzatiladi. Orqa miyaning churralariga ko’pincha gidrotsefaliyaning ochiq xili yo’ldosh bo’ladi. Bunday holatda ko’p ishlanayotgan likvor churra qopi ichida to’planadi va tez orada uning kattalashi kuzatiladi. Churra qopi taranglashadi, yupqalashadi va nihoyat yorilib ketadi. Likvorreya vujudga keladi. Orqa miya tug’ma churralarining rentgen tasvirida umurtqalarning ravoqlarini va tanalarini bitmay qolganini, umurtqa pog’onasining qiyshayganini, dumning aplaziyasini va boshqalarni borligi aniqlanadi. Orqa miya churralarining yashirin turida orqa miya suyuqlig’i normal holda, tarkibi va bosimi o’zgarmagan bo’ladi. Orqa miya tug’ma churrasining ochiq turida churra qopining ichidagi likvorni tarkibida ko’pincha oqsillarni va hujayralarni normaga nisbatan, ko’payganligi aniqlanadi. Bu esa churra qopining ichiga infeksiya kirganligidan dalolat beradi va davolash usulini qo’llashda ahamiyatga ega bo’ladi. Download 373.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling